O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix25.09.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#64099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
8-y-JAHON-IQTISODIYOTI-VA-XALQARO-IQTISODIY-MUNOSABATLAR-2008-O‘quv-qo‘llanma-X.-M.-MAMATQULOV

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


13 
II Bob. XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI 
 
1.§. Xalqaro mehnat taqsimoti tushunchasi 
Jahon xo‘jaligi tizimining moddiy asosi bo‘lib, xalqaro mehnat taqsimoti 
(XMT) hisoblanadi. Xalqaro mehnat taqsimoti – bu alohida mamlakatlarda u yoki 
bu tovarlarni ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni nafaqat o‘z mamlakatida, 
balki boshqa mamlakatlarda ham amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarish 
baynalminal (internatsional) tashkil qilishning ushbu shakli u yoki bu mahsulotni 
ishlab chiqarishni qulay iqtisodiy ixtisoslashtirishda va o‘zaro almashinishda ayrim 
mamlakatlarga qo‘l keladi. Xalqaro mehnat taqsimoti mohiyati ishlab 
chiqarishning yagona ikki tarikibiy qismini ajratishda (uning xalqaro 
ixtisoslashuvi) 
va 
uning 
birlashuvi 
(ishlab 
chiqarishni 
xalqaro 
koooperatsiyalash)da namoyon bo‘ladi. 
Shunday qilib, xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarishni kooperatsiyalash 
xalqaro mehnat taqsimoti shakllari paydo bo‘lishi sifatida maydonga chiqadi. 
Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash xalqaro mehnat taqsimotining paydo bo‘lish 
bosh shakli hisoblanadi. O‘z navbatida kooperatsiyalash ishlab chiqarishni 
ixtisoslashtirishga asoslanadi. 
2.§. Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari va turlari 
Xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi xalqaro 
mehnat taqsimotning mazmun mohiyatini, shakllarini amalga oshirishni 
belgilovchi mezonlardir. 
Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish davlatlar o‘rtasida mehnat 
taqsimotining shakli bo‘lib, u bir turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlarni 
mamlakat ichki iste’molidan ortib ishlab chiqarishni markazlashgan asosda o‘sib 
borishi tushuniladi. Qaysikim, alohida davlatlar konkret tovarlar va xizmatlar 
(an’anaga ko‘ra, ishlab chiqarish quvvati, kadrlar malakasi, tabiiy resurslar, milliy 
daromad darajasi, ichki bozor hajmini kengaytirish, mavjud va yangi iqtisodiy 
aloqalar bilan) ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarishni xalqaro 
ixtisoslashtirishning asosiy turlariga buyumlar (tayyor mahsulotlar ishlab 
chiqarish), detallar (alohida qismlar va komponentlar ishlab chiqarish) va 
texnologik (ayrim texnologik jarayonlar va operatsiyalarni amalga oshirish) 
jarayonlari kiradi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi ikki yo‘nalish 
bo‘yicha rivojlanib boradi: 

ishlab chiqarishda (tarmoqlararo, ichki tarmoqlar ixtisoslashuvi) 
alohida korxonalarning ixtisoslashuvi; 

xududiy (alohida mamlakatlar ixtisoslashuvi, guruh mamlakatlar, 
mehnat taqsimoti uchun ma’lum mahsulotlar va ularning qismlarini 
ishlab chiqaruvchi hududlari). 


14 
Ishlab chiqarishning hududiy xalqaro ixtisoslashuvida esa alohida 
mamlakatlar va hududlarda ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning bir 
qismini jahon bozoriga chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi tushuniladi. 
Xalqaro ixtisoslashuv o‘zining taraqqiyotida bir necha bosqichlarni bosib 
o‘tgan. XX asrning 30-yillariga kelib jahonda xalqaro tarmoqlararo ixtisoslashuv 
hukmronlik qila boshladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda qayta ishlov sanoat 
tarmoqlari mahsulot ishlab chiqarishiga ixtisoslashadi. Rivojlanayotgan 
mamlakatlar esa qazib olish tarmoqlari mahsulotlariga ixtisoslashdi. 1950-1960 
yillarda tarmoqlararo ixtisoslashuv yetakchi o‘rinni egallashda davom etdi. Ammo 
birlamchi tarmok sifatida (avtomobil va traktorsozlik, sintetik buyoklar ishlab 
chiqarish, poyafzal, soatlar va h.k.) faoliyat ko‘rsatdi. 1970-1980 yillarda ichki 
tarmoqlararo ixtisoslashuvi birinchi o‘ringa chiqadi. Bu mayda qismlar va 
texnologik ixtsoslashuvlarni rag‘batlantirish, xalqaro tovar almashinuviga 
moslashdi. Jahon xo‘jaligida butlovchi va yarim fabrikatlarni ayra boshlash ham 
katta ahamiyat kasb etadi. 
Narsa ishlab chiqarishga, yana mayda qismlar texnologik ixtisoslashuv 
ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotini belgilab beradi. Xalqaro ishlab chiqarish 
kooperatsiyasi taraqqiyoti darajasini aniqlaydi. 
Xalqaro kooperatsiya iqtisodiy aloqalar mavjudligi, korxonalarning 
oddiydan murakkab shakllargacha tuzilgan shartnoma (kontrakt)larini bajarish 
uchun birgalikda yaratgan va tashkil etgan korxonalarini qamrab oladi. Mehantni 
taqsimlash shakli sifatida xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi turli mamlakatlar 
mehnatkashlari mehnatidan ishlab chiqarish jarayonida bevosita va kundalik 
foydalanishda o‘zaro uzviy harakatni vujudga keltiradi. 
Iqtisodiy tabiati bo‘yicha xalqaro kooperatsiya ishlab chiqarish sohasida 
ishlab chiqarish kuchlari, ilmiy tadqiqotlar, tasarruf qilish va boshqalarda 
birgalikda belgilangan natijalarni qo‘lga kiritishda huddi shunday sharoitda 
ishtirokchilar yakka tartibda harakat qilganiga qaraganda kam mehnat sarflab 
kerakli yutuqga erishadi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi mehnatining bosh vazifasi-yuksak 
mehnat unumdorligiga erishish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘paytirish 
vositasi bo‘lishdir. Shuningdek, bir necha mamlakatlarning birgalikdagi sa’y-
harakatlarini birlashtirmay turib, amalga oshirib bo‘lmaydigan yangi prinsipial 
vazifalarni hal etishdir. Hozirgi zamon sharoitida jahon xo‘jaligi tizimida xalqaro
kooperatsiya taraqqiyotining asosiy tendensiyasi transmilliy kooperatsiyalar 
(TMK) iqtisodiy hukmronligini kuchaytirishni takazo etadi.
Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi uzoq oqilona ishlab 
chiqarish shakli bo‘lib, qaysikim u ixtisoslashgan korxonalar o‘rtasida o‘rnatiladi. 
Ular esa quyidagi hamkorlik sohalari bo‘yicha ajralib turadi: 

Ishlab chiqarishda texnologik hamkorlik qilish (litsenziya berish va mulkdan 
foydalanish 
huquqi, 
loyiha 
konstruktorlik 
hujjatlarni, 
texnologik 
jarayonlarni, mahsulot sifati, amaldagi korxonalarni modernizatsiya qilish 
kabilarni kelishib olish va ishlab chiqish, ishlab chiqarishni boshqarish, 
takomillashtirish, standartlash, sertifikatlash hamda ishlab chiqarish 
dasturlarini taqsimlash). 


15 

Kooperatsiyalashgan mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan savdo

iqtisodiy jarayonlari; 

Sotishdan keyin texnikaviy xizmat ko‘rsatish. 
BMT Yevropa kommisiyasi konsepsiyasiga muvofiq sanoat hamkorligi 
ichida quyidagi shakllar (usullar) ajratiladi: 

«Kompensatsiya bitimi»; 

Qo‘shma dasturlarni amalga oshirish (ketma-ket va qo‘shma ishlab 
chiqarish); 

Kelishilgan ixtisoslashuv; 

Qo‘shma korxona; 

Qo‘shma korxonalar shaklidagi kooperatsion hamkorlik; 

Korporativ tuzilmalarning transmilliy kooperatsiyasi ishlab chiqarishning 
xalqaro ixtisoslashuvida ishtirok etishi quyidagi natijalardan iborat bo‘ladi: 
 ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi chuqurlashadi, oqilona texnika va 
texnologiyalarni qo‘llash asosida ishlab chiqarish rentabelligi o‘sadi; 
 muhim ilmiy - texnik vazifalarini hal etish imkoniyati tug‘iladi; 
 bir necha mamlakatlardagi sheriklar bilan yangi murakkab turdagi 
buyuumlar yaratish muddatlari qisqaradi; 
 marketing faoliyati yengillashadi; 
 eksport yo‘llaridagi savdo to‘siqlari aylanib o‘tiladi yoki tuzatiladi; 
 firmen rejalashtirish imkoniyati kengayadi. 
Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi davr bosqichlari axborot 
texnologiyasiga ega bo‘lgan holda, ishlab chiqarishni yangi texnik baza iqtisodiy 
tizimiga o‘tkazish bilan harakterlanadi. 
Jahon iqtisodiyoti aloqalarining yetuklik darajasi tovar aynlanmasi 
(tovarooborot) va moddiy ishlab chiqarish sur’atlari o‘sishiga nisbatan belgilanadi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga tovar 
aylanmasi tarkibi, oldi –sotdi bitimlari salmog‘i haqida ma’lumotlar dalil bo‘ladi. 
Bular mehnat va kapital bozorida, jahon narx dinamikasi, tovarlar xizmatlari, 
mablag‘lar harakatiga yo‘naltirilgan ishlarda namoyon bo‘ladi. 
Mamlakatlarning jahon xo‘jalik aloqalariga jalb etilishi darajasi xalqaro 
mehnat taqsimotida eksport kvotasi va aholi jon boshiga eksport hajmi 
ko‘rsatkichlarini hisoblash asosida baholanishi mumkin. 
Eksport kvotasi – jahon bozorining alohida mamlakatlarda yalpi ichki 
mahsulot hajmiga nisbatan barcha eksportlar hajmi nisbatidir. 
Eksport kvotalarining ahamiyati quyidagicha: 
 milliy iqtisodiy ishlab chiqarishning boshqa mamlakatlar bozorida o‘z 
tovarlarini sotishga bog‘liq darajasini ko‘rsatadi; 
 mazkur mamlakatning jahon bozorida sotish uchun ma’lum mahsulotlar 
ishlab chiqarish imkoniyatini aniqlaydi. 
Agar eksport kvotasi 10% dan kam bo‘lmasa, «ochiqlik» darajasi ma’qul 
hisoblanadi. 
Import kvotasi iqtisodiy ko‘rsatkichi bo‘lib, u mamlakat iqtisodiyoti uchun 
import ahamiyatini harakterlaydi. Import kvotasi – mazkur mamlakatning yalpi 


16 
ichki mahsuloti importiga nisbatan YAIM da qancha qismi importni tashkil 
qilishini ko‘rsatadi. 
Tashqi savdo kvotasi mamlakat tashqi savdo oborotining uni YAIM hajmiga 
nisbatan kattaligi nisbatidir. Tashqi savdo kvotasi mazkur mamlakat tashqi 
iqtisodiy aloqalari uning umumiy iqtisodiy o‘sishini nechog‘liq rag‘batlanishini 
ko‘rsatadi. 
Tashqi 
iqtisodiy 
kvota 
27% 
ga 
yetganda 
milliy 
iqtisodiyotga 
rag‘batlantiruvchi ta’sir o‘tkaza boshlaydi, deb hisoblanadi. 
Xalqaro mehnat taqsimoti mazkur mamlakat korxonalari kuchi nafaqat o‘z 
iste’molchilari ehtiyojini qondirish uchun ma’lum mahsulotlar ishlab chiqarish, 
balki o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga almashtirish uchun ham mahsulot 
ishlab chiqarishga qaratilishi kerak deb taxmin qiladi. 
Xalqaro almashinish jarayonlarida xalqaro mehnat taqsimotini amalga 
oshirish qulay shartlarda har qanday mamlakatga afzallik beradi: 
 eksport qilinayotgan tovarlar va xizmatlarning xalqaro va ichki narxi 
o‘rtasidagi farqni olish; 
 nisbatan arzon importdan foydalanishda milliy ishlab chiqarishdan voz 
kechib, ichki harajatlarni tejash. 
Xalqaro mehnat taqsimoti uch asosiy tiplar bo‘yicha amalga oshirilishi 
mumkin va bular ishlab chiqarish kuchlari tegishli rivojlanish bosqichlarini aks 
ettiradi: umumiy, xususiy va yakka tartibda. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin