Tashqi kuzatish
Psixik hayot hodisalarini oʻrganishda avvalo tashqi kuzatish metodi tadbiq
etiladi.
Kuzatishning asosiy xususiyati shundaki, bu metod yordami bilan psixik
hayotni sezgi organlarimiz bevosita seza oladigan, oʻzimiz bevosita idrok qila
oladigan faktlari aniqlanadi va tasvirlanadi. Kishining psixik hayotida: mimika,
imo-ishora, nutq, turli harakatlar va umuman kishining butun xatti-harakati va
faoliyatini bevosita kuzatish bemalol mumkin.
Psixik jarayonlar bilan bevosita bogʻlangan ba’zi bir fiziologik hodisalar
turqning oʻzgarishi, nafas olish, qon aylanish va shu kabilarning oʻzgarishi ham
tashqaridan kuzatilsa boʻladi. Kuzatish ma’lumotlarini soʻzlar bilan tasvir etish
bilan kifoyalanib qolmay, balki koʻrsatma vositalari, suratga olish, kinoga olish,
tovushni yozib olish va shu kabi yoʻllar bilan ham qayd qilish mumkin.
Masalan, bolalar nutqini oʻsib borishini kuzatish yoʻli bilan tekshira olamiz.
Bunda bolaning soʻz boyligi qanday qilib sekin-asta orta borishini, nutqning
fonetik tomonini, grammatik tuzilishini shu bola qanday bilib olayotganini qayd
qilsa boʻladi. Odamning tevarak-atrofdagi voqelikni oʻzgartirish va yangidan
koʻrishida duch kelgan toʻsqinlikni va qiyinchilikni engish uchun uning qanday
zoʻr iroda bilan sabot-matonat koʻrsatishini ham kuzatish yoʻli bilan koʻzdan
kechirsak va tekshirsak boʻladi. Psixik hayot hodisalarini oʻrganayotganda
psixologning oʻz-oʻzini kuzatish metodiga ham murojaat qilib turishiga ham
toʻgʻri keladi.
53
Oʻz-oʻzini kuzatish
Nomidan koʻrinib turibdiki, tadqiqotchi oʻz-oʻzini kuzatish bilan oʻzidagi
psixik hodisalarni tekshiradi. Bu holda tadqiqotchi psixik jarayonlar va
holatlarning ichki tomoni - odamning sub’yektiv kechinmalari qanday roʻy
bersa, ularni shu holida tasvir etish va aniqlab olishga intiladi. Psixolog oʻz
tadqiqotlarida tekshirilgan kishilarning oʻz-oʻzini kuzatib olgan ma’lumotlariga
ham asoslanadi.
Psixologiya vujudga kela boshlagan V asrdan tortib to bizning
eramizgacha va XIX asrning deyarli oxirigacha oʻz-oʻzini kuzatish metodi yoki
introspektiv metod ruhiy hayot hodisalarini bilishning birdan-bir metodi boʻlib
keldi desa boʻladi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab oʻz-oʻzini kuzatish metodiga
tanqidiy koʻz bilan qaraladigan boʻlib qoldi. Bu metodning bir qancha
kamchiliklari borligi ma’lum boʻldi.
Oʻz-oʻzini kuzatishda tadqiqotchi ham tekshiriladigan ob’yektga, u ham
tekshiruvchi ob’yektga boʻlinib qolishi bu metodning eng muhim kamchiligi
ekanligi koʻrsatildi. Holbuki, normal kishilar shaxsining amalda bunday
«boʻlinib ketishi» mumkin emas.
Oʻz-oʻzini kuzatishda psixik hodisalarni (masalan, shodlik yoki qaygʻu
hissini, tafakkur jarayonini) ham boshdan kechirish, ham shu hodisalarni
oʻrganish juda qiyin ekanligi, ba’zan esa butunlay mumkin boʻlmasligi koʻrsatib
oʻtildi.
Oʻz-oʻzini kuzatish metodining cheklanganligini ham uning kamchiligi
deb bilish kerak. Psixolog oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan faqat oʻz psixikasini
oʻrganadi-da, axir. Shunday boʻlgach, odam psixikasi haqidagi fan faqat
psixologlarning oʻz psixologiyasiga aylanib ketadi. Bunday psixologiya
madaniy taraqqiyot jihatidan yuksak darajada turgan, oʻz ixtisosiga koʻra oʻzini-
oʻzi kuzata oladigan va oʻzini-oʻzi muhokama qila oladigan kishilar psixikasi
haqidagina bilim beradi. Ammo madaniy taraqqiyotning pastroq bosqichida
turgan kishilar psixikasi haqidagi ta’limot ham, bolalar psixikasi haqidagi
ta’limot ham psixologiyaga qoʻshilishi kerak. Madaniy taraqqiyotning pastroq
bosqichida turgan kishilar va bolalar esa fan nuqtai nazaridan oʻz-oʻzini kuzata
54
olmasligi tabiiy. Demak, oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan odam psixik
taraqqiyotining turli bosqichlari haqida bilim olib boʻlmaydi.
Nihoyat, oʻz-oʻzini kuzatish metodining yana bir katta kamchiligi shuki,
bu yoʻl bilan olingan ma’lumotlar psixik hayot hodisalarini turli yoʻsinda bir
tomonlama, sub’yektiv talqin qilishiga olib kelishi mumkin. Masalan, odamning
xarakterini tekshirayotgan psixologning oʻzi egoist boʻlsa, oʻz-oʻzini kuzatish
natijalaridan, egoizm - har qanday xarakterning muhim belgisidir deb hulosa
chiqarishi mumkin. Dunyoda sahiy, olijanob xarakterli kishilar borligini bunday
psixolog faqat oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan bila olmaydi. Zohiran koʻrinadigan
narsa bu yerda xaqiqat boʻlib tuyulishi, yakka hodisa umumiy hodisa boʻlib
tuyulishi mumkin. Holbuki, har qanday ilmiy bilim ob’yektiv va chin bilim
boʻlishi kerak.
I.P.Pavlov oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan aniqlab olishi mumkin boʻlgan
sub’yektiv psixik hodisalar haqida gapirar ekan, bunday deb yozgan edi:
«Albatta, bu (sub’yektiv – P.I.) hikmatlar biz uchun birinchi darajali voqe’likdir,
ular kundalik hayotimizni yoʻlga soladigan, inson jamiyatining taraqqiy etishiga
sabab boʻladi. Ammo sub’yektiv holatlarga qarab yashash boshqa-yu, ularning
mexanizmini chinakamiga ilmiy tahlil qilish boshqa».
Oʻz-oʻzini kuzatish yoʻli bilan sub’yektiv ravishda koʻngildan kechadigan
faktlarni aniqlash, tasvirlash mumkin, ammo ularni har tomonlama tushuntirish
mumkin emas. Psixik hodisani tushuntirish – uning sababini, nerv-fiziologik
asosini topish va odam yashaydigan ijtimoiy sharoit bilan bogʻlanganligini
aniqlash demakdir, bularning hammasi esa oʻz-oʻzini kuzatish doirasidan
tashqaridadir. Fanning vazifasi faktlarni tasvir etishdangina iborat emas, balki
asosan shu faktlarni tushuntirish, ularning qonuniyatlarini kashf etishdan iborat.
Ob’yektiv metoddan foydalangandagina bunga erishish mumkin.
Tashqi va ichki kuzatishning birligi
Lekin odam psixikasini faqat oʻz-oʻzini kuzatish metodi bilan oʻrganib
boʻlmasa, faqat tashqi kuzatish yoʻli bilan, ya’ni oʻz-oʻzini kuzatish
ma’lumotlari bilan bogʻlanmasligi ham mumkin emas. Oʻz-oʻzini kuzatish
metodining ahamiyatini tamomila inkor qilish – odamning yuksak darajadagi
bilish qobiliyatiga, ijodiy qobiliyatiga, ongiga ishonmaslik demakdir. Boshqa
55
kishilarni kuzatishning xususiyati shundaki, tadqiqotchi shu kishilar xulq-
atvorining tashqi koʻrinishlarini idrok etar ekan, koʻnglidan kechayotgan
hislarini bir qadar biladi. Shu sababli psixolog tashqaridan kuzatish yoʻli bilan
va oʻz-oʻzini kuzatish ma’lumotlariga tayanib, odamning turli xatti-harakatlarini
tasvir etish bilangina kifoyalanib qolmay, balki umuman psixik hayot hodisalari
haqida, ularning tashqi va ichki (sub’yektiv) koʻrinishlari haqida xulosalar ham
chiqarishi mumkin. Tadqiqotchi psixolog kishilar bilan muomala qilishda
turmush tajribasiga va ilmiy tekshirish ishlarida yetarli amaliyotga ega
boʻlganida psixik hayotning tashqi koʻrinishlarini kuzatar ekan, psixik
jarayonlarning sub’yektiv suratda qanday kechishini ham ozmi-koʻpmi ocha
oladi. Masalan, tafakkurni kuzatish yoʻli bilan tekshirganimizda koʻz, yuz
muskullaridagi xilma-xil harakatlarni va turqining oʻzgarishini qayd qilibgina
qolmay, balki, shu bilan birga, shu tafakkur jarayonlari qanday zabt va qanday
tezlik bilan roʻy berishini ham bir qadar bila olamiz. Modomiki tafakkur
jarayonlari tashqi muhitda oʻz ifodasini topar ekan, tafakkurning mazmunini bila
olamiz, tafakkur jarayoni qay shaklda roʻy berayotganini, masala qanday kelib
chiqayotgani, masalani echish jarayoni qanday borayotganini ham kuzata
olamiz.
Dostları ilə paylaş: |