O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Sirkulyatsion ikki minorali tizimda termik fosfat kislota ishlab chiqarish tasviri



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə27/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

8.4. Sirkulyatsion ikki minorali tizimda termik fosfat kislota ishlab chiqarish tasviri:
8.1. -rasmda sirkulyatsion ikki minorali tizimda fosfat kislota ishlab chiqarish tasviri keltirilgan. Suyuq fosfor ombordan nasos yordamida dozator orqali yondirish minorasi 2 ning forsunkasi 1 ga beriladi.

Yondirish minorasi kesik konus (pastki qismi kichrayib boradigan) shaklida bo‘ladi, hosil bo‘lgan kislota tomchilari minoraning ichki devorlarida bir tekisda tarqalib, yupqa qavat hosil bo‘lishini ta’minlaydi va suyuqlik pastga devor yuzasidan oqib tushadi. Bu esa minora ichki devorini qaynok fosfor alangasining yemiruvchilik ta’siridan saqlaydi.


Fosfor yonishining nazariy harorati 3500OC atrofida bo‘ladi. Ammo, fosforning yonishida ikki hissa ko‘p miqdordagi havo ishlatiladi va natijada alanga harorati 2100-1800OC gacha pasayadi. Gazning keying sovishi kislotadagi suvning bug‘lanishi hisobiga ketadi. Havoning ortiqcha miqdorda olinishi fosforning quyi oksidlarini hosil bo‘lishini, ularning gidratlanishi natijasida esa mahsulotni ifloslantiruvchi kislotalar (H3PO2, H3PO4) hosil bo‘lishini olidini olish uchun zarurdir.

8.1. -rasm. Sirkulyatsion ikki minorali tizimda termik fosfat kislota ishlab chiqarish tasviri:
1-forsunka; 2-yondirish minorasi; 3-ikkilamchi havoni uzatish uchun chig‘anoq; 4-yuklash nasoslari; 5-yondirish minorasi aylanuvchi kislotasining yig‘gichi; 6-plastinkali issiqlik almashtirgich; 7-kislotali forsunka kanal (kollektor) lari; 8-sovutish-gidratlash minorasi; 9 - sovutish-gidratlash minorasi aylanuvchi kislotasining yig‘gichi; 10-elektrofiltr; 11-kislota yig‘gich; 12-quyruq gaz ventilyatori; 13-gaz chiqarish quvuri; 14-kondensat yig‘gichi
Gaz haroratining yuqori (800-10000C) bo‘lishligi hisobiga P2O5 ning gidratlanishida dastlab bug‘ holatdagi metafosfat kislota, uning keyinchalik sovitilishi va gidratlanishidan tumansimon ortofosfat kislota hosil bo‘ladi. Fosforning changlanishi forsunkaga keluvchi bug‘ bilan 70-800C gacha qizdirilgan birlamchi qisilgan havo yordamida amalga oshiriladi. Ikkilamchi havo yondirish minorasiga chig‘anoq 3 orqali yuboriladi. Fosforning oksidlanishidan ajraladigan issiqlik minora tomi kismidan uzatiladigan aylanuvchi suvga hamda yig‘gich 5 va issiqlik almashtirgich 6 orqali minoraning yuqorisiga 46-500C haroratda yuklash nasosi 4 yordamida quyiladigan aylanuvchi fosfat kislotaga yuttiriladi va bu suyuqliklar minoraning devorlaridan yupqa qavat hosil qilgan holda oqib tushadi. Bundan tashqari, kislota minora ichida joylashtirilgan uch qavat kislotali forsunkalar 7 da sachratiladi. Issiqlik almashtirgich 6 da sovutilgan kislotaning bir qismi omborga tayyor mahsulot sifatida chiqariladi. Yondirish minorasida 60% gacha R4O10 absorbsiyalanadi, qolgan qismi esa – yig‘gich 9 va issiqlik almashtirgich 6 orqali aylanuvchi kislota bilan sovutish-gidratlash minorasi 8 da ushlab qolinadi (ularda kislota harorati 25-270C gacha pasayadi). Yig‘gich 9 dagi kislota yig‘gich 5 orqali aylanuvchi kislotaga qo‘shiladi.

Sovutish minorasiga kiruvchi gaz harorati 85-1000C, chiquvchi gaz harorati esa 45-550C bo‘ladi. Bu minoradan chiquvchi gaz tarkibida 50 g/sm3 (n.sh. da) fosfat kislota tumani holatidagi P2O5 bo‘ladi. Uni elektrofiltr 10 da tutib qolinadi. Umumiy tutib kolish darajasi 99,9% ni tashkil etadi. Elektrofiltrdagi kislota yig‘gich 11 ga, undagi esa yig‘gich 9 ga oqib tushadi. Quyruq gaz ventilyatori 12 yondirish minorasidagi ikkilamchi havoni surib oladi va uni gaz chiqarish quvuri 13 ga atmosferaga chiqarib yuborish uchun purkaydi.


Yondirish va sovutish minoralari polietilen, diabraziv plitka va kislotabardosh g‘ishtlar bilan himoyalangan metall qobiqqa ega bo‘ladi.
Yondirish minorasining o‘rtacha diametri 5 m, balandligi esa 13 m bo‘ladi. Sovutish minorasi 3,2 m diametrga, 13 metr balandlikka ega va unda ikki qator Rashig halqali to‘ldirgich bor. Elektrofiltr 40-90 ming v kuchlanishdagi doyimiy tok manbaiga ulanadi.
Bayon etilgan sistema yiliga 60 ming t 100% li H3PO4 ishlab chiqarish unumdorligiga egadir. Unda 2,5-3 t/soat fosfor qayta ishlanadi.
1 tonna termik fosfat kislota (100% li H3PO4 hisobida) ishlab chiqarish uchun 0,32-0,33 t sariq fosfor sarflanadi. Termik fosfat kislota tarkibida juda oz miqdordagi begona qo‘shimchalar bo‘ladi: SO3, P2O3, Pb, F, SiO2 ning miqdori foyizning yuz yoki mingdan bir ulushini, As ning miqdori esa 0,002-0,004% ni tashkil qiladi.
Superfosfat kislota (76% P2O5 yoki 105% H3PO4) ishlab chiqarish ham xuddi oddiy fosfat kislota (62% P2O5 yoki 85% H3PO4) ishlab chiqarish kabi – suyuq fosforni yondirilishidan hosil bo‘lgan gazni gidratlanish minoralarida sovutishdan iborat. Lekin bu minorada suvdan tashqari qo‘shimcha fosfat kislota ham purkaladi va uning aylanma harakati ta’minlanadi. Superfosfat kislota qovushqoqligining kata miqdor bo‘lishligi sababli issiqlik almashinish intensivligi kam bo‘ladi va shuning uchun kislota uchun ko‘p miqdordagi sovutgichlar talab etiladi. Shu sababli kislotalarni uzatishda markazdan qochma nasoslar o‘rniga rotatsion nasoslardan foydalaniladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin