O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti


O’qituvchining o’rni va unga qo’yiladigan talablar



Yüklə 492,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix17.09.2023
ölçüsü492,24 Kb.
#144733
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
yan amos komenskiyning pedagogik tizimi (1)

O’qituvchining o’rni va unga qo’yiladigan talablar.
Komenskiy o’z 
davrida iste’dodsiz, ma’lumotsiz o’qituvchilarni qattiq tanqid etdi. O’qituvchilikni 
«yer yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli 
kasb»
deb hisobladi. Bu o’qituvchiga nisbatan yangi ilg’or qarash edi, chunki 
o’sha davrda o’qituvchilik kasbiga hurmat bilan qaralmas edi. Komenskiy 
aholining o’qituvchiga hurmat bilan qarashini talab etishi bilan o’qituvchining o’zi 


jamiyatda muhim vazifani bajarayotganini tushunib olishi va o’z qadr-qimmatini 
yaxshi bilib olishi lozimligini uqtiradi. O’qituvchi sof vijdonli, ishchan, sabotli, 
axloqli bo’lishi, o’z ishini sevishi, o’quvchilarga otalardek muomala qilishi, ularda 
bilimga havas tug’dirishi lozim. «O’zi» namuna ko’rsatib, o’quvchilarni o’ziga 
ergashtirishi o’qituvchining birinchi vazifasidir, degan edi.
Shunday qilib, taniqli slavyan pedagogi Yan Amos Komenskiy butun 
dunyoda pedagogika ilmiga asos solib, maktab taraqqiyotiga, pedagogik ilmiga 
katta ta’sir ko’rsatdi. Uni ko’p G’arbiy Yevropa mamlakatlari maktab ishini 
yaxshilash maqsadida taklif etdilar. Uning darsliklari ko’p tillarga, jumladan 
o’zbek tiliga ham tarjima etildi. 150 yildan ortiq vaqt davomida uning yozgan 
asarlari boshlang’ich ta’lim uchun darslik sifatida xizmat qildi. Mashhur nemis 
olimi Leybnis qayd qilib o’tganidek, falsafani taraqqiy ettirishda Kopernik qanday 
rol o’ynagan bo’lsa, pedagogikani taraqqiy ettirishda Komenskiy ham shunday rol 
o’ynadi. 
Komenskiyning pedagogikasi ilmiy pedagogik bo’lib, jahon madaniyatiga 
qo’shilgan katta hissadir. Uning qarashlari hozirgacha o’z ahamiyatini yo’qotgani 
yo’q. 


2. Yan Amos Komenskiy yashagan davr va uning ijtimoiy qarashlari. 
XV-XVII asrlarda xalq ommasining feodal dvoryanlarga hamda 
feodalizmning idealogiya sohasidagi tayanchi bo’lgan katolik cherkoviga qarshi 
kurashi keskinlashdi. Bu nurash diniy demokratik sektachilik harakati shaklida 
moydonga keldi. 
Chexiyadagi taboritlar harakati mana shunday demokratik sektachilik 
xarakatining mahsulotlaridan biri edi. Bu xarakat Tabor shahrida vujudga keldi va 
Taboritlar harakati deb ataldi. Ular shaxs mulkini inkor etib hamma narsa umumiy 
bo’lishi lozim degan g’oyani ilgari surdilar. 
XV asrning birinchi yarmida (1618-1648) ular chex krestontlari tomonidan 
qo’shni mamlakatlarga haydab yubordilar. Buyuk chex pedagogi Yan Amos 
Komenskiy 1592 yil ana shunday ijtimoiy sharoitda dunyoga keldi. U jamoa chex 
qardoshlari hisobidan o’rta va oliy ma’lumot oldi. 1611 yilda Yan Amos 
Komenskiy Germaniyaning Geborn universitetiga, keldi. Bu yerda zamonaviy 
ilg’or programmalarda taniqli professorlar dars berar edi. Dars jarayonida falsafa, 
tabiiy fanlar, anatomiya, astranomiya kabi fanlari o’rganildi. 
Universitetda yosh Yan Amos Komenskiyni yosh professor Iogann Gernix 
Alshed o’z bilimi bilan maftun etgan edi. Yanning nazarida Alsheddan doimo 
bilim bulog’i oqib turar edi. Bu yerda turli tabiiy fanlar to’g’risidagi kashfiyotlar 
haqida ma’lumot berar edi. Bu davrda ko’plab kashfiyotchilar unga zamondosh 
edi. 
Ular: Jordano Bruno, u diniy ta’limotga qarshi chiqdi, 1604 yilda G.Galiley 
erkin tushish qonuni, 1608 yilda Gollandiyada binokl ixtiro kilindi. So’ngra Kepler 
teleskopni ixtiro qildi, 1928 yilda shotlandiyalik Ulyam Garviy kichik va katta qon 
aylanish sistemasini isbotladi. 1635 yilda esa kardinal Rishel Fransiya 
akademiyasiga asos soldi. Frenses birinchi bo’lib Aristotelning sxolastik falsafasini 
inkor etdi. U diniy e’tiqod bilan fanning chegarasini ko’rsatib berdi. Benon fanda 
akl idrok, kuzatish his etish va amaliy tajribaga tayanadi. Bu davrda Tomaza 
Kompanella «Quyosh shahri» asari yozilgan edi. Ikki yildan keyin Yan Amos 


Komenskiy universitetni Yevropa bo’ylab sayoxat bilan tugatdi. O’z davridagi 
ijtimoiy siyosiy hayot, undagi nohaqliklar, agressiy bosqinchiliklar, oddiy xalqning 
ezilishi Yan Amos Komenskiyning dunyoqarashini shakllanishida muhim rol 
o’ynaydi. 
Uning dastlabki asari hisoblangan «Samoga xat»da dvoryanlar, arestokratlar 
tomonidan ezilgan oddiy xalkning arzini bayon etadi. Maxsus xat Iusus Xristosga 
yo’llangan bo’lib, insoniyatning feodal tuzumiga nisbatan arz dodi, bayon etiladi. 
U o’zining «Xat» nomli asarida ezilgan, xo’rlangan, qadri qiymati poymol 
etilgan xalqqa Xristos nomidan javob maktubini yozadi. 
Jamiyatdagi notekisliklarni, ijtimoiy noxakliklarni yashash darajasini 
o’zgartiruvchi kuchni Yan Amos Komenskiy bilim olishda deb biladi. 
Ongli mavjudot bo’lish demak tadqiqot etish, aniqlash, oldindan ko’ra bilish, 
ya’ni olamda mavjud bo’lgan narsalarni tushunishdir yana u «Olloh insonni bu 
dunyoda yaratar ekan, uning sirlari bilan tanishtirib o’tirmaydi. Chunki uning o’zi 
tanishib olishi uchun unga aql idrok berdi - deydi. U insoniyatga murojaat qiladi. 
O’zlaringizni bilimli qilish uchun kurashingiz! Axir nodonlikdan yana va yana 
yomonlik kelib chiqadi». 
Yan Amos Komenskiy inson eng mukammal, eng go’zal mavjudod «Ajoyib 
mikrokosmosdir» deb ta’lim berdi. 
Yan Amos Komenskiy maktabni insonparvarlik ustaxonasi deb ataladi. 

Yüklə 492,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin