7
3. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash. Bu iqtisodiy aylanmaning uzluksizligini,
ya’ni takror ishlab chiqarishning to‘xtovsiz davom etishini, iqtisodiy falajlikka yo‘l
qo‘yilmasligini bildiradi.
4. Milliy pul qadr-qiymatining barqarorligini ta’minlash – mamlakatdagi pul
muomalasining me’yorida borishiga erishish, pulni iqtisodiy aloqalarning muntazam
ishlab turuvchi vositasiga aylantirish.
5. Aholi turmush farovonligini mustaqil oshirib, iqtisodiyotning ijtimoiyligini
to‘laroq yuzaga chiqarishga ko‘maklashish.
6.Milliy iqtisodiyotni xalqaro integratsion jarayonlar va globalizatsiyada faol
ishtirok etib, xalqaro iqtisodiyotda o‘z o‘rnini topishi, baynalminal iqtisodiy
munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisiga aylanishiga erishish.
7. Milliy iqtisodiyotning istiqbolini ta’minlash, ya’ni uni uzoq kelajakda o‘sib
borishiga sharoit hozirlash. Bular iqtisodiy siyosatning strategik, ya’ni uzoq davrga
mo‘ljallangan maqsadi hisoblanadi. Biroq uning qisqa vaqtdagi taktik, ya’ni juz’iy
maqsadlari ham bor. Bular jumlasiga iqtisodiy tanglikdan chiqib ketish, narxlarning
barqarorligini ta’minlash, investitsion faollikni rag‘batlantirish, eksport salohiyatini
oshirish, novatsiyalarni ta’minlash, yangi tashqi bozorlarga kirib borish kabilar
kiradi. Juz’iy maqsadlar strategik maqsadlardan kelib chiqadi va ularga xizmat
qiladi.
Davlat siyosati belgilagan maqsadlarga quyidagi vositalar bilan erishadi:
birinchisi, iqtisodiy vositalar bo‘lib, bular jumlasiga soliqlar, subsidiyalar,
litsenziyalar, eksport kvotalari, uchyot stavkalari, davlat buyurtmalari, davlat
investitsiyalari, transfertlar, turli iqtisodiy sanksiyalar (jazolash vositalari) kabilar
kiradi. Ikkinchisi, yuridik vositalar. Bu iqtisodiy faoliyat tartibi va qoidalarini, uning
davlat tomonidan rag‘batlantirilishini belgilab beruvchi qonunlarni, ularga mos
ravishdagi qonun osti hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qabul qilish va joriy etishdan
iboratdir.
Qonunchilik iqtisodiyotning huquqiy asoslarini belgilab beradi, bular esa
bozor iqtisodiyotining ob’ektiv iqtisodiy qonunlari talabidan kelib chiqishi zarur.
Iqtisodiyotga oid yuridik qonunlarni parlament qabul qiladi. Hukumat esa ularning
amalga oshirilishini ta’minlaydigan qarorlar va farmoyishlarni ishlab chiqadi.
Tegishli davlat idoralari qonunlarning amalga oshirilishini nazoratga oladi.
Uchinchisi, siyosiy-ma’muriy vositalar. Davlat hokimiyat sohibi bo‘lganidan o‘z
siyosatiga rioya etilishini o‘z organlari kuchi bilan ta’minlaydi. Davlat oliy siyosiy
institut hisoblanar ekan, uning qarorlari va buyruqlariga hamma itoat etishi kerak
bo‘ladi. Ma’muriy usul yordamchi usul hisoblanadi, u bozor tizimida yaxshi natija
bermaganidan cheklangan holda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: