Har bir shaxs karyerasi o‘z xarakteri va tabiatiga xos ma’lum bosqichlardan o‘tadi. Karyerani rejalashtirish maqsadlari uchun uch bosqichi juda muhimdir.
Shakllanish bosqichi, taxminan, 24 yoshdan 44 yoshgacha davom etib, uch kichik bosqichga bo‘linadi. Sinov bosqichi 25 yoshdan 30 yoshgacha davom etadi. Bu muddat ichida xodim o‘zi tanlagan ish unga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligini hal qiladi. Agar to‘g‘ri kelmasa. ishini o‘zgartirish uchun harakat qiladi.
30 yoshdan 40 yoshgacha xodim stabillashuv bosqichidan o‘tadi. Bunda xodimning professional maqsadlari to‘liq shakllanib, ulardan asosiylari ko‘tarilishi uchun kurash, faollik, ishni rivojlantirish uchun turli o‘quv dasturlari va h.k.
Va, nihoyat 35-45 yoshlar mobaynida karyera inqirozi bosqichi boshlanishi mumkin.
Bu davr mobaynida xodimlar o‘z muvaffaqiyati, siljishida birlamchi maqsadlarga qaraganda yuqori baho berib yuboradilar. Shuningdek bu davrda inson o‘z hayoti mehnat va karyeraning qanday o‘rin tutishini aniqlab olishi kerak.
Saqlanishbosqichi–45-65 yoshlar davomida ro‘y beradi. Bu bosqichda xodim odatda o‘z o‘rnini topib, endi barcha harakatlari erishilgan yutuqlarini saqlab turishga ketadi.
Faolik pasayish bosqichi nafaqa davri yaqinlasha boshlanishi bilan yuzaga keladi. Bunda xodimlar javobgarlik, hokimiyat, quvvat va shijoatdagi cheklanganligi bilan murosa qilib, yangi amplua, ya’ni yoshlar uchun maslahatchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Shundan kelib chiqib nafaqa davri yaqinlashishi bilan inson o‘z kuchi va quvvatidan kelib chiqib al’ternativ ish yo‘llarini qidirishi kerak.
Ba’zi korxonalarda nafaqaga chiqishdan oldin maxsus dasturlar mavjud. Ko‘p hollarda quyidagi konsultatsiyalardan foydalaniladi: