17.8-rasm. Ammiakli selitra ishlab chiqarishning ICI firmasi usuli.
1-qattiq komponentlarni quritish idishi; 2-filtr; 3,5-isitgichlar; 4- kondensator; 6-suyuq ammiak bug‘latgich; 7-neytrallagich; 8-qo‘shimcha neytrallagich; 9-bak; 10-bug‘latish jixozi; 11-neytrallagich bak; 12- distilyatorlar; 13-qurilma tomchilatgich; 14-donadorlash minorasi; 15-elevator; 16-elak; 17- siklon; 18-tegirmon; 19-sovitgich yaxlatgich.
Alyuminiyli folga (yupqa metall plastinka) bilan futirovkalangan. Tomchilarning tushish balandligi 173 m. Xavo oqimi minora ostidan kirib, undan ventilyatorlar 12 orqali chiqib ketadi. Minorada donadorlangan mahsulot elevator 15 orqali elak 16 ga uzatiladi, u erda tayyor mahsulot fraksiyasi ajratiladi. Nostandart (3 mm dan yirik va 1 mm dan mayda) fraksiya tegirmon 18 da maydalanadi, siklon 17 da tutib qolingan chang bilan aralashtiriladi va idish 1 ga qaytariladi. Tayyor mahsulot fraksiyasi sovutgich jidozi 19 da 40°C xaroratgacha sovutiladi va polietilen qoplarga joylanadi.
Tayyor mahsulot tarkibida 34,5% N va 0,5% H2O bo‘ladi. Standart (1-3 mm o‘lchamli) fraksiya unumi 95,0% ni tashkil etadi.
Polietilen qoplarga joylangan selitra 40 qopgacha balandlikda taxlab qo‘yilganda ham 12 oygacha yopishib qolmaydi.
1 t tayyor mahsulot olish uchun : 210-212 kg ammiak; 11,2 kg magnezit; 790-800 kg nitrat kislota (100% xisobida); 300 kg bug‘ (1,3 MBa); 11,5 kVt*s elektroenergiya sarf bo‘ladi.
«Kaltenash» («Kaltenbax») firmasi usuli bo‘yicha donadorlangan ammiakli selitra olish. Bu usul buyicha donadorlangan ammiakli selitra ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: nitrat kislotasini ammiak bilan neytrallash; eritmani dastlabki bug‘latish; eritmani oxirgi bug‘latish; bug‘latilgan eritmani donadorlash minorasida donadorlash; elash va donachali mahsulotni sovutish; tayyor mahsulotni qoplash va omborga jo‘natish.
Neytrallash uchun -56% li nitrat kislota va suyuq ammiakdan olingan -0,8 MPa bosimdagi gaz xolatdagi ammiak ishlatiladi. Neytrallash jarayonida 180°S dan past xarorat ushlab turiladi. Neytrallagichning ostki qismidan 79% li ammoniy nitrat eritmasi bug‘latgichga uzatiladi. Neytrallagichning yuqori qismidan 0,44 MPa bosimdagi -882 kg bug‘ ajralib chiqadi.
Tayyor mahsulot tarkibida: 34,8% gacha N va 0,2-0,3% gacha namlik bo‘ladi. Unmng donadorlik tarkibi: 1-3 mm li fraksiya 98% ni va 1 mm dan mayda fraksiya <1% ni tashkil etadi.
Tayanch suzlar:
Kristallizatsiya,buglatish (vakuum), donalashtirish, kuritish, kristallanish issikligi, ekzotermik reaksiyalar, muxit rn, ventilyator, granulyator, neytrallagich, donadorlash minorasi, alyuminiyli folga.
Dostları ilə paylaş: |