O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus



Yüklə 5,17 Mb.
səhifə57/226
tarix27.12.2023
ölçüsü5,17 Mb.
#199314
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   226
Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi

Qayta tayyorlash. Iqtisodiyotda tezkor o‘zgarishlar bo‘layotgan bugungi kunda ba’zi soha xodimlari uchun ishsiz qolish xavfi kuchaydi. Ishsiz bo‘lib qolishdan qo‘rqqan odamlar, uni kerakli darajada bajarishdan ham yiroq bo‘ladilar. Shuningdek, ish faoliyatlariga bevosita
ta’sir etadigan boshqa jihatlar: oilaviy mojarolar, alkogolizm yoki ruhiy betoblik bilan kasallanish va boshqalar namoyon bo‘lishi mumkin.
Ishga yo‘naltiruvchi uslublar. Bir bo‘lim yoki ish joyida asoslanishga oid muammolarni boshdan kechirayotgan ma’lum bir turli xizmatchilar ko‘p bo‘lsa, buning sababini ishning o‘zidan qidirish lozim. Bunday hollarda xizmatchilar xatti-harakatini emas, ishning tarkibini o‘zgartirish yo‘llarini qidirish lozim. Bu esa, odatda, boshqaruvning avtoritar uslubini yumshatib, xodimlar o‘zlarini "komanda"ning bir bo‘lagi sifatida his etish imkoniyatini berish kerakligini bildiradi.
    1. Xodimlar faoliyat ko‘lamining kengaytirilishi va ish joylarining mukammallashtirilishi


Faoliyat qo‘lamining kengaytirilishi — tashkilotda vazifa taqsimlashda, butun ish faoliyatlari uchun xizmatchilarning zimmasiga yuklanadigan mas’uliyat.

  1. asrning boshlarida kam malakali ishchilarning ma’lum yo‘nalishda ixtisoslashtirilishi ancha samarali bo‘lgan bo‘lsada, hozirgi kunda uning hech qanday ahamiyati qolmadi. Birinchidan, ishning texnik tarafini rahbariyatdan ko‘ra yaxshiroq biladigan, yanada ma’lumotli bo‘lgan odamlar qoniqtirmay qolgan. Ikkinchidan, ilgari inson tomonidan bajariladigan ba’zi ixtisoslashtirilgan vazifalar, hozir mashinalar yordamida bajarilmoqda. Ana shunday o‘zgarishlar oldida ko‘pgina kompaniyalar ishni tashkillashtirishning yangi usullarini joriy etish orqali mehnat unumdorligini oshirmoqdalar. Bunday qayta tashkillashtirishning bir turi — bu ishchilarning faoliyat ko‘lamini kengaytirish, ya’ni bunda, ishning maxsus ixtisoslashtirilishi kam bo‘lib, xizmatchilarga, ular o‘z ish joylarining umumiy tarkibda ahamiyatli ekanligini his etadigan, mas’uliyatli va muhim vazifalar topshiriladi.

Masalan, Livoniyadagi (Michigan shtati) "kadillaklar" ishlab chiqaradigan korxona rahbarlari, zerikarli ishni qiziqarliga aylantirish uchun "jamoa kuchi"dan foydalandilar. Ishchilarga yangi kasblarni egallab, yanada ko‘proq daromad topish va shu asosda, o‘z mutaxassisliklarini kengaytirish uchun qiziqtirish imkoniyatlari berildi. Har haftada bo‘lib o‘tadigan majlislarda esa bu "komandalar" korxona
ishi borasida egallagan bilimlarini, ilgari faqat rahbariyat tomonidan hal etiladigan sohalardagi muammolarni yechishda ham qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Sperrouz Poynt (Merilend shtati) shahridagi "Batlehem Still" zavodida faoliyat ko‘lami kengaytirilishining o‘zgacha usulini qo‘llashdi. Haftada bir marta butun korxona ishchilariga metall ishlab chiqarishga ta’sir etadigan iqtisodiy kuchlarni to‘la anglashga yordam beruvchi ma’lumotlar tarqatiladi. Bundan tashqari, yo‘nalishdagi operatorlarga, vaqti-vaqti bilan "Batlehem Still" mahsulotining xaridorlaridan xabar olib turish vazifasi beriladi.
Ishchilardan biri: "Endi biz nima ishlab chiqarayotganimizni bilamiz, ilgari esa biz faqat po‘lat quyishni bilar edik xolos", - deb gapirdi.
Ishning qulay grafigi. Ishning qulay grafigi — ishchi-xodimlar ish boshi va yakunini mustaqil belgilay oladigan ish tartibi.
Mehnat resurslarining o‘zgarishi bilan insonlar turmush tarzi va ehtiyojlari ham o‘zgarib qoldi. Ishlayotgan er-xotinlar, farzandlari o‘z vaqtida maktabga yoki enaga oldiga, o‘zlari esa ishga etib borishlari uchun aniqlik mo‘‘jizalarini sodir etishlari kerak.
Telekommunikatsiya va uy ofislari. Telekommunikatsiya — uy sharoitida ofisga ulangan telefon, kompyuter modemi va faks orqali ish yuritish.
Aholi zich joylashgan shaharlarda ertalabki "tig‘iz" paytda ishga etib borish — og‘ir va chidab bo‘lmaydigan sinovdir. Bu vaqtni uyda, markaziy ofisga kompyuter orqali ulangan holda, unumliroq o‘tkazish mumkin. Telekommunikatsiyaning ko‘pgina afzalliklari bor: xodimning ish unumdorligi 15-20foiz ga oshadi, ofisni saqlash uchun ketadigan mablag‘lar birmuncha qisqaradi, firmadan ketib qolishi mumkin bo‘lgan xodim saqlanadi, nogironlar mehnatidan foydalanish engillashtiriladi.

Yüklə 5,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   226




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin