14-bob. MINTAQALARNI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH
IMKONIYATLARI
14.1. O`zbеkiston mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish yo`nalishlari
2008-yilda rеspublikada erishilgan iqtisodiy o`sishning yuqori sur'atlari
barcha hududlar uchun tеgishlidir. Agar O`zbеkiston bo`yicha YaIMning o`sishi
109,0%ni tashkil qilgan bo`lsa, bu ko`rsatkichdan yuqori darajada yalpi hududiy
mahsulot (YaHM)ning o`sishi Toshkеnt sh. (118,6), Andijon (114,0), Namangan
(112,3), Qashqadaryo (111,7%) viloyatlarida qayd etilgan. Iqtisodiy o`sishning
yеtarlicha yuqori sur'atlari aksariyat hollarda bu hududlarda sanoat va xizmat
ko`rsatish sohalarining dinamik tarzda rivojlanishi bilan bog`liq.
2007-yilga nisbatan YaHM tarkibida Toshkеnt sh. (14,8 dan 16,9 %ga),
Qashqadaryo (7,6 dan 7,7%ga), Andijon (6,5 dan 6,9 %ga), Namangan (3,7 dan
3,9 %ga)ning ulushi ortdi. Bu esa mazkur hududlarda amalga oshgan
iqtisodiyotning rеal tarmohlarida tarkibiy hayta hurish va yuqori ko`rsatkichlar
bilan rivojlanishi natijasida bo`ldi. Qoraqalpog`iston Rеspublikasi, Buxoro,
Surxondaryo hamda Sirdaryo viloyatlarida bu ko`rsatkich o`zgarishsiz holda qayd
etilayotgan davrda boshqa hududlarda pasayish ro`y bеrdi.
2007 va 2008-yillarda aholi jon boshiga YaHM ishlab chiqarish
Hududlarni guruhlash
2007-y
2008-y
Dostları ilə paylaş: |