322
qilinsa bu holatda uning sabablarini buyurtmachiga yozma ravishda xabar qilinadi.
Ariza bo‗yicha qaror qabul qilish muddati ariza qabul qilingan kundan boshlab – 1
oy;
2.
Turistik xizmatlarni sertifikatlash bo‗yicha ishlarga haq to‗lash va
imzolangan shartnomani buyurtmachidan olgandan so‗ng «O‗zbekturizm» MK
sertifikatsiya nazoratini o‗tkazish bo‗yicha komissiyani tuzadi (komissiya
kompaniya xodimlaridan va shtatdan tashqari mutaxassislardan tashkil qilinadi) va
ishlarni amalga oshirishga kirishadi;
3.
Komissiya sertifikatlash nazoratini buyurtmachi anketa-savolnomani
ikkinchi qismini to‗ldirish taklifi bilan boshlaydi (asosan, korxonani faoliyat
ko‗rsatishi bilan bog‗liq bo‗lgan) hamda qator tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim
etishni suraydi. Turagentlikni sertifikatlashda idora (ofis,
ish tartibi, aloqa
vositalari va h.k.) litsenziya,
turoperatorlar bilan shartnoma, ishchi xodimlar
malaka-tajribasini h.k. tekshiradi;
4.
Sertifikatsiya tekshiruvi tugagandan so‗ng barcha materiallar asosida
buyurtmachini sertifikatlashni o‗tkazish akti tuziladi;
5.
Aktni olgandan so‗ng, O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat
qo‘mitasi barcha materiallar ekspertizasini o‗tkazadi (aktni, ekspert xulosalarini,
anketa natijalarini va h.k. ni) hamda imzolangandan so‗ng, 10 kun muddat ichida
qaror qabul qiladi:
a) maxsus resstrda qayd qilingan sertifikatni berish to‗g‗risida;
b) hujjatni berishni rad etish to‗g‗risida.
Agar buyurtmachi O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
qaroridan norozi bo‗lsa, u O‗zdavstandart qoshidagi maxsus komissiyaga
appelyatsiya (qayta ko‗rish) uchun da‘vo qo‗zg‗atish huquqiga egadir.
Dostları ilə paylaş: