O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vaziriligi r. X. Alimov, A. A. Sobirov, S. A. Saydullayeva


 Web-dizaynning asosiy xususiyatlari



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/46
tarix24.12.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#191684
növüУчебное пособие
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Web dasturlash

 
1.4. Web-dizaynning asosiy xususiyatlari 
Web-dizayn – bu web – sahifa tuzish jarayonidir. Web – sahifani jihozlash 
uchun zarur matnlar va grafik fayllarni tayyorlab olish kerak. Bundan tashqari oddiy
matnlarni HTML (Hyper Text Markup Language) tiliga tarjima qilish uchun dasturiy 
vositaga ega bo‗lish kerak. Web – sahifa muharriri dasturiy vositasi sahifani 
tuzishdan tashqari uni internetda ko‗rinishini ham aks ettirishi kerak. Web – 
sahifalarni tayyorlash va ularni internetda aks ettirishdan maqsad turlicha bo‗lishi 
mumkin. Masalan, turli axborotlarni ma‘lumotnoma sifatida berish, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarni reklama qilish, adabiy asarlar, musiqa va rasmlarni 
keng omma uchun tarqatish hamda shu kabi maqsadlarda web – sahifalar tuziladi va 
internetda joylashtiriladi. Foydalanuvchilarga biror mavzudagi axborotni taqdim 
etuvchi sayt puxta o‗ylangan, mukammal ishlangan va doimo yangilanib turuvchi 
axborotlarga ega bo‗lgan uy sahifasidan tashkil topadi[15]. 
Web-dizayn – bu Internet - texnologiyalarining yangi va tez rivojlanayotgan 
sohasidir. Kichik va o‗rta biznesning internetdan foydalanish darajasi o‗sib borishi 
natijasida web-dizayn sohasi perspektiv sohaga aylanib bormoqda. Bu esa o‗z 
navbatida web-dizaynerlarga va web-dasturlovchilarga bo‗lgan ehtiyojning o‗sib 
borishini ko‗rsatmoqda. Tijorat maqsadidagi internet loyihalar moliyaviy foyda olish 
uchun ishlab chiqiladi. Bu foyda ikki xil ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Birinchisi 
mukammal tayyorlangan web – sayt muallifiga foyda keltiradi. Bunda uning sahifani 
mukammal tayyorlash qobiliyati namoyon bo‗ladi va uning moxirligini reklama 


33 
qiladi. Ikkinchi turdagi foyda internet orqali sotilgan mahsulotlardan , axborot qidiruv 
tizimlaridan, saytlarga reklama joylashtirishdan olindi. Tijorat maqsadidagi internet 
loyihalar tayyorlash uchun ko‗p vaqt va mehnat ajratish zarur bo‗ladi. Web 
dasturlovchiga yangi loyiha tuzishi uchun kompyuter va boshqa texnik vositalardan 
tashqari ma‘lum bir dasturiy vositalar ham zarur bo‗ladi. Quyidagi ro‗yxatda web 
loyiha tuzish uchun zarur dasturiy ilovalar keltirilgan: HTML hujjat yozish uchun 
muharrir; vektor grafikasi muharriri; grafik redaktori; brouzer; HTML optimizatori;
tasvirlar optimizatori; tasvirlar muharriri.
Har qanday texnologiya, har qanday ijodiy jarayon ma‘lum bir qonun va 
qoidalarga bo‗ysunadi. Web - sayt injenerlik ijodining mahsuli sifatida bir qancha 
qoidalar to‗plamiga egadir. Bu qoidalar[14,16]:
1.
Har qanday web sahifani loyihalashtirilayotganda va ishlab chiqilayotganda 
asosiy kriteriy foydalanuvchi uchun hosil qilingan qulaylikdir. 
2.
Zamonaviy internetda qabul qilingan kelishuvga asosan mahorat bilan 
ishlangan sayt 256 xil rangli palitrada ekranning 640X480 nuqtali imkoniyatida aniq 
ko‗rinishda namoyon bo‗lishi kerak. 
3.
800x600 nuqtali imkoniyatga ega bo‗lgan ekranga mo‗ljallangan html-hujjat 
640x480 nuqtali imkoniyatga ega bo‗lgan ekranda namoyon bo‗lganda tasvir to‗liq 
ko‗rinmaydi. SHuning uchun brouzerning bosh oynasining pastki qismida ekranning 
qolgan qismini ko‗rish uchun mo‗ljallangan uzunchoq tugma namoyon bo‗ladi. Bu 
esa foyjalanuvchiga noqulaylik hosil qiladi. 
4.
Web sahifaning 256 xil rangli palitraga ega bo‗lgan ekranda to‗g‗ri namoyish 
etilishi uchun grafik elementlarini iloji boricha GIF formatida, juda zarur bo‗lgan 
holatda JPEG formatida aks ettirish kerak. 
5.
Ishlab chiqilayotgan html – hujjatlarning turli brouzerlarda ekranning 
ko‗rsatkichlari o‗zgargandagi xolatini tekshirib ko‗rish kerak. 
6.
Web-sahifaning grafik va interaktiv elementlari imkoniyat boricha kichik 
xajmga ega bo‗lishi kerak. 
7.
Ishlab chiqilayotgan web – sahifada navigatsion elementlar (oldingi, keyingi 
sahifalarga o‗tish belgisi) bo‗lishi zarur. Bu elementlar foydalanuvchiga qulay qilib 


34 
joylashtirish zarur. Agar ular sahifaning yuqori qismida joylashgan bo‗lsa, hamda
sahifaning pastki qismi ekranda aks etganda bu elementlar ko‗rinmay qolsa, u holda 
navigatsion elementlarni ekranning pastki qismiga ham joylashtirish zarur. 
8.
Butun loyihani yagona dizaynerlik stilida namoyon qilish kerak. 
9.
Bir web – sahifada uch xildan ortiq shriftdan foydalanmaslikka harakat qilish 
kerak. 
10.
Bir web – sahifada uch xildan ortiq rangdan foydalanmaslikka harakat qilish 
kerak va bir – biriga mos tushuvchi ranglarni ishlatish zarur. 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin