O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 11,04 Mb.
səhifə67/450
tarix25.09.2023
ölçüsü11,04 Mb.
#148395
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   450
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

3.2-jadval
O‘zbekistonda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi holati1



Yillar

Xususiylashtirilgan obyektlar soni (birlik)

Xususiylashtirishdan tushgan pul mablag‘lari, mlrd. so‘m

2004

1228

78,5

2005

980

80,5

2006

673

70,5

2007

631

111,1

2008

392

130,6

2009

135

35,7

2010

96

23,0

2011

95

39,2

2012

83

32,1

2013

82

44,1

2014

288

88,0

2015

848

103,2

2016

609

164,8

Jami

6140

1001,3

Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy besh bosqichi mavjud ekanligi ta’kidlangan. Lekin vaqt o‘tishi bilan amalga oshirilgan islohotlar natijasida nazariyalar ham o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lar ekan. Shundan kelib chiqqan holda xususiylashtirishning keyingi bosqichi ham yuzaga chiqa boshladi.


Mulkni xususiylashtirish va uni yanada jadallashtirishning oltinchi bosqichi 2017 yil va undan keyingi davrlarni o‘z ichiga oladi. Buning huquqiy asosi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-
1 www.stat.uz - O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumotlari asosida tuzildi.
sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishga qaratilgan.
Shuningdek, 2017 yil 23 fevralida Prezidentning “Tadbirkorlarning ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2017 yilgacha bo‘lgan davrda xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obyekt mavjud bo‘lib, ulardan 22921 tasi hozirda faoliyat ko‘rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko‘ra ishlamaydi1.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktabrdagi “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3980-sonli Qarori ham qabul qilindi. Unga ko‘ra, an’anaviy ravishda davlat tasarrufida va boshqaruvida bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammo va kamchiliklar davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-sonli qarori qabul qilindi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining faoliyati xususiylashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik, davlat va jamoatchilik nazorati, fuqarolar ishtirokining teng huquqliligi, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etishga qaratilgan.


1 https://gkk.uz/uz/yangiliklar/smi-o-komitete/3272-khususijlashtirilgan-korkhonalar-llab-uvvatlanmo-da
Mamlakatimizda xususiylashtirish jarayoni elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Bunda aksiyalar bo‘yicha ochiq birja savdolari va birjadan tashqari savdolar (uzse.uz), qolgan barcha davlat aktivlari bo‘yicha esa elektron onlayn auksion savdolar (e-auksion.uz), shuningdek, davlat obyektlarini investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda “nol” xarid qiymatida sotish, davlat- xususiy sheriklik asosida sotish (aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berish)dan foydalanilmoqda (3.3-jadval).

Yüklə 11,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin