Tarixan oila va nikoh masalalarining qanday bo’lganligi, ushbu qadriyatlarga olimlar va allomalarning munosabatlari qanday bo’lganligi o’ta muhim va amaliy ahamiyatli hisoblangan.
uchun sherik tanlash tartiblarining qat’iy belgilanishi yo’nalishida ro’y bergan. Insoniyat ijtimoiy tashkil topishining eng qadimiy shakli bu urug’-qabila bo’lib, u bir ayol urug’idan tarqagan, matriarxat zotidan kelib chiqadigan (uning qizlari, qizlarning farzandlari va ularning avlodlari) barcha odamlarni o’zida birlashtirgan. SHu tariqa urug’ – mohiyatan matriarxal oila bo’lib, onaning zotidan tarqalgan barcha avlodni bir-biriga chatishtirib boravergan. Bunday urug’ shaklining saqlanib qolgan andozalaridan biri ruslardagi “matreshka” o’yinchog’i bo’lib, u bizga ona avlodlarining o’zaro bir-birlaridan kelib chiqishini ifodalaydi.
Gruppaviy yoki guruhiy oila– bir necha opa-singillarning boshqa bir toifa erkaklar guruhi bilan nikohga kirishini taqozo etgan. Bunday ayollar yo o’z qavmidan bo’lgan erkakka yoki tamoman boshqa – begona urug’ning vakili bo’lmish erkakka turmushga chiqishi mumkin bo’lgan. Lekin avlodning kelib chiqishi onalik urug’iga bog’langan, otalikni belgilash holatlari inobatga olinmagan.
S. Golodning yozishicha (1998 y.), onadan tarqagan avlodlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ham ko’pgina xalqlarda saqlanib kelgan.
Juftlikoila– alohida, bir-biriga unchalik yaqin bo’lmagan yoki mutloq begona ikki kishi o’rtasidagi nikohni nazarda tutgan bo’lib, ular o’rtasidagi munosabatlar har doim ham mustahkam bo’lmagan va tomonlarning xohish- irodasiga ko’ra u istalgan vaqtda barbod bo’lishi ham mumkin edi. Hozirda mavjud bo’lgan oilalarda shaklan shu model saqlab qolingan.