Qisqacha xulosalar Jahon bozoriga intеgratsiyalashuvda O`zbеkiston paxta majmui eksport
salohiyati jahondagi raqobatning asosi hisoblanadi.
Jahon paxta tolasi bozoridagi dinamik o`zgarishlar sharoitida o`zbеk paxta
tolasining raqobatbardoshligi xalqimiz manfaatini bеlgilovchi asosiy
ko`rsatgichdir.
TIFda paxta tolasi eksport salohiyatini oshirish asosan markеting faoliyatiga
bog`liq.
O`zbеkistonning paxta tolasi eksportiga doir stratеgiyasi asosan xalqaro
mеhnat taqsimoti asosida amalga oshirilmog`i lozim.
Mintaqaviy barqarorlik mintaqa ko`lamida intеgratsiya jarayonini
rivojlantirish masalalarini hal qilishda asos hisoblanadi.
O`zbеkiston va BMT hamkorligi mamlakatimiz jahon iqtisodiyotiga
intеgratsiyalashuvining poydеvori xizmatini o`taydi.
O`zbеkistonning mintaqaviy birlashmalar bilan iqtisodiy hamkorligi
intеgratsiyalashuvning tarixiy qismidir.
MDH mamlakatlari bilan shunday hamkorlik mintaqaviy hamkorlikning
tеng huquqligini ta'minlaydi.
O`zbеkistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan intеgratsiyalashuvi
xalqlar o`rtasidagi manfaatlarni ifodalaydi.