Biometrik parametrlar va moslashish me’yori.Daraxtlar balandligi, eng balandini ekilgandan 2 haftadan keyin va mavsum oxirida o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Daraxtlar poyasining eni poya asosidan 5 sm yuqorisidan mavsum boshida va oxirida o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. Moslashishni aniqlash uchun mavsum boshida va oxirida nobud bo‘lmagan daraxtlar soni hisoblanadi.
Daraxtlarni yer osti qismlarining rivojlanishi. Biomassaning o‘zgarishini aniqlash uchun daraxtlar ekilgandan keyin 7 va 19-oylarida har 5 ta daraxtdan 3 tasi tanlanib olinadi va ularning yangi shoxlari, ildizi va barglari og‘irligi o‘lchanadi.
Daraxtning birinchi yili yaxshiroq moslashishi, sizot suvlaridan namlik va tuproqdan oziq moddalarning ko‘proq olishi uchun ildiz sistemasini rivojlanishiga bog‘liq. Shuning uchun daraxtlarning moslashish omilini belgilashda ildiz rivojlanishini asosiy qilib olinadi. Mavsum oxirida ildizlar tekshirilib ko‘riladi va daraxtning qay darajada rivojlanganligi unga ko‘ra belgilanadi. Buning uchun ildizlar tuproqdan, mikroorganizmlardan tozalanadi, yuviladi, o‘lchanadi va quritgich pechkasida (termostatda) quritiladi. Ildizni uzunligi yumshoq tasma yordamida o‘lchanadi. Ildizlar 105oS da quritkich pechkasida (termostatda) doimiy massagacha quritiladi.
Maydonlarda daraxtlar turlari tasodifiy bo‘lganligi sababli mikromuhitni bir jinsli bo‘lmasligini belgilash uchun har bir daraxt statistik hisoblarda takrorlanuvchi deb olinadi. O‘sishga tadqiqot omillarining ta’siri umumiy chiziqli modelda (SPSS v11.0) da, tadqiqot omillari effekti r<0.05 qiymatda hisoblanadi. Barcha statistik hisoblashlar SPSS v11.0 dasturida bajarildi.
Kutiladigan natijalar
Xorazm viloyatining kuchli sho‘rlanish natijasida dyegradasiyalangan tuproqlarga ekiladigan daraxtlar potensiali va ularning sho‘rlanishga chidamliligi, transpirasiya samaradorligi, biodrenajlik hususiyatlari o‘rganiladi va shuningdek, daraxtlarning tuproq unumdorligini oshirishda va chorva uchun yem-hashak sifatida ishlatilganda samarali turlari aniqlanadi.
Boshlanishi: kuz, 2021 y. Tugallanishi: yoz, 2023 y
4.7. Ilmiy adabiyotlar bilan ishlash
Tadqiqotchi har kuni bitta maxsus adabiyotni o‘qiydi hamda taxlil qiladi, shu yo‘l bilan dissertasiyaning adabiyotlar sharxi qismi uchun kerakli va yetarli ma’lumot to‘playdi.