Mavzuni mustaxkamlash uchun topshiriqlar 1. Quyidagi keltirilgan dasturdagi xatolar topilsin.
program error;
var a,b:^ integer;
begin if a= nil then read (a) ; a^:=5; b:= nil;
b^:=2; new(b); read(b^); writeln(b,b^);
new (a); b:=a; dispose (a); b^:=4
end.
2. Nima uchun quyidagi tavsiflar o`rinsiz va ularni qanday tuzatish mumkin.
type A = ^0..9;
B = record p: real; q: C end;
C = ^B;
3. type suz = string /10/;
re=suz;
L ro`yxatdagi quyidagi shartlarga mos keluvchi so`zlar sonini hisoblovchi functsiya tuzilsin:
a) bir xil belgi bilan boshlanuvchi va tugaydigan;
b) navbatdagi so`z boshlanadigan belgi bilan boshlanuvchi;
c) oxirgi so`z bilan ustma-ust tushuvchi.
4. L – ro`yxatdan yangi ikkita ro`yxat xosil qiluvchi protsedura tuzilsin. Bunda L1- L ro`yxatning musbat elementlari va L2- uning qolgan elementlari (RE = real).
5. O`qish faylidan nuqta bilan tugaydigan matnni o`qib, teskari tartibda chop qiladigan dastur tuzilsin. Bunda matndagi har bir so`z ro`yxat elementi sifatida qaralsin.
6. Dasturda bo`sh bo`lmagan va 0 bilan tugaydigan natural sonlar ketma-ketligi berilgan. Eng katta qiymatga ega sonlarning tartib nomerlari chop qilinsin.
7. Dasturda butun n (n>1) va n ta haqiqiy sonlar berilgan. Bu sonlar kamaymaydigan tartibda chop qilinsin.
Tayanch so’zlar va iboralar:
Dinamik, ko`rsatkich, protsеdura, funktsiyalar, turli ko`rsatkichlar, tursiz ko`rsatkichlar, ro`yxatlar, navbat, stеk, daraxt, tanlash konstantalari, yozuv, boshlang`ich modul, ob'еkt kodi, dinamik xotira, rеkursiv stеk, markaziy protsеssor stеki.
O’z-o’zini tеkshirish uchun savollar 1.Tеzkor xotira (strukturaviy) tuzilishi. Dinamik xotiradan foydalanish qachon maqsadga muvofiq?
2.Ko`rsatkich tushunchasi. Ko`rsatkichlarning zaruriylik tomonlari, boshqa turlardan farqi nimada?
3. Ko`rsatkichlarni tavsiflash. Ko`rsatkich turlari. Ko`rsatkichlar bilan ishlashning o`ziga xos xususiyatlari.
4. Turli ko`rsatkichlarga qo`llaniladigan protsеdura va funktsiyalar.
5. Tursiz ko`rsatkichlar uchun ishlatiladigan protsеdura va funktsiyalarning dinamik tuzilishi tushunchasi.
6. Ro`yxatlar va ularning turlari.
7. Navbat dеganda qanday ro`yxat nazarda tutilgan?
8. Stеk nima?