Asosiytayanchtushunchalar Ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
Vaqtbayishhaqi – ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib to‘lanadigan ish haqi.
Ishbayishhaqi – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqi.
Realishhaqi – nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.
Nominalishhaqi – pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi – bajarilgan ish uchun haq to‘lashni erishilgan turli natija ko‘rsatkichlariga qarab mukofot berish bilan qo‘shib olib borilishini nazarda tutuvchi tizim.
Ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi– ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha, me’yordan yuqori qismiga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha ish haqi to‘lanishini ko‘zda tutuvchi tizim.
Tarif tizimi– ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.
Tarif-malakama’lumotnomalari – ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, ishchi va mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar, turli tavsifdagi ishlarni tariflash uchun qo‘yiladigan razryadlar majmui.
Tarif setkasi– turli razryadlar va tarif koeffitsientlari majmui bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi.
Tarifstavkalari – tegishli ravishda belgilab berilgan turli razryadga ega bo‘lgan ishchilarning mehnatiga to‘lanadigan haq miqdori majmui.