Xantal qo’yish. Ta’sir mehanizmi: xantaldagi efir moyi qon aylanishini yaxshilaydi, teri retseptorlarini qitiqlaydi, to’qima va a’zolar qon tomirlarini kengaytiradi, so’rdiruvchi, yallig’lanishga qarshi va og’riq qoldiruvchi ta’sir etadi.
Ko’rstama:
Ko’krak qafasi a’zolari yallig’lanish kasalliklari.
Gipertonik kriz.
Yurak sohasidagi og’riqlar (stenokardiya xurujini bartaraf etish).
Radikulit.
Mushak va bo’g’imlardagi og’riqlar.
Qarshi ko’rsatma:
Xantal qo’yiladigan sohada teri kasalliklari yoki jarohatlari.
O’pkadan qon ketish.
Xantalga bo’lgan yuqori sezuvchanlik.
Yuqori tana harorati.
Yomon va yaxshi sifatli o’smalar.
Kerakli anjomlar:
Xanatal va xantal paketchalari.
Lotok, iliq suv (harorat 40-45 °C).
Ko’rpa, papiros qog’oz yoki doka salfetka.
Paxtali tamponlar, sochiq, vazelin.
Ishlatilgan anjomlar uchun lotok.
Bajarilish ketma-ketligi: Xantal yaroqliligini tekshirish: ishlab chiqarilgan sana, xantal sochilib ketmasligi kerak, xantalni namlaganda o’tkir xidning paydo bo’lishi.
Xantal qo’yish joyini aniqlash, teri qoplamlarini ko’zdan kechirish.
Bemorni yotqizamiz (rasm.1).
Xantalni 5-10 daqiqa iliq suvga solamiz (harora 40-45 °C), suvni chayqatamiz va xantal tomoni bilan teriga yopishtiramiz (terida yuqori sezuvchanlik bo’lsa va chaqaloqlarda xantal ostiga pipiros qog’oz yoki doka salfetka qo’yiladi yoki ikkita xantalni bir-biriga ichki tomoni bilan yopishtiriladi).
Bemorni avval sochiq bilan, keyin ko’rpa bilan o’raymiz. Bir necha daqiqadan so’ng bemor terisida issiq va ozgina jizillashni sezishi kerak.
5-15 daqiqadan keyin xantal olinadi (terida giperemiya bo’lishi kerak).
Teridagi xantal qoldiqlari nam salfetka bilan artiladi va sochiq bilan teri quritiladi.
Teridagi qizargan sohalar vazelin yog’iga namlangan paxta tamponlar bilan artiladi.
Bemor issiq qilib o’raladi.
O’tkazilgan protseduradan keyin bemor 30-40 daqiqa yotishi lozim.
Asorati:
Uzoq vaqt xantal terida qolib ketsa pufakchalar hosil qilgan holda teri kuyishini chaqiradi.
Xantalni bir necha bor bir xil joyga qo’yilsa terini Shu sohasida pigmentatsiya yuzaga keladi.
Izoh: ko’krak yoshidagi bolalarga muolaja davomiyligi – teri qizarishigacha bo’lishi lozim (5-7 daqiqa); - Xantal qo’yish sohalari – yurak, ensa, yelka, ko’krak sohalari, boldir mushaklari.