Nominaldaromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Ixtiyorida bo‘lgan daromad – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad.
Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga etadigan quvvati, ya’ni aholi daromadining xarid quvvati.
Lorens egri chizig‘i– daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy jihatdan ifodalovchi geometrik egri chiziq.
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar.
Ijtimoiysiyosat – davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni, iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosat.
Kambag‘allik - insonning hattoki birlamchi ehtiyojlarini to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmagan pul daromadiga va moddiy mol-mulkka ega emasligidir.
Takrorlashuchunsavolvatopshiriqlar Davlatning aholi daromadlarini shakllantirish siyosati deganda nimani tushunasiz? Ijtimoiy adolatni ta’minlashda bu siyosatning roli qanday?
Aholi daromadlari tushunchasini va uning darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni sanab ko‘rsating.
Turmush darajasi va uning tushunchasiga izoh bering. Turmush darajasini qanday ko‘rsatkichlar tavsiflab beradi?
Daromadlar tengsizligining asosiy sabablarini sanab ko‘rsating va tushuntirib bering.
Lorens egri chizig‘i nimani anglatadi? Uning mazmunini misollar yordamida bayon qiling.
Jini koeffitsienti qanday aniqlanadi? Rivojlangan mamlakatlarda mazkur koeffitsient qiymatining o‘zgarish tendensiyalari nima bilan izohlanadi?
O‘zbekistonda davlat yordam dasturlari tizimini isloh qilish va uni hozirgi davrdagi asosiy yo‘nalishlarini izohlang.
Mamlakatimizda «Ijtimoiy himoya yili» davlat dasturi doirasida qanday ishlar amalga oshirildi?
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholi daromadlarini oshirish borasida qanday natijalar qo‘lga kiritilmoqda?
Mamlakatimizdagi aholi daromadlari tarkibining o‘zgarishida qanday tendensiyalar kuzatilmoqda?