O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə76/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tovar mahsulotlari nomlari

2010

2012

2014

2016

2018

Engil avtomobillar (ming dona)

217,7

235,5

250,7

92,7

213,3

Avtobuslar (dona)

1268

1100

1217

908

949

Traktorlar (dona)

2807

1792

2196

720

3393

O‘simlik yog‘i (ming tonna)

235,6

236,0

230,0

197,1

185,1

Un (ming tonna)

1217,3

1820,3

1979,3

2268,2

2726,0

Mamlakatimizda tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashning rivojlanayotganligini chakana savdo aylanmasi va pullik xizmat ko‘rsatishning yildan-yilga oshib borishida ham ko‘rish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etib turgan sharoitda tovar ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlarini kuchaytirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayoni pirovardida tovarlar miqdorining oshishi, sifatining takomillashuvi va turlarining ko‘payishiga imkon yaratadi. Ayniqsa, ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko‘paytirish, ularning sifatini takomillashtirishdan iborat diversifikatsiya jarayoni tovar ishlab chiqarishni kengaytirishning muhim yo‘nalishlari bo‘lib hisoblanadi.


Yuqorida ta’kidlaganimizdek, Hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida dunyoning hamma mamlakatlarida, hamma hududlarda va ulardagi hamma xo‘jaliklarda,shu jumladan, bizning mamlakatimiz xo‘jaliklarida ham ommaviy ravishda tovar ishlab chiqariladi va ayirboshlanadi, bu jarayondan hamma foydalanadi, oldi-sotdi qiladi. Lekin shu oldi-sotdi bo‘layotgan tovarning ikki xil xususiyatga ega


1 O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari.
ekanligini, bu xususiyatlarni bilishning bozor ishtirokchilari uchun o‘ta muhim ekanligini hamma ham tushunavermaydi.
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa: maxsulot yoki xizmat ham tovar bo‘lavermaydi. Masalan, dehqonning o‘z tomorqa xo‘jaligida o‘zining iste’moli uchun etishtirgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ko‘pchilik oilada kishilarning o‘z oilasi uchun qilgan xizmatlari tovar bo‘lmaydi. Tovar bo‘lishi uchun eng avvalo, u bozorda sotish uchun boshqalarning extiyojini qondirish uchun ishlab chiqarilishi, unda ikki xususiyat: naflilik va qiymat mavjud bo‘lishi shart.
Demak, tovar bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomonning qiymat va naflilikning birligidan iboratdir. Tovardagi bir-biriga qarama-qarshi turgan bu ikki xususiyat unda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan ya’ni aniq va abstrakt mehnatning natijasida kelib chiqadi.
Bunda aniq mehnat tabiat ashyolaridan foydalanib tovarning nafliligini ya’ni kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan extiyojini qondirish qobiliyatini yaratadi, ya’ni yerning tuproq unumdorligidan foydalanib, turli xil qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqaradi, yer qaridan olingan temirdan turli xil asbob uskunalar, buyumlar, mashinalar yasaydi. O‘rmonda o‘sib turgan yog‘ochlardan uylar quradi, yog‘och buyumlar yasaydi va h.k. Abstrakt mehnat esa uning qiymatini yaratadi. Gap shundaki, mehnatning ikki tomonlama tabiati bir vaqtning o‘zida ro‘y beradi va bir vaqtning o‘zida tovarning ikki xil xususiyati yaratiladi. Tovarning qiymatini va nafliligini, ularning bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki tomonini, bu ikki tomonning doimo harakatda, rivojlanishda bo‘lib, o‘zgarib turishini, ular bir-biri bilan o‘zaro ta’sirda hamda o‘rin almashib, shakl almashib turishini bilmaslik natijasida sifat jihatdan bir-biridan farq qiladigan iqtisodiy jarayonlarni, ularning omillari, manbalari va natijalarini bir-biri bilan adashtirish, ularga bir xil tushuncha deb qarab, chalkashliklarga yo‘l qo‘yish xollarini keltirib chiqaradi. Masalan, tovarning qiymati va nafliligining farqiga bormaslik, ularni aniq ajrata bilmasdan bir xil tushuncha deb qarash nazariy va amaliy jihatdan zararli xulosalar va amaliy harakatlar qilinishiga sabab bo‘ladi. Bunday noaniqlik
va chalkashliklar K.Marksgacha yashab, ijod qilgan va undan to hozirgacha iqtisodiy ta’limotlar tarixida ma’lum bo‘lib, ijod qilgan.
Agar biz ikki tomonlama yondashuv va taxlil usulini qo‘llab, har bir tovarda va xizmat birligida, binobarin yaratilgan barcha tovarlarda qiymat va naflilik borligini mana shu qiymat va naflilik degan tushunchalarni, ularning kelib chiqish sababi bo‘lgan mehnatning ikki tomonlama tavsifini (aniq va abstrakt mehnatni) ularning harakatidagi o‘zgarishlarni bilsak, uni e’tiborga oladigan bo‘lsak va uni rivojlantirsak, o‘z faoliyatimizda qiymatni ko‘paytirishga emas, aksincha, uni kamaytirib naflilikni ko‘paytirishga harakat qilishimiz zarurligini anglaymiz. Bu narsani to‘g‘ri va aniq tushunish uchun yana bir bor misol bilan ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan, g‘alla, paxta, sabzavot ekayotgan xo‘jalik ularni ekish, o‘stirish, parvarishlash va nihoyat yig‘ib olish uchun mehnat, moddiy, pul xarajatlarini amalga oshiradi. Bunda turli darajadagi xo‘jalik uchun, jumladan dehqon uchun etishtirayotgan turdagi mahsulotning hajmi va sifatini oshirish muhimdir, xarajatlarni esa iloji boricha kamroq sarflash, binobarin, qiymatni pasaytirish asosiy maqsad bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday ishlab chiqarilgan narsa ham tovar bo‘lishi uchun unda ikki xususiyat mavjud bo‘lishi shart.

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin