O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ’ lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya-iqtisod fakulteti



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/24
tarix27.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#199439
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli

 
I bob bo’yicha xulosa 
 
Bugungi kunda davlat budjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra 
quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
soliqli daromadlar; 
soliqsiz daromadlar; 
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. 
Sub’ektlarning daromadlari davlat budjeti ixtiyoriga ikki xil metodlarni 
qo’llab, olinishi mumkin: 
soliqli metodlar; 
nosoliqli metodlar. 
Soliqli metodlar uchun mablag’larning davlat budjeti foydasiga aniq 
belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi 
xarakterlidir. Soliqlarning undirilishi mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsuloti va 
milliy daromadining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular 
yordamida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga tegishli bo’lgan 
mablag’larning bir qismi davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga 


24
qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, er solig’i, mol-mulk 
solig’i va boshqa soliqlar kiradi. 
Bitiruv malakaviy ishimizning mazkur paragrafi yakunida quyidagilarni 
xulosa qilib aytishimiz mumkin: 
-
yalpi ichki mahsulot muayyan qismining majburiy to‘lov ko‘rinishida davlat 
tomonidan jamiyat foydasiga olinishi soliq mohiyatini tashkil etadi.
-
Davlatning ijtimoiy, harbiy, huquqni muhofaza qilish, ma’naviy, 
fundamental ilm-fanni rivojlantirish funktsiyalarini bajarish uchun lozim bo‘lgan 
pul daromadlarini shakllanishi bilan bog’lik bo‘lgan moliyaviy munosabatlarning 
majmuasi soliqlarning iqtisodiy mohiyati bilan uyg’unlashib ketadi.
-
Soliqlar iqtisodiy munosabatlar tarkibidagi eng asosiy moliyaviy 
munosabatlar tarmog’i bo‘lib iqtisodiy – ijtimoiy taraqqiyotning moddiy negizini 
tashkil etib, jamiyat rivojining moddiy manbai sifatida ijtimoiy ob’ektiv 
zaruriyatdir.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin