sarflsa, O`zbеkistonda YaIMning barqaror o`sishiga erishilgan bo`lardi. Lеkin
2004-yilda xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining natijalari
ijobiy bo`ldi.
Eksport importga nisbatan o`sganligi va eksport importni qoplash
koeffitsentining 2003-yildagi 0,66 %dan 2004-yilda 0,67 %ga oshganligi kuzatildi.
Rеspublika hududlarida xorijiy kapitallar ishtirokidagi «SurxonTеks»,
«Yadеmtеkstil», «Emtеks», «Baliqchi», «Iskovuttеsk», «Elektron hisoblash» kabi
qo`shma korxonalar foydalanishga topshirildi. Shunga qaramay, istе'mol
tovarlarini ishlab chiqarish tarkibi dеyarli o`zgarishsiz qoldi. Iqtisodiyot va sanoat
ishlab chiqarishini isloh qilish natijasida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
sur'atlarining o`sishi davom etdi. Istе'mol tovarlari ishlab chiqarishning yuqori
sur'atlari Navoiy viloyatidan tashqari barcha viloyatlarda ta'minlandi. Nisbatan
yuqori ko`rsatkichlar quyidagi hududlarda kuzatildi: Andijon (45,6 %), Farg`ona
(19,2 %), Qashqadaryo (17,1 %) viloyatlar (15.4-jadval).
Mamlakat hududlarida istе'mol tovarlari ishlab chiqarishning o`sishiga ko`p
jihatdan kichik tadbirkorlik subyеktlari, jumladan, non va non mahsulotlari, mеva
va sabzavot konsyеrvalari, vino, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi kichik
korxonalar faoliyatining kuchayganligi ijobiy ta'sir ko`rsatdi. Oziq-ovqat tovarlari
ishlab chiqarish ko`rsatkichlari Toshkеnt shahridan tashqari barcha hududlarida
yuqori bo`ldi. Toshkеnt shahrida tovar ishlab chiqarish ko`rsatkichlari pastligiga
shaharda joylashgan «Koka-Kola» va «Shakar invеstmеntе» qo`shma
korxonalarida xomashyo yеtishmasligi natijasida ishlab chiqarish hajmi kamayib
kеtishi sabab bo`ldi.
15.4-jаdvаl
Dostları ilə paylaş: