78
va chiqindilari hosil bo‗lishi hamda ulardan foydalanish to‗liq hisobga olinishini
ta‘minlash, ularni kompleks qayta ishlash korxonalarini rivojlantirish maqsadida
«Rangli metall parchalari, chiqindilarini yig‗ish, tayyorlash va qayta ishlash
tizimini takomillashtirish to‗g‗risidagi qarorida "O‗zikkilamchiranglimetall" OAJ
va uning quyidagi hududiy bo‗linmalarini qayta tashkil etish va ularning negizida
"Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi" ochiq
hissadorlik jamiyatini tashkil qilindi:
"Toshkent rangli metall parchalari va chiqindilarini qayta ishlash zavodi"
OAJ Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi hamda "O‗zikkilamchiranglimetall"
OAJ va uning hududiy bo‗linmalarining huquq va majburiyatlari bo‗yicha, shu
jumladan jalb etilgan kreditlar bo‗yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Metall temir-tersak va ularni chiqindilarini effektiv foydalanish uchun ularni
yig‗ishni tashkil qilish kerak. Har qaysi korxona o‗zida mavjud bo‗lgan temir-
tersaklarni emirilmasdan, ya‘ni ishlab chiqarishga yaroqsiz holga kelmasdan oldin,
turli xil chiqindilardan tozalangan holda ikkilamchi metallurgiya korxonalariga
topshirish kerak. Hozirgi kunda ikkilamchi metallurgik korxonalari tashkilotlar,
tumanlar bilan shartnoma tuzilgan holda temir-tersak va ularni chiqindilarini qabul
qilib olayapti. Bu shartnomaga ko‗ra ikkilamchi metallurgiya korxonalari, temir-
tersak va ularni chiqindilarini etkazib bergan tashkilotga o‗zi ishlab chiqargan
mahsulotlardan berishi kerak. Temir-tersak va ularni chiqindilarini yig‗ganda turli
xil metall va qotishmalarni aralashib ketishini oldini olish kerak. Aralashgan
chiqindilarni qayta ishlash turli xil qiyinchiliklar tug‗diradi. Bularni alohida
navlarga, markalarga ajratish ko‗pincha qo‗shimcha mehnat va sarf xarajat talab
qiladi. Buning uchun temir-tersak va chiqindilarni yig‗gan joyni o‗zida mutaxassis
ishtirokida uni navlarga, sinflarga ajratish kerak. Har bir korxonada temir-tersak va
chiqindilarni yig‗adigan maxsus usti yopiq maydonchalar tashkil qilishi kerak. Bu
maydonchalarda maxsus yashiklarga temir-tersak va chiqindilar navlariga va
turilarga qarab joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: