Fanning mazmuni – O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan dastlabki kunlardanoq tabiatni muhofaza qilishga oid qonun va qarorlar qabul qilindi. Inson tabiatning ajralmas qismi Tabiat insonning hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha narsani taqdim etadi. Ayni paytda tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabat talab qilinadi. Aks holda insoniyat mudhish talofatlar ko‘rishi mumkin.Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi yosh avlodni tabiatni asra b-avaylashga,ona tabiatga muhabbatni shakllantirishda sog‘lom, aqlan yetuk, ma’nan boy,har tomonlama barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va maktab ta’limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat haqidagi bilimlarini shakllantirishda nazariy va metodik bilimlarni egallashi g‘oyat muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish tizimini – kun tartibi, tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari, tashkil etadi. Bu ish shakllarini to‘g‘ri tashkil etish va o‘tkazish metodikasi bilan bo‘lajak tarbiyachilar “Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyalari” fanini o‘rganish orqali egallab boradilar.
Dasturda maktabgacha ta’limda tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi fanining nazariy jixatlari asoslab berilgan. Maktabgacha ta’limda tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va texnologiyasi o’quv fanini o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan birlamchi ma’lumotlar yoritilgan.