Nitroguruhi benzol halqasida joylashgan nitrobirikmalar Olishish usullari. Nitroguruhi halqada joylashgan nitrobirikmalar benzol va uning gomologlariga konsentrlangan nitrat va sulfat kislotalar aralashmasi (nitrolovchi aralashma) ta’sir ettirib olinadi. Bunda birinchi nitroguruh 50-600C da halqadagi vodorod bilan oson almashadi, ikkinchi nitroguruh qiyinlik bilan almashinadi. Almashinish m-holatdagi vodorod hisobiga boradi. Uchinchi nitroguruh halqaga juda qiyinchilik bilan kiritiladi. Dinitrobenzol tutovchi nitrat va sulfat kislota aralashmasi bilan qo’shib 5 kun qizdirilganda 45% unum bilan 1,3,5- trinitrobenzol hosil bo’ladi:
- yoki - holatdagi di- yoki trinitrobirikmalar tegishli nitroanilinlarni oksidlab olinadi:NH2 NO2
+ [O] + H2O
NO2 NO
2
Benzolning gomologlari benzolga qaraganda oson nitrolanadilar. Masalan, toluolni nitrolaganda mono-, di- va trinitrotoluollar aralashmasi hosil bo’ladi:
СН3 СН3 NO2 HONO2 O2NNO2 СН
-H2ONO2 HONO2 O2N
-H O
NO2 2 NO2
Nitrolash reaksiyasining tezligi nitrolovchi aralashma tarkibiga va nitrolanayotgan uglevodorodlarning tuzilishiga bog’liq, benzolni nitrolash uchun 90% li sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislota konsentratsiyasining 90% dan 80% ga kamayishi nitrolash reaksiyasi tezligini 3000 marta kamayishiga sabab bo’ladi.
Nitrolash reaksiyasining mexanizmi quyidagicha. Sulfat kislota eritmasida nitrat kislota quyidagicha dissotsiyalanadi: + + – 2H2SO4 + HNO3NO2 + H3O + 2HSO4 Toza nitrat kislota nitrolash sharoitida quyidagicha dissotsialanadi:
2HNO3 NO2+ + NO3– + H2O
Aralashmada NO2+- nitroniy ionining bo’lishligi ko’pchilik usullar bilan isbotlangan.
Hosil bo’lgan nitroniy ioni benzol halqasi bilan dastlab -so’ngra kompleks hosil qiladi va proton (vodorod ioni) ajralishi bilan nitrobenzolni hosil
2
qiladi. NO2 + H+ 2
Ajralgan proton bisulfat ioni bilan birikib sulfat kislotani hosil qiladi.