O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə388/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi.
Yangilangan ijtimoiy siyosat adolat tamoyillariga izchillik bilan rioya qilishga asoslanib, ijtimoiy ko‘maklashishning mavjud usullarini va pul bilan ta’minlash manbalarini tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bu siyosat ijtimoiy himoya aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab olishni ko‘zda tutadi. Yordam tizimi faqat kam ta’minlangan va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nisbatan qo‘llanilib, shu maqsad uchun davlat manbalari bilan bir qatorda mehnat jamoalari, turli tashkilot hamda jamg‘armalarning mablag‘laridan ham foydalaniladi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimida bolalar va kam daromadli oilalar yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar hisoblanib, ular uchun hamma nafaqa va moddiy yordamlar faqat mahalla orqali yetkazib beriladi. Shu maqsadda mahallalarda budjet mablag‘lari, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy o‘tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg‘armalar hosil qilindi.
Ijtimoiy ko‘maklashishning yangi tizimi mehnatga rag‘batlantiradigan omillar va vositalar yangi tuzilmasi paydo bo‘lishini ham taqozo qiladi. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash borasida amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar buning yaqqol dalilidir.
Shuni e’tiborda tutish lozimki, respublikamizda keyingi yillarda aholining kam ta’minlangan va muhtoj qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish borasida aniq yo‘naltirilgan samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish, ta’lim, kadrlar tayyorlash, sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida maqsadli umummilliy dasturlarni hayotga tatbiq etish yanada faollashtirilmoqda. 2017 yil 7 fevraldagi O‘zbekiston Respublika Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida bir qator yo‘nalishlarni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, ushbu farmonning 4-yo‘nalishida “ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini
izchil oshirib borish, ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, arzon uy- joylar barpo etish, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish”ga1 alohida e’tibor berilgan.
Sog‘liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy tibbiyot yo‘nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50 tadan 126 taga ko‘paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli o‘tgan yili 634 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‘m yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion so‘m ko‘p mablag‘ sarflandi.
Qishloq joylarda – 17100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar qurildi.
Kam ta’minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berildi.2
O‘tgan davr mobaynida Kadrlar tayyorlash va Maktab ta’limi rivojlantirish umummilliy dasturlari doirasida ahamiyatli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
Ta’lim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini shakllantirish va mustahkamlash, jumladan, umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb- hunar hamda oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda yuksak bilimli va




1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni
malakali kasb tayyorgarligiga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash jarayonini takomillashtirish ishlari izchil davom ettirildi.
Shuningdek, tadqiqotlar natijasi o‘laroq ijtimoiy himoya tizimi kadrlarini uzluksiz o‘qitish, kadrlarga qo‘yiladigan kasbiy talablarni qayta ko‘rib chiqish, aholining ijtimoiy himoyasi bilan shug‘ullanuvchi yagona davlat muassasasini tashkil etish, soha bo‘yicha ta’lim tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish ekspertlar tomonidan taklif etildi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida o‘tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog‘chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko‘tarildi.
2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. Etakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi.1
Bularning barchasi mamlakat aholisini ijtimoiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, uning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin