Suyuq NH3 bug‘ bosimi uning harorati bo‘yicha aniqlanadi:
t, 0C
|
–30
|
–20
|
–10
|
0
|
P, MPa
(kgs/sm2)
|
0,11 (1,18)
|
0,18 (1,88)
|
0,28 (2,87)
|
0,42 (4,24)
|
t, 0C
|
10
|
20
|
30
|
|
P, MPa
(kgs/sm2)
|
0,6 (6,07)
|
0,84 (8,46)
|
1,15 (1151)
|
|
Bu kattalik quyidagi texnologik jarayonlarda ishlatiladi: bug‘latish jarayonida suyuq NH3 haroratining o‘zgarishi, tizimda gaz holatdagi ammiak bosimini boshqarish.
Ammiakning zichligi va solishtirma issiqlik sig‘imi qiymatlari:
|
Suyuq NH3
|
Gaz holatdagi NH3
|
15OC haroratdagi zichligi, kg/m3
|
610
|
0,77
|
solishtirma issiqlik sig‘imi, kj/(kg∙K)
|
4,52
|
2,24
|
Suv tuzlar suyuqlanmasini eritish uchun ishlatiladi. Jarayonda dastlab tarkibida 0,02 mg/l dan ko‘p bo‘lmagan kalsiy va magniy ionlari tutgan yumshoq suv yoki suv bug‘i kondensati ishlatiladi. Lekin o‘tkazilgan tadqiqotlar va amaliy tajriba SKO‘ olishda quyidagi talablarga javob beradigan texnik suv ishlatilishini ham ko‘rsatadi:
Qattiqlik ......................................................... 8 mg-ekv/l gacha
Ishqoriylik ..................................................... 4 mg-ekv/l gacha
Tuz miqdori ...................................................... 400 mg-ekv/l gacha
Bugungi kunda deyarli barcha SKO‘ ishlab chiqarish korxonalarida texnik suv ishlatilmoqda.
Tayanch so‘zlar:
Superfosfat kislota, ortofosfat kislota, fosfor atomlari, polifosfat kislota, tripolifosfat kislota, konversiya darajasi, degidratatsiya, bug‘lanish issiqligi, texnologik jarayonlar, tuz miqdori, ishqoriylik.
Nazorat savollari va topshiriqlari
SKO‘ Suv nima uchun ishlatiladi.
SKO‘ ishlab chiqarishda ammiak qanday holatda ishlatiladi.
Superfosfat kislota qanday birikma hisoblanadi
Degidratatsiya jarayonini tushuntiring
Suyuq ammiakning bug‘lanish issiqligini tushuntiring.
Mavzu№25: Suyuq kompleks o‘g‘itlar olish jarayonining fizik-kimyoviy asoslari
REJA:
SKO‘ olish jarayoni ammiakning turli konsentratsiyadagi fosfat kislotalar bilan ta’sirlashishi.
Dostları ilə paylaş: |