O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

III BOB. IQTISODIYOTNI 
MODERNIZATSIYALASH 
SHAROITIDA 
DAVLAT 
BUDJETI 
SOLIQLI 
DAROMADLARI 
BARQARORLIGINI 
TA’MINLASH 
MASALALARI....................................................................... 
 
42 

 
3.1. Davlat byudjeti soliqli daromadlarining shakllanishini samarali 
tashkil qilish yo’nalishlari............................................................. 
42 
3.2. Samarali soliq siyosati natijasida budjet daromadlarini oshirish 
yo’nalishlari............................................................................... 
47 
III bob bo’yicha xulosa……….……………………………….... 
55 
 
Xulosa............................................................................................ 
 
57 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati............................................ 
 
59 
 
 
 
 


5
KIRISH 
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi.
Bugungi kunda 
mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar o’z natijasini bermoqda. 
Birgina soliqlar misolida bu islohotlarni ko’radigan bo’lsak, prezidentimiz 
I.A.Karimovning quyidagi bildirgan fikrlariga e’tiborimizni qaratishimiz maqsadga 
muvofiq: “Aytish kerakki, bunday iqtisodiy o’sish ko’p jihatdan iqtisodiyotda soliq 
yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan 
bog’liq. Jumladan, “2012 yilda soliq yukini kamaytirish siyosati davom ettirildi. 
Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 6 foizdan 5 
foizga tushirilgani, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan soliq stavkasi 
esa sezilarli tarzda, ya’ni o‘rtacha ikki barobar kamaytirilgani buni yaqqol 
tasdiqlaydi
1
” va “O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i 
stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsada, davlat budjeti yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.
2
”, - deya ta’kidladilar. 
Davlatimiz xazinasini moliyaviy resurslar bilan to’ldiruvchi asosiy manba 
soliq bo’lgani sababli, u jamiyatimiz oldida turgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy, 
ma’naviy, ma’rifiy va boshqa ko’pgina vazifalarni amalga oshirish uchun zarur 
bo’lgan miqdordagi pul mablag’i bilan ta’minlanishi lozim. Soliqlar davlat 
budjetini to’ldiruvchi asosiy elementlardan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun 
soliqlarga davlat budjetining daromad qismini shakllantiruvchi, eng muhim 
bo’lgan umumdavlat vazifalarini hal etish uchun zarur miqdordagi mablag’ni 
jamlantiruvchi dastak sifatida qarash lozimdir.
Davlatning ijtimoiy – iqtisodiy vazifalarini o’z vaqtida to’liq va ijobiy hal 
etish ma’lum moliyaviy asosni talab etadiki, aynan ushbu asosning markaziy 
bo’g’inini davlat budjeti daromadlari tashkil etadi. Davlat moliyasini 
sog’lomlashtirish davlat budjeti daromadlarining barqarorligini, ularni 
shakllantirish manbalari mukammal nisbatini va butligini ta’minlash O’zbekiston 
1
Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. 
–T.: O’zbekiston. 2013. – 64 b. 
2
Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va 
diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib 
berish-ustivor vazifamizdir. Toshkent-“O‘zbekiston”-2015y. 5-bet. 


6
Respublikasida amalga oshirilayotgan institutsional isloxotlarni xozirgi bosqichida 
yanada muhim axamiyat kasb etmoqda. Bir vaqtning o’zida mamlakatimiz 
budjetining so’ngi yillaridagi ijobiy qoldig’i, ya’ni budjetning profitsit bilan 
yakunlanishiga qaramasdan, budjetni belgilangan miqdordagi daromadlar bilan 
ta’minlash masalasining juda katta qiyinchiliklar bilan hal etilayotganligini, 
davlatning ixtiyorida bo’lishi lozim bo’lgan moliyaviy resurslarning yetarli 
darajada emasligi uning o’z oldiga qo’ygan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga 
o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlarini shakllantirish 
tizimida qator muammolarning mavjudligini ham ta’kidlab o’tish joiz. Ulardan 
asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 
- davlat budjeti soliqli daromadlarining tarkibida egri soliqlardan 
tushumlarning nisbatan katta salmoqqa ega ekanligi; 
- davlat budjeti daromadlarini aniq tasniflash mezonlari asosida 
shakllantirish amaliyotining mavjud emasligi va hokazolar. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat budjeti soliqli daromadlarini 
shakllantirish muommolari hozirgi davrning dolzarb masalalaridan biri 
hisoblanadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin