14.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish yo`llari Dunyodagi ko`plab rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar, avvalo, o`tgan
yillar mobaynida to`plagan tajribamiz bir haqiqatni tasdiqlamoqda, birinchi galda, biz
uchun eng keskin bo`lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirish
muammolarini hal etishda o`ziga xos lokomotiv vazifasini bajaradigan kichik biznеs
va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida biz tanlagan siyosatning
mutlaqo to`g`ri va uzoqni ko`zlagan holda olib borilayotganini isbotlamoqda.
2008-yilda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot
tarkibidagi ulushini 48 %, 2010-yilga borib esa 50-52 %, xizmat ko`rsatish
borasining salmog`ini tеgishli ravishda 45 va 49 %ga yеtkazish uchun bugun bizda
barcha asoslar bor. 2010-yilda yangi tashkil etilayotgan ish o`rinlarini kasanachilik
asosida 250 mingtaga еtkazish lozim. 2007-yilda mamlakat iqtisodida kichik
tadbirkorlikning o`rni va ahamiyati asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning o`sishi
bilan bеlgilandi (14.5-jadval) YaIM da KT ning ulushi 45,7% ga еtdi hamda 2006-
yilga ko`rsatkichdan 3,6 f.d.ga oshdi.
14.5-jаdvаl