Faktor daromad (factor incomte) – ishchi kuchi, kapital mulk, ishlab
chiqarish omillari qo`llanishi natijasida yuzaga kеladigan daromad.
Foyda (profit) – qo`shimcha mahsulotning pul shakli; korxona, tarmoq va
xalq xo`jaligi ishlab chiqarish-xo`jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko`rsatkich.
Korxonaning moliyaviy ahvoli, iqtisodiy rag`batlantirish fondini shakllantirish
imkoniyatlari, budjet va yuqori turuvchi organlar bo`yicha majburiyatlarning
bajarilishi foyda hajmiga bog`liq.
Foiz (interest) – daromad, o`z mulkini boshqa jismoniy va huquqiy
shaxslarga foydalanishga bеrish va undan foyda olish.