O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta masxus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti u. V. G‘afurov, M. Sh. Xalilov, Sh. Boymurodov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/81
tarix13.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#175097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
1 Ўкув КУЛЛАНМА ЛОТИН Davlat Iqt va Siyosati qayta ishlangan OHIRGI (1)

 



KIRISH 
 
Mamlakatimizda barqaror va demokratik bozor iqtisodiyotini shakllantirish 
ko‘p jabhalardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni taqozo etmoqda. Jamiyatdagi 
yangilanish va o‘zgarishlarning pirovard natijasi ko‘p jihatdan fuqarolarning mazkur 
jarayonlardagi ongli va faol ishtirokiga, amalga oshirilayotgan islohotlarning 
mazmun-mohiyatini chuqur anglashga bog‘liq bo‘lib, ularni tushuntirishda iqtisodiy 
fanlarning roli beqiyosdir. 
Ma’lumki, bugungi kunda iqtisodiy hodisa va jarayonlar, ularni maqsadga 
muvofiq tartibga solish, rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va tushuntirib berishga 
xizmat qiluvchi ko‘plab iqtisodiy fanlar mavjud. Ko‘p hollarda o‘quvchilar, talaba 
va tadqiqotchilar, olim va mutaxassislar bu boradagi nazariy va amaliy 
ma’lumotlarga tayangan holda o‘zlari uchun tegishli xulosalar chiqaradilar, zarur 
hollarda, xo‘jalik qarorlarini qabul qiladilar. 
Hozirda ko‘plab nazariy ahamiyatdagi fanlar bilan bir qatorda amaliyotga
xususan, tajriba orqali chiqariluvchi qoida va xulosalarga tayanuvchi fanlarga 
ehtiyoj ortib bormoqda. Iqtisodiyot sohasidagi shunday fanlardan biri “Empirik 
iqtisodiyot” fani hisoblanadi. Mazkur fan rivojlanish iqtisodiyotining asosiy 
muammolari, jumladan, sog'liqni saqlash, ta'lim, mehnat sharoitlari, ichki va xalqaro 
siyosat, bozor sharoitlari kabi jihatlarni rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyoti va 
tajribalari asosida o‘rganishni o‘z ichiga oladi. Mazkur fan barqaror iqtisodiyotni 
shakllantirish yo‘lidagi asosiy chora-tadbirlar yo‘nalishlarini ko‘rsatib berish bilan 
bir qatorda talabalarda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma’naviy 
dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirishga ham xizmat qiladi. 
Shuning uchun magistratura talabalari uchun “Empirik iqtisodiyot” fanidan o‘quv 
qo‘llanmaning tayyorlanishi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning tarkibiy tuzilishi jihatidan puxtaligi, fanning 
barcha asosiy mavzu-muammolarini qamrab olishi, ularning yoritilishidagi 
izchilligiga ham asoslangan. Jumladan, o‘quv qo‘llanmada iqtisodiy farovonlik, 
iqtisodiy o‘sish, tarixiy istiqbolda iqtisodiy o‘sish nazariyasi, qashshoqlik, tengsizlik 
va zaiflik, iste’mol, vaqtni taqsimlash va ishlab chiqarishni tanlash, uy xo‘jaligi, 
mahalliy tovarlar va xizmatlar, ishchi kuchi bozori, investitsiya va moliyaviy 
bozorlar, xalqaro bozorlar va umumiy muvozanat, institut va korporatsiyalar, 
siyosat, boshqaruv va siyosiy iqtisod, maqsadli uzatish dasturlari, qishloq xo‘jaligiga 
bozor aralashuvi va islohotlar, infratuzilma siyosati va dasturlari, ta’lim, qishloq 
xo‘jaligini tadqiq qilish va kengaytirish, mikromoliya, jamoat salomatligi, sog‘liqni 
saqlash kabi masalalar alohida mavzular doirasida bayon etilgan.Ushbu o‘quv 
qo‘llanma yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va Respublika 
muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi namunaviy o‘quv 
dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab olingan. Asosiy 
iqtisodiy tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar, jadvallar, grafiklar 
asosida tushuntirishga harakat qilingan. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va 
informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir 



mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, shuningdek takrorlash va 
munozara uchun savollar ham berildi.
“Davlat iqtisodiyoti va siyosati” fani bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanma asosan 
5A230101 – Iqtisodiy nazariya mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari 
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari 
o‘qituvchi va talabalari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga 
qiziquvchi barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin