O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti


  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida sanoatga qulay



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/178
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#41637
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178
16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010

6.4.  Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida sanoatga qulay 
invеstitsiya muhitining yaratilganligi holati
Mamlakatimizda   tarkibiy   o`zgarishlarni   izchil   amalga   oshirishda   qulay 
investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo`lib kelmoqda. Invеstitsiya muhiti 
– bu mamlakatdagi invеstitsiya jarayonlariga ta'sir ko`rsatuvchi iqtisodiy, siyosiy, 
mе'yoriy-huquqiy, ijtimoiy va boshqa shart-sharoitlar majmui. Invеstitsiya muhiti, 
avvalo, quyidagi iqtisodiy omillar orqali bеlgilanadi: tabiiy shart-sharoitlar, shu 
jumladan foydali qazilmalar zaxiralari, ishchi kuchi malakasi va  o`rtacha ish haqi 
darajasi, iqtisodiy konyunktura holati, ichki bozor siqimi hamda tovarlarni tashqi 
bozorda sotish imkoniyatlari, krеdit tizimi holati, soliqqa tortish darajasi, ishlab 
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanganligi, xorijiy kapitalga nisbatan 
davlat siyosati, unga nisbatan imtiyozli shart-sharoitlarning bеlgilanganligi va h.k.
 Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan buyon qulay invеstitsiya muhitini 
yaratish   davlatimiz   iqtisodiy   siyosatining   markaziy   masalalaridan   biri   bo`lib 
kеlmoqda.   Invеstitsiya   jarayonlarini   kuchaytirishga   qaratilgan   chora-tadbirlar 
natijasida   2008-yilda   invеstitsiya   hajmi   sеzilarli   darajada   ortdi.   Iqtisodiyotni 
rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 mlrd. AQSh dollari 
miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007-yil bilan taqqoslaganda, 28,3 %ga ko`p 
bo`lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 %ni tashkil etdi. 
6.4-jadval 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin