O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


MA’RUZA №17. Ammoniy selitrasi olish texnologiyasi



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə66/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

MA’RUZA №17. Ammoniy selitrasi olish texnologiyasi


REJA:


  1. Ammiakli selitra olish reaksiya jarayoni


  2. Ammiakli selitra ishlab chiqarish


  3. Ammiakli selitra ishlab chiqarishning chet ellardagi texnologiyalari


  4. Kam energiya sarflash orqali ammoniy nitrat olish.



17.1. Ammiakli selitra olish reaksiya jarayoni
Ammoniy nitrat (NH4)2NO3 ni ammiakli selitra deb ham yuritiladi. Ma’lumki, ammoniy nitrat — ammiak va nitrat kislotasining o‘zaro ta’sirlashuv jarayonida hosil bo‘ladi. SHuning uchun avvalo nitrat kislota hosil bo‘lish jarayoni bilan tanishishimiz zarur. Azotning vodorod bilan ta’siri natijasida ammiak sintez qilinadi:
N2+3N2  2NH3
Ammiak sintezi issiqlik effekti, xarorat va bosimga bog‘liq, bo‘ladi.

Odatda past bosimli (10-15 MPa), o‘rta bosimli (25-30 MPa) va yuqori bosimli (60-100 MPa) jarayonlar ma’lum. Xarorat esa 400-500°S oralig‘ida bo‘ladi. Bu jarayon katalizatorsiz juda sust kechadi.Amaliy ishlab chiqarishda o‘rta bosimli jarayon temir katalizator (promotorlari: A12O3, K2O va CaO) lar ishtirokida olib boriladi. Kontakt jixozidan chiqayotgan gaz tarkibida 14-20% ammiak bo‘ladi. U sovutilishi natijasida ammiak kondensatsiyalanadi, azot-vodorodli aralashma siklga qaytariladi. Xozirgi vaqtda quvvati 150 dan 1500 t/kunli sintez qolonnalari ishlatilmoqda.


Nitrat kislotasi esa ammiakning oksidlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu jarayon azotning oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan sodir bo‘ladi:
Sanoat korxonalarida suyultirilgan nitrat kislota olinadi. Bunda quyidagi jarayonlar sodir bo‘ladi:
1. Ammiakning azot oksidigacha kontaktli oksidlanishi:
4NNz + 5O2 = 4NO + 6N2O + 907,3 kj
2. Azot oksidining dioksidgacha oksidlanishi:
2NO+O2=2NO2+124kj
3. Azot dioksidning suv bilan absorbsiyasi:
3NO2 + N2O = 2HNO3 + NO + 136,0 kj
Bu jarayonda platina va uning temir, marganets, kobalt va o‘z guruxidagi metallar oksidlari bilan kotishmalari ishlatiladi.
Agar katalizator ishlatilmasa (xarorat 900°S dan yuqorida), ammiak erkin xolatdagi azotgacha oksidlanadi xolos:
4HN3 + 3O2 = 2N2 + 6N2O + 1269,1 kj
Ammiakni katalitik oksidlash natijasida azot oksidining hosil bo‘lish unumini 98% gacha etkazish mumkin.
Jarayonni ishlab chiqarish korxonalarida atmosfera bosimida 700-800°S xaroratda, yuqori bosim esa 800-900°C xaroratda olib boriladi. Xavo — ammiak aralashmasida 1,25 mol O2 ga 1 mol NN3 berilishi kerak. Reaksiya tezligini va azot oksidining miqdorini oshirish uchun amalda O2;NH3 miqdoriy nisbati 1,7-2,0 oralig‘ida olinadi.
Odatda suyultirilgan nitrat kislotasi (47-50% li) olish quyidagi turlicha sistemalarda olib borilishi mumkin: 1) atmosfera bosimida; 2) yuqori bosimda; 3) kombinatsiyalashgan, ya’ni ammiakni oksidlash jarayoni (3-4)*10 Pa bosimda, NO ni oksidlash va NO2 ni suv bilan absorbillash jarayonlari esa (8-12)* 10 Pa bosimda va odatdagi xaroratda olib boriladi. Bosimni 1 MPa ga ko‘tarish orqali 60-62% li nitrat kislotasi olish mumkin.
Ammiakli selitra ishlab chiqarish texnologiyasini bayon etishdan avval bu modda xaqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish zarur.
Ammiakli selitra (NH4NO3) asosan o‘simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatiladi. U atmosfera bosimida va —50°C dan 169,60C gacha xarorat oralig‘ida besh xil kristallik shaklida bo‘ladi. NN4NO3— N2O izotermik diagrammasida (2.1-rasm) ammoniy nitratning I-1U turli kristall shakli uchun xarorat oraliqlari ko‘rsatilgan. U 169,6°C da suyuqlanadi va U-shakli esa-16,9°C; dan quyi xaroratdagina to‘g‘ri bo‘ladi. Kristall shakllarining o‘zgarish chegarasi hamda xarorati ammiakli selitraning namligi va tarkibidagi qo‘shimchalar miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Ammoniy nitrat suvda yaxshi eriydi. Uning 100°C xaroratdagi eruvchanlik koeffitsienti 1000 kg N2O da 10000 kg dan ortiqroq NH4NO3 ga tengdir. Ammoniy nitratning suvli eritmasini kristallanish xaroratidan yuqorirokda bug‘latilsa, tamoman suvsiz suyulgan tuzga aylanadi. U o‘ta gigroskopik modda xisoblanadi 30°S xaroratda to‘yingan eritmasi (70,2% li) ning yuzasidagi bo‘g‘ bosimi -2,46 KPa (yoki 18,5 mm.sim.ust.) atrofida, gigroskoiik nuqtasi esa 60% atrofida bo‘ladi. Bunda xavoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo‘lganda u namlanib qoladi. Ammoniy nitrat gigroskopikligi va uni xavodan nam tortish tezligi unga eruvchan noorganik tuzlar qo‘shilganda ortib boradi. Masalan, 1,2% magniy nitrat qo‘shilsa, ammoniy nitratning gigroskopik nuqtasi 8-12% gacha pasayadi, nam tortish tezligi esa oshadi.
Suvda yaxshi eruvchanligi, eruvchanlik koeffitsenti yuqoriligi, gigroskopikligi va polimorf o‘zgaruvchanligi sababli ammoniy nitrat kristallari o‘zaro yopishib, qattiqlashib qoladi. Sepiluvchanligi yo‘qolib, uni ishlatish qiyinlashadi.
Ammoniy nitratning yopishqoqligini kamaytirish uchun:
1. Mahsulot tarkibida juda oz miqdorda (0,2%) suv qolguncha bug‘latiladi, donadorlanadi va sovutiladi. Bunda 32, 30C dan quyi xaroratda turg‘un, (stabil) bo‘lgan uning 1U-shakli hosil bo‘ladi.
2. Mahsulot kristallanguncha turli qo‘shimchalar qo‘shiladi. Bunday qo‘shimchalar sifatida magnezit yoki dolomitni nitrat kislotada parchalash yo‘li bilan olingan magniy nitrat, kalsiy va magniy nitratlari, fosforit yoki apatitni nitrat kislotada parchalash orqali hosil qilingan mahsulotlar, diammoniyfosfat, ammoniy sulfatlardan foydalaniladi. Bunda magniy nitrat Mg (NOz)2N2O kristallogidratini hosil qilib, ammoniy nitratning II-shaklini III-ga o‘tishini sekinlashtiradi va II-shaklini IV-ga metastabil o‘tishini va donalar mustaxkamligini ta’minlaydi.
Qotmagan mahsulotga erimaydigan moddalarni qo‘shish esa donalarning mayda kristall struktura xolida qotishiga, zichligi oshishi va mustaxkam bo‘lishiga yordam beradi.
3. Mahsulot donalariga sirtaktiv moddalar bilan ishlov berilib, gidrofob qatlam hosil kilinadi. Buning uchun naftalin-formaldegid (HF) ning 40% li eritmasi ishlatiladi. Mahsulot polietilen yoki qog‘oz qoplarga solinib, og‘zi maxkam tiqiladi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin