Umumiy mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi. Odatda korxona yoki yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchining faoliyati eng avvalo uning umumiy mahsuloti orqali baholanadi. Misol uchun, «A» korxonada 1 oy davomida barcha mavjud resurslardan foydalangan holda 100 birlik mahsulot yaratildi, deb faraz qilaylik. Bu o‘rinda 100 birlik hajmdagi umumiy mahsulot uni yaratishga sarflangan resurslar to‘g‘risida ma’lumot bera olmaydi. Biz faqat ushbu korxona faoliyatini boshqa bir korxona faoliyati natijasiga taqqoslab, baholashimiz mumkin. Masalan, xuddi shu turdagi mahsulotni ishlab chiqaruvchi «V» korxonada bir oy davomida 80 birlik mahsulot ishlab chiqarilgan, deylik. U holda,
«A» korxonada «V» korxonaga nisbatan 1,25 baravar ko‘p umumiy mahsulot ishlab chiqarilgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Biroq, bu mahsulot nima evaziga, qanday sarflar hisobiga yaratilganligini ayta olmaymiz. Buning uchun bizga ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan omillar to‘g‘risida ham ma’lumot kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlardan foydalangan holda o‘rtacha mahsulotni hisoblash mumkin.
O‘rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi:
O'М М (L, К) .
Aytaylik, 100 birlik mahsulot 10 birlik ishchi kuchi, 8 birlik kapital va 15 birlik tabiiy resurslarni sarflash evaziga yaratilgan. U holda har qaysi omilning bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini hisoblaymiz:
ishchi kuchi omili birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot:
O' МL
100 10
10
birlikka teng.
kapital omili birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot:
O' МК
100 12,5
8
birlikka teng.
tabiiy resurs omili birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot:
O' МN 100 6,7 birlikka teng.
15
Ishlab chiqarish natijasini baholashda ishlab chiqarish omillari navbatdagi birligini sarflashning maqsadga muvofiqligini o‘rganish, ya’ni har bir omil qo‘shimcha sarfining u keltiradigan samara bilan taqqoslash muhimdir. Bu so‘nggi qo‘shilgan mahsulot ko‘rsatkichi orqali ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: |