21.1 —rasm. Yirik va mayda fraksiyali rudalarni aloxida-aloxida flotatsiyalash sxemasi.
4. Suspenziyali quyultirish va filtrlash yo‘li bilan ajratish (suvsizlantirish), nam konsentratni tayyor mahsulotga qayta ishlash (o‘g‘itish va mayda fraksiyani donadorlash).
Tarkibida quyqum ko‘p bo‘lmagan (3% gacha) rudalar uchun asosiy va qayta tozalash — flotatsiyalash texnologiyasi qo‘llaniladi (2 — rasm). Bunda reagentlar sifatida FR-2 Kuayt-spirtning oksidlanish mahsuloti) teruvchisi va poliakrilamid flokulyanti ishlatiladi. Quyqumning ko‘piklanish mahsulotiga o‘tish darajasi 80-90% ni tashkil etadi.
Silvinit
21.2.-rasm. Oldindan tuproqli quyqumni flotatsiya qilish bilan silvinitdan kaliy xlorid olishni flotatsiya usulida olish sxemasi.
1 — bunker; 2 — maydalagich; 3 — aralashtirgich 4,5 — yoyli elak; 6,7,8,9—flotatsiya mashinalari; 10—sentrifuga; 11–quyqumni quyuqlashtirgich; 12 - galit chiqindilarini quyuqlashtirgich; 13 – galit chiqindisi uchun vakuum-filtr; 14 - vakuum-yig‘gich; 15 — resiver; 16 – aylanma eritma uchun yig‘gich;
Kamerali mahsulot (silvin va galit zarrachalari) silvin flotatsiyasi sikliga yuboriladi. Qayta tozalash flotatsiyasidan o‘tgandan so‘ng tuproqli quyqum quyultiriladi va yuviladi. Biroq flotatsiyalanishda hosil bo‘ladigan ko‘pik parchalanib bu jarayonga xalaqit beradi va ma’lum miqdordagi kaliy xloridning suyuq faza bilan chiqib ketib qolishiga (yo‘qotilishiga) sabab bo‘ladi. Bunda kaliy xloridning yo‘qotilishini kamaytirish uchun tashlanadigan galit suspenziyasini 60-70°S xaroratgacha qizdirilsa, KC1 eriydi. So‘ngra chiqindi ajratilib, chiqarib tashlanadi. Eritma esa vakuum-kristallizatorda sovutilib, KC1 kristallari ajratib olinadi.
Bu usul yuqori sifatli rudalarni qayta ishlashga mo‘ljallangandir. Agar rudada quyqum miqdori ko‘p bo‘lsa, suspenziya qovushqoqligi ortadi, natijada esa flotoreagent miqdori ko‘p sarf bo‘ladi, quyqumni yuvilish darajasi pasayadi va KC1 ajratib olish darajasi ham kamayadi. Bunday xolda flotatsiyali boyitish KC1 ning galurgik ajratilishi bilan birga kombinatsiyalanadi. Bulardan tashqari gravitatsiyali boyitish usullari ham mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: |