О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim



Yüklə 93,99 Kb.
tarix10.11.2022
ölçüsü93,99 Kb.
#68296
FALSAFA namuna





О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
1-KURS 040.22 -GURUH TALABASI
Arslonbekov Muhammadbek Arslonbek o'g'lining ``Falsafa ``fanidan tayyorlagan

MUSTAQIL ISHI


Mavzu:Ilmiy va ijtimoiy bashoratning o‘zaro aloqadorligi.
I.Kirish


Falsafa haqida umumiy ma`lumot


II.Asosiy qism


Reja:


2.1. Bashorat tushunchasi. Bashorat va hozirgi zamon qtisodiyoti


2.2. Bashoratning turlari.


2.3. Ilmiy bashorat ijod shakli sifatida


2.4. Ijtimoiy bashorat: turlari, tiplari, metodlari.




III Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
;

FALSAFA, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Mil. 2—3-a. larda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini «filosof» deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa «filosof» deb atalgan. Keyinchalik «filosof» soʻzi har taraflama, keng, tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha philosophia soʻzi arabchaga «falsafa» boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni «hikma» deb atashi, ruschaga «filosofiya» tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.


Falsafaga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtayi nazaridan karasak, «haqiqatga muhabbat», «haqiqatni sevish» degan maʼno kelib chiqadi. Falsafa haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. Falsafaga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar Falsafadan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. Falsafani fan darajasiga olib chiqqan Platon uni «mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish», Aristotel «narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan» deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga «aql vositasida baxtga erishish yoʻli» deb qaragan. Forobiy F. ni «hikmatni qadrlash» yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian Falsafasida u «tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik» (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.


Falsafa Bekon va R. Dekart F. ni «tushunchalar shakliga burkangan yaxlit, yagona fan» deb hisoblashgan. X. Volf F. ni «barcha mumkin narsalar va ularning qay maʼnoda va nega mumkinligi haqidagi fan» desa, Kant F. ga «dunyoni qanday tushunish haqidagi, butun bilishning inson aqlining tub maqsadlariga munosabati haqidagi fan» sifatida yondashishni taklif etadi. Fixte F. ga «qalb maʼrifati, maʼnaviy maʼrifat» deb baho bergan boʻlsa, Shelling voqelikning butun kulami va teranligini oʻz tajribasiga kura bilib olishni Falsafa deb hisoblangan. Gegel predmetlarni fikran qarab chiqishni Falsafa deb atab, unga «oʻzoʻziga ergashuvchi aql xaqidagi fan» sifatida taʼrif bergan. Shopengauer dunyoning butun mohiyatini abstrakt, yalpi umumiy va ravon shakldagi tushunchalarda ifodalash Falsafaning asosiy vazifasi deb bildi.Falsafaning tarkibiy qismlariga bilish nazariyasi (gnoseologiya), metafizika (ontologiya, kosmologiya, falsafiy antropologiya, mavjudlik Falsafasi, teologiya), mantik, etika, estetika, huquq F. si, naturfalsafa, fan Falsafasi, tarix va madaniyat F. si, siyosat F. si, din F. si, psixologiya va b. kiradi. Bulardan tashqari, hoz. zamon F. sida tibbiyot, tilshunoslik, musika, kibernetika va b. anik, fanlarning umummetodologik jihatlarini oʻrganuvchi Falsafa yoʻnalishlari vujudga kelmokda. Falsafaning dunyoqarashlik, gnoseologik, metodologik, sotsiologik, aksiologik, antropologik, mantiqiy, psixologik va mafkuraviy funksiyasi bor.


Falsafa tarixi — inson tafakkuri tarakqiyoti tarixidir. Falsafa tarixiga oid adabiyotlarda insoniyat tarixida xitoy F. si, hind F. si, Yevropa F. si ajratib koʻrsatiladi. Yirik diniy taʼlimotlar sifatida hinduiylik F. si, xristianlik F. si, buddaviylik Falsafasi, islom F. sini koʻrsatish mumkin.
Ilk falsafiy taʼlimotlar qad. Hindiston, Xitoy, Markaziy Osiyo va Yunonistonda paydo boʻlgan, keyin Gʻarb mamlakatlariga yoyilgan. Qad. Hindistondagi falsafiy maktablar 2 turga bulinib, biri vedalaraxm kelib chiqqan va ularga suyanuvchi maktablar (vedanta, yoga, vaysheshika, nyaya, sankxya), ikkinchisi vedalarni rad etuvchi maktablar (jaynizm, buddizm, lokoyata) x,isoblanadi. Qad. Xitoydagi dastlabki falsafiy taʼlimotlar mil. av. 7-a. da vujudga kelgan. U Qad. Xitoy yozma manbalarida uchrab, bu manbalarga «Qoʻshiqlar kitobi», «Bahor va kuz» kabi qad. yodgorliklar va Konfutsiynnng «Aforizm»larini, daosizmni kiritish mumkin.
Markaziy Osiyodagi falsafiy qarashlar qad. turkiy yozuvlar, tangriga eʼtiqod qilish tamoyillarida va zardushtiylikning muqaddas kitobi Avestodya oʻz ifodasini topgan. Bundan tashqari, Sharq xalklarining tabiatning asosiy unsurlari yer, suv, havo va olovni eʼzozlash haqidagi naturfalsafiy qarashlari va gʻoyalari Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlariga keng yoyilib Qad. Misr, Bobil, Lidiya mamlakatlari xalklarining tafakkur tarziga singib ketgan. Yunonistonning ilk falsafiy maktabi — Milet maktabi ham oʻz gʻoyalarini Sharkdan olganligi tadqiqotchilarga maʼlum. Mil. av. 2—1-a. larda Marv, Balx, Termiz, Sigʻnoq, Samarkand, Buxoro zaminini oʻziga qamrab olgan hududda kushonlar saltanati qaror topib, unda budda dini xukm suradi, uning falsafasi bu joyda yashovchi xalqning tafakkur tarziga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Ammo Avesto gʻoyalari xalq ongidan butunlay chiqib ketmaydi. Mil. 3-a. ga kelib tenglik gʻoyalarini ilgari suruvchi moniylik taʼlimoti paydo boʻldi. Bu taʼlimot mazdakiylar harakatinnnt maʼnaviy tayanchi boʻlgan.

Bashorat (arab. — xushxabar, suyunchi xabar) — ilmiy bilishning bir shakli, hali fanga toʻla maʼlum boʻlmagan, imkoniyat tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar toʻgʻrisida oldindan fikr aytish. B. ijodiy jarayon boʻlib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti obʼyektiv qonunlarining fanda oʻrganilgan asoslariga suyanadi, shundan kelib chiqadi. Har bir fan B. uchun boy material beradi. Mas, astronomiyadagi bili ml ar Oy va Quyosh tutilishi muddatini bir necha yil oldin aiiq qilib belgilash imkonini berdi; kimedagi bilimlar asosida hali topilmagan elementlar oldindan aytildi va h. k. Nazariy va tajriba maʼlumotlarini umumlashtirish, hodisalar qonuniyatlari va aloqasini hisobga olish asosida oldindan aytish ijtimoiy hayotda, fan rivojida muhim ahamiyatga ega.Bashorat – kelajak haqidagi, ya’ni hali amalda mavjud bo‘lmagan, lekin rivojlanishning kutilayotgan rivojini belgilovchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar ko‘rinishida hozirgi zamonda potensial mavjud bo‘lgan hodisalar va jarayonlar haqidagi bilim. Bashorat o‘z gnoseologik tabiatiga ko‘ra gipotezani ilgari surishga yaqin turadi. Ammo gipoteza – o‘tmishni ham, hozirgi zamonni ham, kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa kelajakka yoki hali ma’lum bo‘lmagan hozirgi davrga qarab mo‘ljal oladi.


Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin:
Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin:
mifologik bashorat,
kundalik bashorat;
intuitiv bashorat;
ilmiy bashorat,
ijtimoiy bashorat.

Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin:


Kelajakni oldindan aytish usuli, teranlik va aniqlik darajasiga ko‘ra bashoratning qo‘yidagi turlarini farqlash mumkin:
mifologik bashorat,
kundalik bashorat;
intuitiv bashorat;
ilmiy bashorat,
ijtimoiy bashorat.

• Mifologik bashorat arxaik ongda shakllangan obrazlar harakatida kelajakni bashorat qilishdi.


• Kundalik bashorat insonning kundalik hayot tajribasiga, tabiat va jamiyatda u yoki bu voqealarning tez-tez takrorlanishini bevosita kuzatishga asoslanadi.

• Astrologik bashorat osmon jismlari harakati, Oy va Quyosh tutilishini kuzatishlarga asoslanadi.


Intuitiv bashorat ilmiy dalilarsiz va mantiqiy mushohadasiz haqiqatning tagiga bilvosita etishdir.


Ijtimoiy prognoz qilish ilmiy bashoratning turi sifatida «futurologiya» (lot. «futurum» – «kelajak» va yunoncha «logos» – «ta’limot») degan nom bilan vujudga kelgan.


ijtimoiy bashorat bilan bog‘liq tadqiqotlar «prognostika» degan nom olga


Prognozlashtirishning metodlari:
1. Ekstrapolyasiya metodlari.
2. Tarixiy analogiya.
3. Modellashtirish.
4. Ekspertiza usulida baholash.
5. Kelajak ssenariylari.
Futurologiya: tarix, bugun va kelajak
— Kelajakni oldindan bilib bo'ladimi? Men bunga shub¬ha qilaman.
Shunda ustoz javob beribdi:
— Tasavvur qil, sening uzoqdagi bir do'sting kasal. Ikkita ot turibdi. Biri ozg'in, uzoq
yo'lga chidamaydi. Ikkinchisi baquvvat, yaxshi yem yegan, uzoq yo'lga yaroqli. Qay birini minasan?
— Albatta, ikkinchisini.
— Unda nega kelajakni oldindan bilib bo'lmaydi deyapsan?!
Bashoratning turlari:
Oddiy
Induktiv
Diniy
Ilmiy
Illmiy bashorat — tabiat va jamiyatning ayni paytda nomaʼlum, lekin kelajakda yuzaga kelishi yoki oʻrganilishi mumkin boʻlgan voqea va hodi-salarini, jarayonlarni ilmiy qonu-niyatlar asosida oldindan aytib berish, koʻra olish. Ilmiy bashorat ijodiy jarayon boʻlib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti obyektiv qonunlarining fanda oʻrganilgan asoslariga suyanadi. Ilmiy bashorat voqelik haqida toʻplangan bilim va tajri-balarga, voqelikning oʻzgarishi va rivojlanishi qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalardir. Bunda voqelikdagi zaruriy aloqadorlik, davriy oʻzgarishlar hamda tasodifiy ehtimolliklar hisobga olinadi. Olimlar osmon yoritqichlarining davriy harakatlarini oʻlchash natijasida Quyosh va Oyning tutilish vaqtlarini oldindan aytishgan, sayyoralarning harakatlanish jadvallarini tuzishgan (mil. av. 585-y. yunon olimi Fales Quyosh tutilishini bashorat qilgan. Ulugʻbek tuzgan yulduzlar jadvali esa osmon yoritqichlarining davriy harakatini aniq aks ettirgan). Tabiatdagi davriy oʻzgarishlarni kuzatish natijasida yil fasllarining almashinishi, shamolning yoʻnalishi va bulutlarning hola-tiga qarab obhavoning oʻzgarishini oldindan ayta olishgan, bunday bilimlar dehqonchilik va chorvachilikda muhim ahamiyat kasb etgan. Bashorat qilishning ayrim elementlari joni-vorlarda ham uchraydi. Qushlar, baʼzi hasharotlar obhavoning oʻzgarishini oldindan payqar ekan.
Ilmiy bashorat oʻz mohiyatiga koʻra, bir qancha turlarga boʻlinadi. Bularga dinamik va statistik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan Ilmiy bashoratlarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Quyosh va Oy tutilishlarini oldindan aytib berish dinamik qonuniyatlarga tayanib aytiladigan Ilmiy bashorat boʻlsa, meteorologik hodisalarni yoki demografik jarayonlarni prognozlash Ilmiy bashorat qilishning 2turiga kiradi. Ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraqqiyotining kelajagini bashorat qilish Ilmiy bashoratning 3turidir. Ijtimoiy Ilmiy bashoratni, oʻz navbatida, iqtisodiy, demografik, siyosiy va b. turlarga ajratish mumkin. Ilmiy bashorat voqelikni, uning kelajagini oldindan bilib olishga imkon beradigan murakkab ilmiy bilish shakli hisoblanadi. Ilmiy bashoratning toʻgʻriligi uni ilgari surishda tayaniladigan bilimlarning puxtaligiga, koʻlamiga, aniqligiga, haqqoniyligiga bogʻliqdir.Ilmiy bashorat paygʻambarlar va avliyolarning karomatlari, folbinlik yoki astrologik usulda kelajakni bashorat qilishlardan farqlanadi.
I.V. Bestuzheva-Lada, Prognoz kelajak muammolariga yechim taklif etmaydi. Uning vazifasi rivojlanish rejalari va dasturlarini ilmiy asoslashga hissa qo'shishdir. Prognozlash xarakterlaydi mumkin bo'lgan to'plam rejalashtirilgan harakat dasturini amalga oshirishning zarur usullari va vositalari.

K. Shuster, Prognoz o'ziga xos xususiyatga ega va majburiy ravishda "taqvim" bilan bog'liq, ya'ni. ma'lum miqdorlar. Shunga ko'ra, u kelgusi kalendar yilida sodir bo'lishi kutilayotgan jinoyatlar sonini prognoz sifatida, mahkumning ma'lum sharoitlarda muddatidan oldin ozod qilinishini esa bashorat sifatida tasniflaydi.


A. Shmidt va D. Smit ostida Pfalokat miqdoriy bashoratni tushunish. Shunday qilib, kelajakni sifat (bashorat) va miqdoriy (prognoz) baholashlar o‘rtasida “chegara chizig‘i” chiziladi.


V.E. Boykov ostida ijtimoiy prognozlash ijtimoiy bashoratning mantiqiy konkretlashuvini tushunadi. Eng umumiy shaklda, bu ham kelajak, lekin allaqachon variantlarda. Agar bashorat qandaydir umumiy maqsadga erishishni o'z ichiga olsa (ya'ni, bu sodir bo'lishi kerak degan fikr bilan bog'liq bo'lsa), bashorat maqsadga erishish bir necha mumkin bo'lgan usullar bilan amalga oshirilishi mumkinligini taxmin qiladi, ularning amalga oshirilishi ma'lum shartlar va omillarga bog'liq.


Shunday qilib, ijtimoiy prognozlash - rivojlanish variantlarini aniqlash va ularni amalga oshirishni ta'minlashga qodir bo'lgan resurslar, vaqt va ijtimoiy kuchlarga asoslangan eng maqbul, maqbulini tanlash. Ijtimoiy prognozlash - bu muqobil variantlar bilan ishlash, ehtimollik darajasini va mumkin bo'lgan echimlarning ko'p o'zgaruvchanligini chuqur tahlil qilish.


Ijtimoiy prognozlashning xususiyatlari.


1. Maqsadning shakllantirilishi nisbatan umumiy va mavhumdir: u yuqori ehtimollik darajasiga imkon beradi. Prognozlashning maqsadi tizimning o'tmishdagi holati va xatti-harakatlarini tahlil qilish va ko'rib chiqilayotgan tizimga ta'sir qiluvchi omillarning o'zgarishining mumkin bo'lgan tendentsiyalarini o'rganish, uning rivojlanishining ehtimollik miqdoriy va sifat parametrlarini to'g'ri aniqlashga asoslangan. kelajak, tizim o'zini topadigan vaziyatning variantlarini ochib berish.


2. Ijtimoiy prognozlash direktiv xususiyatga ega emas. Boshqacha qilib aytganda, prognoz varianti va aniq reja o'rtasidagi sifat jihatidan farq shundaki, prognoz qarorni asoslash va rejalashtirish usullarini tanlash uchun ma'lumot beradi. Bu kelajakda u yoki bu rivojlanish yo'lining imkoniyatini ko'rsatadi va reja jamiyatning qaysi imkoniyatlarni amalga oshirishi haqidagi qarorni ifodalaydi.


3. Ijtimoiy prognozlashning o'ziga xos usullari mavjud: murakkab ekstrapolyatsiya, modellashtirish, eksperiment o'tkazish imkoniyati.

Xulosa
Kelajakni bashorat qilgan jadid


O‘tgan yili tavalludining 145 yilligi keng nishonlangan adib, publitsist, pedagog, olim, din va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan va yetakchilaridan biri edi.

Jadid adibi, o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy kishilarni o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealar haqida chuqur fikr-mulohaza yuritishga, ulardan saboq chiqarishga, ro‘y bergan xato-kamchiliklarni takrorlamaslikka chorlab, “Moziyg‘a qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar”, deb yozgan edi.


Jadidchilikning g‘oyaviy otasi sanalmish Ismoilbek Gasprinskiy tarixdan so‘zlash kelajakni bilishni anglatishini uqtirgandi. Ya’ni insonlar o‘z kechmishlari va ko‘rgan-bilganlarini tahlil etish asnosi kelgusida yana nimalarni boshidan o‘tkazishi mumkinligini taxmin qilishi, shunga qarab ish tutishi lozimligini eslatgandi.


So‘nggi yillarda bot-bot tilga olinayotgan “Yangi O‘zbekiston”, “Uchinchi Renessans” kabi iboralar bugun mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilayotganidan dalolat bermoqda. Bundan 120-130 yilcha muqaddam yurtimiz hayotida sodir bo‘lgan murakkab, shu bilan birga, o‘ta shiddatli va ziddiyatli voqealarga boy kechgan davrni yodga solmoqda.


Darvoqe, XIX asr oxiri va XX asr boshida Sharq mamlakatlari bo‘ylab yoyilgan islohotchilik harakati chor Rossiyasi tobeligidagi Turkiston o‘lkasiga ham kirib keldi. U tarix sahifalariga “jadidchilik”, vakillari esa “jadidlar” nomi bilan muhrlandi. O‘zbekiston Istiqlolga erishgan 1991-yildan hozirga qadar olib borilgan ilmiy tadqiqotlar-u yozilgan talay maqolalarda jadidchilikning tub mohiyati turlicha tadqiq va tahlil qilindi, ko‘lami va jamiyatga ta’siri hamda uni rivojlantirgan shaxslarning hayoti va ijodi baholi qudrat yoritildi. Ammo bu masalalar hanuz to‘la-to‘kis ochib berilmadi.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 30-sentabr kuni O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida jadidchilik harakati to‘g‘risida alohida to‘xtalib, jumladan shunday dedi:


“Ko‘pchilik ziyolilar qatorida men ham bir fikrni hamisha katta armon bilan o‘ylayman: mamlakatimizda Uchinchi Renessansni yigirmanchi asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar. Shu yo‘lda ular o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar”.


Davlatimiz rahbari xuddi o‘sha kuni imzolagan farmonga muvofiq, Vatanimiz tarixining g‘oyat murakkab davrida – XX asr boshlarida o‘zining ma’rifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy ta’lim-tarbiya tizimini yaratishga hamda yurtimiz istiqloli, xalqimiz ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta’minlashga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. Ularga hukumat tomonidan ko‘rsatilgan bunday yuksak e’tiborni kelgusida jadidlarning millat kelajagi va mamlakat taraqqiyoti, uning mustaqilligi va erki yo‘lida qilgan xizmatlarini keng jamoatchilikka, xususan, navqiron yosh avlodga asl holicha yetkazish borasida amalga oshirilajak ishlarning debochasi deyish mumkin.



Foydalanilgan adabiyotlar
Www.iiau.uz
Www.tfi.uz
Www.azkurs.org
Www.genderi.org
Yüklə 93,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin