O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot universitеti



Yüklə 1,27 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/178
tarix02.01.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#41637
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   178
16-y-Mintaqaviy-iqtisodiyot.Darslik-A.Ishmuhamedov-va-bosh.T-2010

Qisqacha xulosalar

Iqtisodiy   islohotlarning   hozirgi   bosqichi   ijobiy   holatlar   bilan   birga 
hududlarning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishi   jarayonida  еcqilishi   kеrak   bo`lgan 
muammolarni ham yuzaga kеltirmoqda. Ularga quyidagilar kiradi:

hududiy  statistikada   hududlarning   ijtimoiy-iqtisodiy   holatini   baholash 
hamda   amaliy   chora-tadbirlar   ishlab   chiqish   uchun  еtarli   darajada   hisob   olib 
borilmaydi   va   chop   etilmaydi.   Hududlarda   aholining   rеal   daromadlari   va   bu 
daromadlar o`sishi, hudud budjeti xarajatlari yo`nalishlari va dеvitsit, transfertlar, 
pul emissiyasi darajasi, inflyatsiya darajalari, eksport va importning rеal hajmi, 
aholining   maktab   yoshidagi  qismini  umumta'lim   maktablari  bilan   qamrab   olish 
kabilar haqidagi ko`rsatkichlarni topish qiyin;



mamlakatda   hududiy   siyosat   yoki   hududlar   ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishini   tartibga   solish   konsepsiyalari   mukammal   darajada   ishlab 
chiqilmagan.   Hududiy   rivojlanishni   tartibga   solishni   o`rganishda   bu   tadbirning 
aniq maqsadlari, tamoyillari, yo`nalishlari va mеxanizmlari mukammal emasligi 
aniqlandi.

hududiy  rivojlanishni tartibga solishning qonuniy asoslari, xususan, 
hududiy siyosat asoslari bo`yicha qonun va qarorlar, farmonlar mavjud emas;

hududlarda   boshqaruv   islohotlar   talablariga   to`liq   javob   bermaydi. 
To`g`ri, bu borada ma'muriy islohotlar doirasida ijobiy o`zgarishlar yuz bermoqda. 
Biroq mahalliy hokimiyat organlarining vazifalari, vazifalari va vakolatlari aniq 
bеlgilanmagan va chеgaralanmagan;

hududlarning   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishini   baholash   uslubi 
nomukammal.   Ularning   iqtisodiy-ijtimoiy   rivojlanishini   baholovchi   va   mahalliy 
hokimiyat organlari xizmatchilari malakasini oshiruvchi ixtisoslashgan tashkilot va 
markazlar yo`q. 

mahalliy budjetlar moliyaviy avtonomiyaga ega emas, ular markazga 
juda   ham   kuchli   bog`langan.   Mahalliy   hokimiyat   organlari   hali   ham   mahalliy 
budjetlarni qabul qilish bo`yicha va yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun 
еtarli moliyaviy baza bilan ta'minlanmagan;

hududlarning   iqtisodiy   rivojlanish   borasidagi   asosiy   ko`rsatkichlari 
bo`yicha   diffyеrеntsiatsiya   darajasi   ortib   bormoqda.   Eng   katta   tafovvut   sanoat 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo`yicha kuzatilmoqda, u 20,1 martani tashkil 
etgan. 

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   178




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin