Bajarish tartibi: Tibbiy hamshira qo’llarini sovun bilan yuvadi.
Paxtali turunda (pilikni) 3% li vodorod perikis eritmasi bilan namlanadi, bunda antiseptik eritma flakondan quyilgan holda namlanishi shart (buning uchun antiseptik idishi uning yorli0g’i kaftga qaragan holda tutiladi va bir necha tomchi lotokka tomiziladi, shundan so’ng turunda (pilik) namlanadi).
Bemor boshi yon tomonga buriladi.
Chap qo’l bilan quloq suprasidan ushlanib quloq yuqori va orqaga tortiladi, o’ng qo’l bilan esa aylanma harakatlar bilan tashqi eshituv nayiga namlangan turunda kiritiladi va yana bir necha bor aylanma harakatlar bilan eshitish nayi tozalanadi.
Quloq suprasi nam salfetka bilan artiladi va shundan so’ng quruq sochiq bilan namlanadi.
Amalni ikkinchi quloqda ham huddi shu asnoda bajariladi.
Eslatma. Vodorod peroksid o’rniga vazelin moyini ishlatsa ham bo’ladi. Quloqning baraban qobig’ini shikastlanishini oldini olish maqsadida o’tkir qirrali asboblarni ishlatish qat’iyan man etiladi. Agar bemorning tashqi eshitish nayida oltingugurt tiqinlari paydo bo’lgan bo’lsa, unda u LOR mutaxasisslari tomonidan olib tashlanadi.