O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə351/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi lozim bo‘lgan tovarlar summasi. Tovarlar va xizmatlar qancha ko‘p bo‘lsa, ularning narxi qancha baland bo‘lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko‘p pul miqdori talab qilinadi.

  • Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo‘lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu ko‘p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog‘liq bo‘ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori shuncha kam bo‘ladi.

  • Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to‘lov vositasi sifatida foydalanish. Ko‘pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to‘lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to‘lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko‘paytiradi. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

    P Тb

    • Хk

    • Хt



    А
    m ,
    t
    bu yerda:
    Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
    Tb - sotilishi lozim bo‘lgan tovarlar va xizmatlar summasi (tovarlar miqdori × narxi);
    Xk - kreditga sotilgan tovarlar summasi;
    Xt – kreditga berilgan tovarlar va xizmatlarning to‘lash muddati kelgan qismi hamda boshqa to‘lovlar summasi;
    At - pulning aylanish tezligi.
    Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so‘mni, kreditga sotilgan tovarlar

    • 20 mln. so‘mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to‘lash muddati kelgan tovarlar va boshqa to‘lovlar – 40 mln. so‘mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta bo‘lsa, u holda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori 20 mln. so‘mga teng bo‘ladi. Ya’ni:

    P 100  20  40
    m 6
     20 m ln . so' m.

    Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga kam pul chiqarilsa, ko‘pgina xo‘jaliklarda pul etishmasligi, normal holatda xo‘jalik yuritib bo‘lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada bo‘lgan pul miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo‘lishi uning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiyani bildiradi.


    Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasining quyidagi qonuniga ta’rif berish mumkin: boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori sotishga chiqariladigan tovarlar summasiga to‘g‘ri mutanosib, pulning aylanish

    Yüklə 11,04 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   450




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin