11-боб. MINTAQALAR MOLIYASH VA UNI TARTIBGA SOLISH 11.1. Hududiy moliyaning mohiyati va tarkibi Hududiy moliya davlat moliya tizimining muhim tarkibiy qismi bo`lib, u turli
darajadagi (viloyat, tuman, shahar) mahalliy budjetlar, nobudjet fonalari, mintaqa
ehtiyojini qondirish uchun sarflanadigan xo`jalik subyеktlarining moliyaviy
vositalaridan iborat. Hududiy moliya aholiga ijtimoiy-madaniy va kommunal-
maishiy xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tadbirlarni moliyalashtirish bilan
shug`ullanadi. Shunday qilib, hududiy moliya - hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi jarayonida milliy daromadni taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan
iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Hududiy moliya orqali davlat ijtimoiy siyosatni faol amalga oshirmoqda.
Mintaqaviy hokimiyat organlarining budjetlari uchun ajratilgan vositalar asosida
xalq ta'limi, sog`liqni saqlash, kommunal xizmat sohalarini moliyalashtirish
amalga oshiriladi.
Mintaqalarning moliyaviy rеsurslari yordamida hukumat taraqqiyoti turlicha
bo`lgan mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini tеnglashtiradi. Bunday
tafovutlarni bartaraf etishda maxsus mintaqaviy dasturlar ishlab chiqilib, ularni
amalga oshirish uchun mablag`lar muayyan ma'muriy-hududiy birliklar
budjetlarining daromad manbalari hamda yuqori budjetlarning ajratmalari
hisobidan shakllantiriladi.
Hududiy moliyaviy vositalarning shakllanish manbalari quyidagilardan
iborat:
1.
Mahalliy budjet
2.
Munitsipal mulk hisoblanuvchi korxonalarning moliyaviy rеsurslari.
3.
Korxona va tashkilotlarning ijtimoiy-madaniy va uy-joy-kommunal
obyektlarni moliyalashtirish uchun yo`naltirilgan mablag`lari.
4.
Hududuy nobudjet fondlari