18.3-jadval
Rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik darajasi1
Davlatlar
|
2007
|
2009
|
2011
|
2013
|
2015
|
2017
|
2018
|
2019
|
AQSh
|
4,6
|
10,0
|
8,5
|
7,4
|
5,3
|
4,9
|
3,7
|
3,6
|
Yaponiya
|
3,8
|
5,4
|
4,5
|
4,0
|
3,5
|
2,9
|
2,4
|
2,4
|
Buyuk Britaniya
|
5,3
|
7,6
|
8,4
|
7,5
|
5,4
|
4,7
|
4,1
|
3,9
|
Germaniya
|
8,3
|
8,0
|
7,1
|
5,3
|
4,6
|
3,8
|
3,4
|
3,2
|
AQSh Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan noratsional pul-kredit siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko‘lami keskin o‘sdi. Federal zaxira tizimining ekspansion pul-kredit siyosati tijorat banklariga taqdim etadigan kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarini 1,25% gacha pasaytirilishida namoyon bo‘lgan edi.
Federal zaxira tizimining ipoteka bozorlariga e’tiborsizligi, ipoteka kreditlari berish talablarining haddan ziyod erkinlashtirilishi natijasida bozorda ko‘chmas mulklarga talab ortdi va uy-joy bozorida narxlarning qisqa muddat ichida keskin o‘sishi kuzatildi.
1 https://data.worldbank.org/indicator/SL.UEM.TOTL.ZS?view=chart
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining nomuvofiqligi natijasida banklar tomonidan kreditlash tizimi talablari o‘ta engillashib, bu holat kreditlardan foydalanishda to‘lovga layoqatlik darajasining hisobga olinmasligiga imkon yaratdi.
2016 yil noyabr oyida Xitoyda, jahon yalpi mahsulotining 80 foizini ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo‘lib o‘tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko‘lami tobora kengayib borayotganini tasdiqlagani, ushbu sammitda bo‘lib o‘tgan muhokamalar bugun jahon moliyaviy inqirozining oldini olish haqida emas, balki undan qanday qilib chiqish yo‘llari izlanayotganligidan darak berishini ta’kidlab o‘tdilar.
Jahon moliyaviy inqirozi aksariyat rivojlangan mamlakatlar moliya tizimini tubdan isloh qilish zarurligini keltirib chiqardi. Shunga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘zlarining bank tizimlarini inqirozdan qutqarish uchun yirik tijorat banklarining aksiyalarini sotib olib, ularni budjet mablag‘lari hisobiga likvidli aktivlar bilan ta’minlay boshladi.
AQSh hukumati iqtisodiyotga yirik masshtabdagi davlat aralashuvi siyosatini yurita boshladi. AQShning sobiq moliya vazirining tashabbusi bilan Kongress
«Polson rejasi» deb nomlanuvchi rejani qabul qildi. Mazkur rejaning umumiy hajmi 700 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari inqirozdan chiqish bo‘yicha tijorat banklari kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanishga kelishib olishdi. Bu holatda kafolatlar banklararo kreditlar bo‘yicha 5 yil muddatga taqdim etiladi va hukumat banklarning imtiyozli aksiyalarini sotib olish orqali ularni qo‘llab- quvvatlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Masalan, AQShda Federal zaxira tizimi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, xususiy sektorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish amaliyotiga o‘tish orqali likvidlilikni taminlashning yangi usuliga o‘tdi.
Buyuk Britaniya hukumati banklar va moliyaviy muassasalar aksiyalariga 37 mlrd. funt sterling mablag‘larini investitsiya qilishini e’lon qildi. Germaniya hukumati esa, bank tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun kapital va kreditlar bo‘yicha
kafolatlar shaklida 500 mlrd. evro ajratishini e’lon qildi. Avstraliya hukumati esa barcha omonatchilar pul jamg‘armalarini 3 yilga kafolatlashini e’lon qildi va ipoteka qimmatli qog‘ozlarini sotib olish uchun 2,6 mlrd. dollar mablag‘ ajratdi (18.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: |