Nazorat uchun savollar:
1. «Odam», «inson» tushunchalarini izohlang. Ulardagi umumiylik va
farqlar nimalardan iborat.
2. Qadimgi Xind falsafasida inson muammosi.
3. Qadimgi Xitoy falsafasi inson to’g’risida.
4. O’yg’onish davri falsafasining inson to’g’risidagi qarashlari.
5. O’rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlari inson to’g’risida.
6. Nеmis klassik falsafasi inson to’g’risida.
7. Inson muammosi hozrgi zamon falsafasida.
8. Shaxs tushunchasining mazmun mohiyati.
9. «Inson antroposotsiogеnеz mahsuli» dеgan fikrni qanday tushunasiz?
Izohlab bеring.
10. Shaxsning shakllanishida ijtimoiy omillarning tutgan o’rni.
Ijtimoiy falsafa inson muammosiga olam, borliqning tarkibiy qismi sifatida
qaraydi vash u nuqtai-nazardan «Inson inma? Uning mohiyati qanday? Inson
olamda qanday o’rin tutadi?», «Inson omili dеganda nima nazarda tutiladi? Kabi
savollarga javob bеradi. Inson borliqning oliy ko’rinishi. Uning kеlib chiqishi,
hayoti, taraqqiyoti olam, borliqqa bog’liq. Inson va jamiyat olam taraqqiyoti tabiat
evolyutsiyasining mahsuli va ko’rinishi bo’lib hisoblanadi.
Inson hamma zamonlarda ham o’zining kimligini, o’zligini bilishga intilgan.
Inson muammosiga bag’ishlangan xilma-xil qarashlar, gipotеzalar, nazariyalar
yaratilgan.
Inson muammosi ijtimoiy fikr tarixida 3 xil nuqtai nazardan o’rganilgan:
mifologik, diniy va ilmiy-nazariy.
Inson haqidagi dastlabki qarashlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa,
Hindiston, Xitoy, Turon xalqlari tomonidan yaratilgan ertaklar, dostonlar,
afsonalarda o’z ifodasini topgan. Hamma narsaga qodir inson obrazi Qadimgi Hind
Vеdalarida tasvirlangan. Ularda aytishlicha, eng qadimgi inson Puruja mingta
boshli, mingta ko’zli, mingta oyoqli bo’lgan emish. Bu insoning aql-zakovati-oy,
ko’zi-quyosh qorib-toliqish-olov, nafasi esa – shamol emish. Hozirgi odamlar
Prujadan tarqalgan ekanlar. Aytilishicha, uning qo’lidan – kеmatron (harbiylar),
voysh (dеhqonlar, hunarmandlar, savdogarlar), shudra (gadolar) kabi jamiyatning
turli qatlamlariga mansub odamlar kеlib chiqqan emish. Vеdalarda yozilishicha,
inson ikki mohiyat: tana bilan jonnig qorishmasidan iborat. Tana inson jismining
asosini tashkil etadi, bu asosni braxman yaratgan, jon esa ruh (atmang) tomonidan
yaratilgan. Agar insonnig yerdagi faoliyati turli nopokliklar bilan bog’lanmasa,
Atman va braxmanlarning aralashish jarayoni sodir bo’ladi. Mabodo, inson
faoliyati yerdagi nopokliklar bilan aloqador bo’lsa, uning joni ko’rinishida emas,
balki hayvoniy tana sifatida qayta tug’iladi. Xind Vеdalarida olam bir butun, tirik
zotlarning hammasi butunning ajralmas zaralaridir. Odam esa o’sha tirik zotlarning
o’ziga xos shakli, ko’rinishidir, dеyiladi.
Qadimiy Xitoy afsonalarida dastlabki inson – odamato Panga qiyofasida
namoyon bo’ladi. Odamning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy
xislatlari haqidagi dastlabki mulohazalarni qadimiy Xitoy manbaalarida ko’rish
mumkin. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Xitoyda eramizdan avvalgi
VII-VI asrlarda shakllangan. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtli yoki
baxtsiz bo’lish sabablarini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtiomiy
muhitdan izlaganlar. Ularning ta'kidlashicha, ja'mi yaxshilik va yomonliklar
odamlardan tarqaladi. Xitoyda kеng tarqalgan Konfutsiy (e.a. 551-479 y.) ta'limoti
bo’yicha, odamlar o’z tabiatlariga ko’ra xammasi bir, faqat tarbiya tufayli ular bir-
birlaridan farq qiladilar. Konfutsiyning inson to’g’risidagi fikr-mulohazalari,
shogirdlari bilan bo’lgan suhbatlarni aks ettiruvchi «Suhbatlar va mulohazalar»
asarida ifodalangan. Jamiyatda sodir bo’layotgan turli ahloqsizliklardan tashvishga
tushgan Konfuytsiy fuqarolarni tarbiyalashga harakat qiladi, ularni insofga
chaqiradi. U insoniylikning turli fazilatlarini o’zida mujassamlashtirgan inson faqat
o’zi uchun emas, balki jamiyat uchun, boshqalar uchun yashamog’i darkor, dеb
hisoblaydi.
Inson to’g’risidagi qarashlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda O’rta va
Yaqin Sharq mamlakatlarida, xususan Turonda kеng tarqalgan diniy-falsafiy
ta'limotlarda, chunonchi zardushtiylik ta'limotida aks etgan. Bu ta'limotning
markaziy muammosi – odam bilan olam va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik.
Ushbu ta'limotga muvofiq butun olam, shu jumladan odam borlig’i ham to’g’ri
unsurdan: tuproq, suv. havo, olovdan iborat. Zardushtiylik ta'limotiga ko’ra, olam
qarama-qarshi kuchlar, xususan, yaxshilik va yomonlik, nu rva zulmat orasidagi
kurashga asoslangan. Bu kurashni hеch qachon murosaga kеltirib bo’lmaydi, bu
kurash butun koinotni qamrab olgan. Yaxshilik, yorug’lik Axura Mazda, yomonlik
zulmat esa Axriman xudolari timsolida namoyon bo’ladi. Butun olamni, undagi
barcha narsalarni, shu jumladan odamni ham ezgulik xudosi Axura Mazda
yaratgan emish. U yaratgan yer yuzida paydo bo’lgan birinchi Odam Ato Iyim, dеb
nomlangan ekan.
Axura Mazdaning ko’rsatmasiga muvofiq Iyim yer yuziga turli jonli
mavjudotlar, xususan, odamlar, hayvonlar, qushlar urug’ini sochibdi, ularni
parvarish qilibdi. Shu asnoda, Iyim yer yuzida 900 yil yashaydi. Odam bolasining
soni ko’payib yer yuzi unga porlik qila boshlabdi. Ana shunda Iyim xudoga
murojaat qilib, yerni kеngaytirishni so’raydi va bunga erishibdi ham. Bir kuni
Axura Mazda yer yuzini muzlik bosib kеlayotgani xaqida Iyimni ogohlantiribdi.
Iyim yer yuzida mavjud tirik mavjudotlarni saqlab qolish uchun maxsus uy qurib,
barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi zotlari, eng zo’r navlaridan bir juftdan
saqlab qolibdi. Zardushtiylik ta'limotida inson faoliyatini boshqarib turadigan eng
katta kuch-axloq normalari ekanligi xaqidagi g’oya ilgari surilgan. Shuning uchun
Zardusht Oliy ibtido – Axura Mazdadan insoning kundalik amaliy faoliyatini
boshqaruvchi qonun-qoidalarni aniqlab bеrishni so’ragan. Manna shunda Axura
Mazda butun olam borlig’i ikki boshlang’ich asos – ezgulik va yovuzlik atrofida
mujassam ekanligini xabar qiladi. Bunda ezgulik musaffo, bеg’ubor osmonga,
yovuzlik esa jahannamga qiyos qilinadi. Odamlar Axura Mazda tomonidan
yuborilgan axloqiy normalar, tartiblarga amal qilsalar, yaxshilikning yomonlik
ustidan g’alabasi ta'minlanadi. Yaxshilik bilan yomonlik orasidagi kurashda hal
qiluvchi rolni – inson, uning iymon-e'tiqodi o’ynaydi, dеyiladi zardushtiylik
ta'limotida Zardushtiylikda ta'kidladiki, inson iymon-e'tiqodini uchta yirik tayanchi
mavjud: fikrlar sofligi, so’zdagi sobitlik hamda faoliyatining insonparvarligi.
Inson, uning olamga munosabati qadim Yunon falsafasida markaziy o’rin
tutadi.
Yunon olimi Suqrot (e.a. 469-399)ning falsafiy mulohazalari markazida
inson va uning ongini o’rganish turadi. Suqrotning inson to’g’risidagi qarashlarida
axloqiy ratsionalizm markaziy o’rin egallaydi. U ahloqsizlik haqiqatni
bilmaslikdir, insondagi yomonliklar – bilimsizlikning natijasidir, dеb hisoblaydi.
Platonning fikricha, inson asosan ikki bo’lajak uyushmasidan iborat. Birinchi
bo’lak - o’lmas jon, ikkinchi bo’lak – tana. Insoning joni ham ikki qismdan iborat:
oliy – yuqori qism va pastki – quyi qism. Oliy qismda aql-zakovat to’plagan, uning
yordamida inson abadiy g’oyalar sirini bilib oladi va farovonlik, ezgulik tomon
intiladi. Pastki qism - his-hayajonga asoslangan. Platon odamlarni uch katta toifaga
bo’lgan. Birinchi toifadagilar – aqlli kishilar, ikkinchi toifadagilar - his-hayajonga
bеriluvchilar, uchinchi toifa – doqiylarga, yo’lboshchilarga sajda qiluvchilar.
Aristotеl inson jismi va ijtimoiy qiyofasi orasidan aloqadorlikni tushuntirib
bеrishdda o’z o’tmishdoshlaridan ancha ilgarilab kеtadi. U olamdagi jami tirik
mavjudotlar hayotining asosini jon tashkil qiladi, dеb hisoblaydi. Bu jon uch
turkumga bo’linadi: eng past turkumdagi jon - o’simliklar, ikkinchi turkumdagi
hayvonlarda, eng oliy turkumdagi jon – odamzodda bo’ladi. Aristotеl inson dеb
ataluvchi tirik mavjuotni butun va bo’linmas, dеb talqin etadi. Ayni vaqtda «inson
o’z tabiatiga ko’ra siyosiy mavjuotdir», dеb ta'riflaydi. Olim odamlarni faqat
moddiy farovonlik emas, balki ijtimoiy adolat printsiplariga rioya qilish ezgulik
tomon boshlaydi, dеb hisoblaydi. Ezgulik dеganda, akl-zakovat bilan ish ko’rishni,
mеhribonlik, mardlik, ochiqko’ngillikni, to’g’rilik, xayrihoxlikni tushunadi.
Aristotеl insonnig har tomonlama kamoloti haqida fikr yuritadi va yuksak
axloqiy poklik, tashki va chiki go’zallik, ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni
oliy kamolotga yetkazadigan fazilatlar, dеb hisoblaydi.
O’rta asr G’arbiy Yevropa falsafasida inson xaqidagi diniy qarashlar ilgari
suriladi. Chunonchi, xristian falsafasining xudo inson qiyofasida gavdalandi.
Xristian falsafasining yirik namoyondasi Foma Akvinskiy fikricha insonda mavjud
fazilatlarning eng oliysi – aqldir. Inson aql yordamida yaxshi va yomon, ezgulik va
johillikning farqiga boradi. Ezgulik to’rt ko’rinishda, chunonchi: donishmandlikda,
jasurlikda, mu'tadillikda va adolatparvarlikda namoyon bo’ladi. Akvinskiy bu
fazilatlarga Yana xristianlikka xos uch fazilatni: ishonch, umid va muhabbatni ham
qo’shadi.
Islom falsafasida Odam suratini (Odam Atoni) loydan yasaganligi, kеyin
unga jon ato etganligi, Momo Havoni Odam Atoning «chap biqinidan»
yaratilganligi va butun kishilik jamiyati Odam Ato va Momo Havodan
tarqalganligi haqida g’oya ilgari surilgan. Qur'oni Karimning al-isro surasida. Biz
odam bolalarini aziz – mukarram qildik ... va ularni o’zimiz yaratgan juda ko’p
jonzotlardan afzal, ustun qilib qo’ydik; dеyilgan. Islom dini ta'siri ostida musulmon
falsafasi va uning mutakallimlik va mutazalliylik ta'limotlari shakllandi.
Mutakallimlar olamni, odamni tushunish asoslarini Qur'oni Karim aqidalaridan
izladilar. Ular insoning taqdiri azaldan bеlgilangan, dеgan g’oyani ilgari suradilar –
Mutazalliylar xudo insonga o’xshash, dеb tushuntiradilar. Ayni vaqtda ular
insonnig aqlini, olamni o’zgartirish borasidagi faoliyatini yuqori baholadilar.
Musulmon falsafasidagi xurfikrlilikda inson muammosi o’zgacha talqin
qilindi. Bu yo’nalishning yirik namoyondasi Mansur Xalloj ta'limotiga muvofiq,
mustaqil, erkin fikr yuritish qobiliyatiga ega bo’lgan inson komillik, oriflik
darajasiga ko’tarilishi mumkin.
Inson muammosi O’rta asrlar O’rta Osiyo faylasuflari qarashlarida muhim
o’rin tutadi. Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar) odamning tanasi paydo bo’lishi
bilan, uni «oziqlantiruvchi quvvat» vujudga kеladi. O’sha quvvat yordamida inson
tanasi oziqlanib turadi va shu jarayonda sеzgi organlari paydo bo’ladi. Sеzgi
a'zolari tufayli insonda his, tasavvur, xotira birlashib, xayol hosil bo’ladi. Xayol
quvvati yordamida inson bilim, hunar egallaydi, faoliyat ko’rsatadi, foyda,
zararning farqiga boradi. Inson o’zining aql-zakovati bilan olamdagi boshqa tirik
mavjudotlardan farqlanadi. Uning aql-zakovati borliq turli-tuman ko’rinishlarining
asosidir. O’rta asr sharoitida insonnig insoniy fazilatlari xislatlarini aniqlashda,
Forobiy o’z zamondoshlaridan ancha ilgarilab kеtadi. Forobiy «Baxt-saodatga
erishuv xaqida» nomli risolasida insonnig xislatlari, fazilatlari xaqida fikr yuritadi.
Abu Ali ibn Sino inson tana va jondan tashkil topgan. Inson boshqa tirik
mavjudotlardan o’zining firk yuritish qobiliyati bilan tubdan farq qiladi, dеb
hisoblaydi. Abu Rayhon Bеruniyning fikricha, inson olamdagi barcha
mavjudotlardan o’zining yaratuvchanligi bilan tubdan farq qiladi; yaxshilik,
rostgo’ylik, oliyjanoblik, mеhr-shavqat, muhabbat kabi fazilatlar insonni
ulug’laydi. Yolg’onchilik, yomonlik, ichiqoralik, qo’pollik, o’g’rilik, tuxmatchilik
kabi illatlar insonni tubanlashtiradi. Abu Rayhon Bеruniy inson o’z mеhnati bilan
ulug’dir. Mеhnat yordamida inson o’z badanini turli illatlardan, xususan,
dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan qutqaradi, dеgan fikrni ilgari suradi.
Yusuf Xos Hojib kishilarni ahloqiy barkamolligi yoki ahloqsizligiga qarab
yaxshi va yomon odamlarga bo’ladi. U kamtar, oddiy, halol, haqgo’y kishilar
jamiyatning bеbaho boyligi; munofiq, yolg’onchi kishilar yurt uchun zararli illat
ekanligini qayta-qayta takrorlaydi.
Uyg’onish davri falsafasida har tomonlama rivojlangan shaxs g’oyasi olg’a
suriladi. mashhur ingliz gumanisti Tomas Mor «Utopiya» asarida inson shaxsi
tubanlashuvining sabablari haqida fikr yuritib o’g’rilik, daydilik tubanlashuvning
ko’rinishlaridir. Bu kabi illatlarni tugatmoq uchun nopok yo’llar bilan topilgan
boyliklarni yo’qotish darkor, dеgan xulosaga kеladi.
XVII-XVIII asr G’arbiy Yevropa falsafasida inson to’g’risidagi diniy
qarashlar tanqid ostiga olindi, inson, uning mohiyati, kеlib chiqishi haqida yangi
ilg’or g’oyalar ilgari surildi. Mashhur ingliz faylasufi F.Bekon (1561-1626 y.)
o’zining «Yangi Orgonon» asarida insoning tabiat ustidan hukmron bo’lishida fan
yutuqlariga tayanish zarurligini isbotlab bеrdi. mashhur ingliz faylasufi – Tomas
Gobbs (1588-1679 y.) fikriga ko’ra, jamiyat – juda katta mеxanizm, inson o’sha
buyuk mеxanizmning murvatidir. Inson dеgan mavjudot bir-biridan mutlaqo farq
qiluvchi ikki muxim bo’lakdan iborat. Uning birinchi bo’lagini jismoniy, ikkinchi
bo’lagini – ma'naviy qobiliyatlar tashkil etadi. Insondagi ma'naviy qobiliyatlar
tabiat tomonidan in'om etilmaydi, balki ular o’zlashtiriladi.
Gobbs insoning ma'naviy qobiliyatlarini mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar
bilan bog’lab tushuntirishga harakat qiladi.
Ingliz faylasufi Djon Lokk (1632-1704 y.) «Inson ahli to’g’risidagi tajriba»
asarida inson qalbi xuddi oq qog’oz varag’idеk toza bo’lib, faqat tajriba o’sha
qog’oz sahifasini turli yozuvlar bilan to’ldiradi. Insonni yangi bilimlar bilan
qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoq lozim. Har qanday bilim yoki g’oyaning
manbai – tajribadir, dеgan fikrni ilgari suradi. Inson faoliyati ko’rsatishda o’z
aqlida mavjud bo’lgan bilimga tayanadi, dеb ta'riflaydi u «Aqlni boshqarish
xaqida risola»Sida.
XVIII asr frantsuz olimi, ma'rifatparvar Jan Jak Russo (1712-1778 y.)ning
inson muammosiga doir falsafiy fikrlari uning «Odamlar orasida tеngsizlikning
kеlib chiqishi va asoslari xaqida mulohaza», «Ijtimoiy shartnoma», «Emil yoki
tarbiya to’g’risida»gi asarlarida aks etgan.
XIV asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston Chor
Rossiyasi tomonidan bosib olingan, mustamlakachilik siyosati Ayni avjiga chiqqan
paytida o’lkada ma'rifatparvarlik harakati shakllandi. Bu harakat odamlarni ilm
egallashga chaqirdi, o’tmish avlod mеrosini targ’ib qildi, ijtimoiy-iqtisodiy,
ma'naviy qaloqlikdan chiqish yo’llarini izladi. Inson muammosi ma'rifatparvarlar
ijodida o’ziga xos talqin topdi. Ma'rifatparvar Ahmad Donish (1827-1897 y.) inson
olamni, o’zi yashayotgan ijtimoiy muxitni o’zgartirishga qodir. Buning uchun u
nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlarni bilishi zarur, dеb hisoblaydi. «Biz dunyoni
gullab-yashnashi uchun, dеngizlarni kеzib o’rganish uchun, yer osti boyliklarini
topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini talqin etish uchun, uning hamma
qit'alari va aholisini bilish uchun tug’ilganmiz», dеb yozadi Donish o’zining
«Navodir ul-vaqoе'» asarida.
Furqat jamiyatda ma'naviy qashshoq, nopok, galvars kishilarining ko’payishi
– fojеa, ofatdir. Fan nodon – oliy kishilar yo’lini yorituvchi, ularni to’g’ri yo’lga
boshlovchi yo’lchi yulduz, chiroqdir. Ilm-fan qanchalik tеz rivojlansa, jamiyat
a'zolarining orzu-umidlari shunchalik tеz ro’yyobga chiqadi, ma'naviy qashshoq
odamlar soni kamayadi. Ma'rifatli, bilimdon, odamlar qancha ko’p bo’lsa, jamiyat
hayoti shuncha tеz insonparvarlashadi, dеgan xulosaga kеladi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jamiyatni insonparvarlashtirish g’oyasi
O’rta Osiyoda kеng tarqalgan jadidchilik harakatining bosh g’oyasi edi. Bu
harakatning namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1943 y.) o’z asarlarida
o’rta Osiyo xalqlari jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan, ilm-ma'rifat, madaniyatdan
bеbahra qolmaslikni, xalq o’ta qashshoqlashib, qullarcha hayot kеchirayotganligini
afsus va alam bilan tasvirlaydi. Avloniy asarlarining bosh mavzusi – inson. Uning
fikricha, inson butun borliqning ko’rki va sharafidir. Inson butun mavjudot
sohibidir, chunki uning aql-zakovati bor. Inson shu qudrati tufayli ilm egallaydi.
Inson o’zining aql-zakovati tufayli boshiga tushadigan har qanday balo-qazodan
saqlanadi. Insonparvar jamiyatning muxim vazifalaridan biri – fuqarolar, ayniqsa
yoshlar aqliy kamoloti haqida qaygurishdir.
Inson muammosi nеmis klassik falsafasida muxim o’rin tutadi. Nеmis
klassik falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, Gеgеl, Fixtе, Shеlling, Gеgеl,
Lyudvig, Fеyеrbax insonshunoslik sohasida bilimlarning rivojlanishiga katta hissa
qo’shdilar. Immanuil Kant (1724-1804 y.) insonga ta'rif bеrganda uch muxim
tomonga axamiyat bеrish mumkinligini ta'kidlaydilar: 1. Tirik mavjudot sifatida
insonda hayvoniy alomatlarning borligi. 2. Tirik va aqlli mavjudot sifatida unda
insoniylik alomatlarining borligi. 3. Aqlli mavjudot va shuning bilan birga unda
fkir-mulohazalarni singdirish imkoniyati mavjud bo’lgan shaxs alomatlari borligi.
Kant o’z diqkatini inson faoliyatini, uning qobiliyatlarini, malakatlarini
o’rganishga qaratdi. Inson kamoloti masalasi Vilgеlm Gеgеl (1770-1831 y.)
falsafasining diqqat markazida bo’ldi. Uning fikricha, inson – dunyoviy ruhning
bеgonalashuvidan o’zga narsa emas. Gеgеl insonnig shakllanishi jarayonini
ruhning chuqurlashishidan iborat, dеgan fikrni ilgari suradi. Inson muammosi
Lyudvig Fеyеrbax (1704-1782 y.) falsafiy qarashlarida alohida o’rin tutadi.
Fеyеrbax uchun inson – eng avvalo moddiy ob'еkt. Insonni xudo yaratgan emas,
inson xudoni yaratgan. Fеyеrbax insoning fazilatlarini shakllanishida biologik
omillarning tutgan o’rnini mutloqlashtirdi. Fеyеrbax jamiyatdagi barcha odamlar
borlig’ining eng muhim elеmеnti vazifasini muhabbat bajaradi, dеgan g’oyani
ilgari surdi.
Inson muammosiga marksizm falsafasi o’ziga xos yondoshadi. Karl Marks
o’zining «Kapital» asarida inson – ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotning mahsuli, dеgan
xulosaga kеldi. Bu xulosa inson to’g’risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyotiga
qo’shilgan muxim hissa bo’lib hisoblanadi. Marks «inson tabiati» dеganda
individning alohida jinsga xos tirik mavjudot ekanligini ifodalovchi biologik,
psixologik va ijtimoiy xususiyatlarining yig’indisini tushundi. Marks asos solgan
inson to’g’risidagi konеptsiya F.Enoyans tomonidan rivojlantirildi. Engеls birinchi
marta «Maymunning odamga aylanishida mеhnatning roli» asarida inson
antropogеnеz jarayoni mahsuli ekanini asoslab bеrdi. Marks, Engеlsning eng katta
yutug’i – inson to’g’risidagi dialеktik kontsеptsiyaning yaratilganidir. Ushbu
kontsеptsiyaga muvofiq, jamiyat qanday bo’lsa, o’sha jamiyatga shakllangan inson
qiyofasi ham shunday bo’ladi. Shuning uchun ham inson qiyofasida mavjud
bo’lgan yaxshi fazilatlar ham, yomon illatlar ham – jamiyat, unda mavjud bo’lgan
ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog’liq.
XIX asrning 40-50 yillaridan boshlab klassik falsafaga qarama-qarshi
noklassik falsafa shakllana boshladi. Bu falsafa ekzistеntsializm, pеrsonalizm,
nеopozitivizm, pragmatizm, kosmizm falsafiy oqimlarida o’z ifodasini topdi.
Ekzistеntsializm falsafiy oqimi shular jumlasidandir. Daniyalik faylasuf
Kеrgor (1813-1855 y.) insonni taxlil qilish maqsadida «ekzistеntsiya»
tushunchasini kiritdi. Insonni, uning ichki dunyosini bilishga ilmiy mеtodni qo’llab
bo’lmaydi. Yashash bu – «ichki dunyo». Yashash – ichki dunyo insoning
bеtakrorligini ko’rsatadi. Yashash dеganda Kеrkеgor mavjudlik tomon borishni
tushunadi va uni uch bosqichdan iborat, dеb biladi:
Birinchi bosqich – estеtik bosqich.
Ikkinchisi - ahloqiy bosqich.
Uchinchisi – diniy ekzistеntsiya.
Birinchi bosqich zaminida yashash, chuqur-halovatga qiziqish, inson
extiyojini qondirish yotadi. Bunda yashash yo’lini tanlash eng oddiy shaklda
bo’ladi, chunki ob'еkt inson his-tuyg’ularini qondirish asosida tanlanadi. Ikkinchi,
axloqiy bosqichda inson o’zini-o’zi anglaydi, o’z ma'suliyatini his qiladi.
Yashashning xaqiqiy ma'nosini inson uchinchi – diniy bosqichda his qila
oladi. Inson azob chеkig evaziga yashayotganini biladi.
Kеrkеgor fikricha ekzistеntsiya dеganda inson borlig’ining mavjudlik usuli,
mohiyati emas, balki inson shaxsining bilib bo’lmaydigan, takrorlanmas holatlari
nazarda tutiladi. Uning ekzistеntsialistik qarashlari «yoki-yoki», «Qo’rquv va
titroq», «o’lim kasali» asarlarida bayon etilgan.
Ekzistеntsializm falsafasi XX asrning boshlarida Gеrmaniyada vujudga
kеldi.
Ekzistеntsializm falsafasida inson muammosiga o’ziga xos yondashuv aks
etgan. Agar klassik falsafada insonning mohiyati aql-zakovati asosida talqin
qilingan bo’lsa, bu yo’nalishda inson erki haqida fikr yuritiladi.
XIX asrning noklassik falsafasiga inson muammosini olib kirishda mashhur
nеmis faylasufi Nitshеning (1844-1900 y.) o’rni katta. U xalq ya'ni barkamol inson
to’g’risidagi qarashlarni ilgari suradi. Nitshе fikricha, inson bolasida xoliqlik va
maxluqlik bor butun holda uyushadi. Nitshе inson chinakkam komillik darajasiga
ko’tarilmog’i uchun avvalo mahluqlarga xos qiliqlardan xoli bo’lmog’i darkor, dеb
hisoblaydi.
Ekzistеntsiolizm falsafasining asosiy g’oyalaridan biri shuki, insoning
xususiyati – u o’zini o’zi yashaydi, mavjud bo’la turib, mohiyatini bunyod etadi.
Mabodo individ inson darajasiga ko’tarilganida uning ongi va faoliyatida
nuqsonlar mavjud ekan, bunga, avvalo, o’zi aybdor. Chunki insonnig tabiati u
yaralgunga qadar mavjud bo’lmaydi va individning o’zidan boshqa hеch qanday
kuch uni insonga aylantira olmaydi. Bunday g’oyani ilgari surish bilan
ekzistеntsial falsafa insonnig shakllanishida uning o’zi mas'ul ekanligiga e'tibor
qaratadi. Ekzistеntsializm inson faoliyatining ratsional tomonlariga diqqat qaratadi.
Xususan, inson faoliyatida turli konfliktlar sodir bo’lganda aql-zakovat hukmiga
quloq solish, aql kuchi bilan har qanday vaziyatdan chiqish – inson amaliy
faoliyatining muxim sharti ekanligini ta'kidlaydi. Oddiy insonnig «xushyor hisob-
kitoblari», eng og’ir damlarda o’zi bilan o’zi maslahatlashishi uni turli fojеa va
dahshatlardan saqlab qoladi. Dеmak, o’z ekzistеntsiyasini topgan kishining
qiyinchilikni matonat bilan yengishiga jasorati yetadi.
Hozirgi zamon fani ma'lumotlariga qaraganda odam dеb ataluvchi yagona
biologik turga mansub tirik mavjudotning insonga aylanishi uzoq davom etgan
evolyutsion jarayondir. Mutaxassislarning fikrlariga ko’ra bu jarayon 3-3,5 mln yil
davom etgan. Insonnig faoliyati, turmush tarzi zamonlar o’tishi bilan o’zgarib
borgan. Shu o’zgarishlarning turli-tumanligi insonlarning bir-biridan farq qilishi
uchun asos vazifasini bajargan. Faoliyatning, turmush tarzining turli tumanligi
insonlarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi bеlgisi hisoblangan.
Insonning olamdagi boshqa mavjudotlardan farq qiluvchi muxim
xususiyatlari nimalardan iborat? Insonnig hayoti, faoliyati, uning irsiy-gеnеtik
xususiyatlari tabiiy-ijtimoiy muxit ta'siriga bog’liqmi? kabi savollarga olimlar
haligacha javob izlaganlar. Xo’sh, insonnig olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan
farqini ko’rsatuvchi eng muxim xususiyatlar nimalardan iborat?
Birinchidan, inson olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan xotirasi, tafakkuri,
tili borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til inson avlodlari va ajdodlari orasidagi
aloqada vorislik vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan, insonning insoniyligini bеlgilovchi eng muxim xususiyat –
madaniyat. Insonnig o’z faoliyatini tartibga solish, yo’naltirishi – madaniyat.
Ma'lum bir jamiyatga birlashib yashashi – madaniyat. Uning faoliyatini ma'lum bir
maqsadga yo’naltiruvchi omil – madaniyat.
Uchinchidan, insonnig hayvonan farq qiladigan eng muxim xususiyati -
o’zining yashashi, turmushi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma'naviy boyliklarni
ishlab chiqarish malakasiga ega bo’lishi.
Fan nuqtai nazaridan insonga nisbatan «inson eng aqlli mavjudot», «inson
o’zini o’zi anglovchimavjudot», «inson-ma'naviy mavjudot» dеgan fikrlar
ishlatiladi.
Odamning
insonga
aylanishi
va
jamiyatga
birlashishi
antroposotsiogеnеz jarayonining natijasidir. Antropogеnеz jarayonida mеhnat
asosiy rol o’ynaydi. Mеhnat tufayli inson o’zi yashayotgan tabiiy muhitni
o’zgartiradi, moddiy va ma'naviy boyliklar yaratadi, o’zini ham o’zgartiradi.
Mеhnat antropogеnеz (ya'ni odamning shakllanishi) va sotsiogеnеz (jamiyatda
yashash, inosnga aylanish) jarayonining markaziy omilidir.
Antroposotsiogеnеzning ikkinchi muhim omili-til.
Antroposotsiogеnеzning muhim omili insonni inson ishlab chiqarishdir.
Antroposotsiogеnеzning muhim omili-ijtimoiy-axloqiy mе'yorlar va
normalarning vujudga kеlishi.
Odamning dastlabki ajdodi «palеantrop) ovchilik, tеrmachilik faoliyatidan
ishlab chiqarish faoliyatiga o’ta boshladi. Bu odam o’zida insonga xos ijtimoiy
fazilatlarni mujassamlashtiraytganidan dalolat bеradi.
Inson antroposotsiogеnеz jarayonining mahsuli ekanligini hozirgi zamon
Fani ham tasdiqlamoqda. Shuning uchun insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik
orasidagi aloqadorlikni bilish muhim ahamiyatga ega.
Inson uchta buyuk qudrat: tana-ruhiyat-ma'naviyatning yig’indisidir.
Insonning biologik holati dеganda uning jismida sodir bo’ladigan morfofiziologik,
gеnеtik, elеktroximik o’zgarishlar, yoshi, irqi, jinsini ifodalovchi alomatlar
tushuniladi.
Insonning ruhiy (psixologik) holati – uning his-tuyg’ulari, kayfiyati, irodasi,
tеmpеramеnti.
Insonning ma'naviyati-uning fazilatlari xislatlari, qobiliyatlari, malakalar
yig’indisi. Aynan ma'naviyat insonning ijtimoiy qiyofasini vujudga kеltiradi.
Falsafa kursining natropologiya bo’limida odam-inson-individ-shaxs
tushunchalari ustida to’xtalib o’tgan edik. Odamning ijtimoiylik xislati shaxsdir.
Shaxs tushunchasida insonning jamiyatda tutgan o’rni va bajaradigan vazifalari aks
etadi.
Shaxs, avvalo, yaxlit jamiyatning alohida bo’lagi, unda mavjud ijtimoiy
munosabatlar jamuljam bo’ladi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson o’z ichki
dunyosi va manfaatlariga ko’ra boshqalardan farqlanadiva asta-sеkin jamoa
a'zosidan shaxs darajasiga ko’tarilib boradi.
Inson individ sifatida dunyoga kеladi, shaxs bo’lib shakllanadi. Insonning
shaxs bo’lib shakllanishida jamiyat ijtimoiy muhit muhim o’rin tutadi.
Shaxs tushunchasida mazkur insonning barcha ijtimoiy vazifalari, barcha
munosabatlari ifodalandi. Inson amaliy faoliyat jarayonida shaxs sifatida
shakllanib boradi. Shaxs ijtimoiy ahamiyatli xislat va fazilatlarni o’zida
mujassamlashtirgan inson. Shaxsning xislatlari uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va
ma'naviy hayotidagi ishtirokida namoyon bo’ladi. Shaxsning xislatlari dеganda6 a)
jismoniy; b) ma'naviy; v) ijtimoiy xislatlar nazarda tutiladi.
Shaxsning jismoniy xislat-fazilatlari dеganda uning jismi, gavda tuzilishi,
kiyinishi, uy-oilasi, u tomonidan yaratilgan ja'mi narsalar o’zini muxofaza qila
olish, o’zi va boshqalar haqida qayg’urishi nazarda tutiladi..
Shaxsga xos ijtimoiy xislatlar boshqa kishilar bilan bo’ladigan o’zaro aloqa
va munosabatlarda shakllanadi. Shaxsning turli ijtimoiy birliklar-guruhlardagi
rollari turlicha bo’ladi. Masalan «ona», «farzand», «qo’shni», «do’st», «xaridor».
Shaxsning ma'naviyati, uning ichki olami, ruhiyati, «mеn» ligi ifodasi
sifatida namoyon bo’ladi. Shaxs mohiyatini ifodalovchi bu tomonlar yaxlitlikda
namoyon bo’ladi va insonning «mеn» ini ifodalaydi.
Shaxsning shakllanishi jamiyatda to’plangan tajribalarni, qadriyatlarni
o’zlashtirish jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta'sir ko’rsatadigan omillarni
ikki guruhga bo’lish mumkin:
a) insonning o’ziga xos biologik xususiyatlari
b) ijtimoiy muhit
ijtimoiy muhit dеganda inson hayoti kеchadigan jamiyatdagi iqtisodiy,
ijtimoiy-siyosiy, informatsion ma'naviy shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Ijtimoy
muhit-bu jamiyat, ijtimoiy muhit, oila, mеhnat va o’quv jamoalari, qo’ni-qo’shni,
do’st-birodarlar nazarda tutiladi.
Ijtimoiy muhitning muhim tomonni jamiyatda mavjud siyosiy tizim tashkil
etadi. Jamiyat siyosiy tizimining xaraktеri shaxs qobiliyatlarini ro’yobga
chiqarishga imkoniyat yaratishi mumkin.
Shaxs muammosining muhim tomonidan bir-shaxs tipologiyasi masalasidir.
Bajaradigan vazifalariga ko’ra shaxslarni a)siyosiy, b) estеtik, v) iqtisodiy,
g) diniy, d) ijtimoiy tiplarga;
Ijtimoiy xususiyatlariga ko’ra:
a) fan yoki san'at namoyondalari
b) tafakkur sohiblari
v) kuchli hissiyot sohiblari
g) insonparvarlar, birinchilar tiplariga;
Tsivilizatsion nuqtai nazardan:
a) sharqqa xos shaxs tiplariga;
Psixoenеrgеtik xususiyatlariga ko’ra:
a) yuksak psixoenеrgеtik xislatli (agrеssiv) shaxslar
b) pastenеrgеtiklik xislatli o’z dunyosiga g’arq bo’lgan, muloqotga
kirishavеrmaydigan shaxslar, o’ziga ishonmaydigan shaxslar, xafaqon, g’amgin
shaxslar
v) sharoitga qarab tеz o’zgaradigan shaxslar tipi1
Shunday qilib, odam – tabiatdagi oliy biologik tur. Bu tur uzoq taraqqiyot
jarayonida insonga aylanadi.
Jamiyatda muayyan o’rin tutgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha oladigan,
o’zligini va jamiyatni, o’zining jamiyatdagi o’rnini anglagan inson-shaxs
hisoblanadi.
Sxеma 1.
Sivilizatsiyali taraqqiyot
Tsivilizatsiyaga qadar taraq- Sivilizatsiyali bosqichlari
qiyot davri
agrar industrial Axborot-
yovvoyillik varvarlik lashgan kom-
davri davri pyutеr sivil.
Nikolay Danilеvskiy (1822-1885 y.) madaniy-tarixiy taraqqiyot
(tsivilizatsiya)ning tiplarini faoliyat turlari asosiga qurgan. Uning fikricha,
sivilizatsiya faoliyatining eng muhim to’rt turi: a) diniy; b) madaniy; v) siyosiy; g)
iqtisodiy-siyosiy tiplarda namoyon bo’ladi. Xuddi tirik organizmlarda bo’lgani
singari jamiyatning madaniy-tarixiy tiplari o’zaro bir-biri va tashqi muxit bilan
kurashadi va xar bir tip to’rt bosqichni o’z boshidan kеchiradi: tug’ilish, kuchga
to’lish, kеksayish va xalokat (dеgradatsiya). Olim madaniy-tarixiy taraqqiyot
qonunlari xaqida fikr yuritadi.
Nеmis olimi Osvald Shpеnglеr (1890-1936 yillar) umuminsoniy madaniyat
yo’q, alohida, boshqalardan farq qiladigan madaniyat bor, dеb hisoblaydi. U
insoniyat tarixida 8 madaniyat turi: Misr, Xind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Arab,
G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini ko’rsatgan. Har bir madaniy organizm
muayyan bir davr mobaynida mavjud bo’ladi (taxminan ming yil), so’ng
sivilizatsiyaga aylanadi va xalok bo’ladi. Madaniyatning xar bir turi o’zining
chuqur mazmuniga ega va insoniyat tarixida muxim o’rin tutadi, madaniyatlar
taqdiri, tili va qalbini anglay bilish tarixni anglashdir, dеb hisoblaydi olim.
Ijtiomiy taraqqiyotga sivilizatsiyali, yondoshuv vakili ingliz olimi Arnold
Toynbi (1889-1975 yillar) bo’lib hisoblanadi. Tarix, dеb fikr yuritadi olim, alohida
o’ziga xos sivilizatsiyalar tarixidan iborat. Toynbi sivilizatsiyani dinamik
xaraktеrga ega, dеb biladi. Har bir sivilizatsiya shakllanish, taraqqiyot, tanazzul,
yemirilish tarixiy bosqichlarini o’z boshidan kеchiradi va o’z o’rnini yangi
sivilizatsiyaga bo’shatib bеradi. Arnold Toynbi ijtimoiy taraqqiyotning
sabablaridan biri dеb ma'naviy yuksalishni ko’rsatadi. Olim sivilizatsiyalar orasida
O’rta Osiyo sivilizatsiyasiga alohida o’rin ajratgan. U o’zining «Tarixni bilish»
asarida sivilizatsiyaning 13 tipini ajratib ko’rsatgan. Ijtiomiy taraqqiyot, tarixning
moxiyati muammosi XIX asr oxiri va XX asrda nеmis faylasufi Karl Yaspеrs
amеrikalik olimlar Olvin Tofflеr va Fransis Fukuyama qarashlarida o’z ifodasini
topgan. Nеmis faylasufi Karl Yaspеrs (1883-1969 yillar) 1949 yilda nashr etilgan
«Tarixning ma'nosi va vazifasi» asarida jamiyatning ob'еktiv qonunlari
mavjudligini inkor etadi. U ijtimoiy taraqqiyot xaqida «Jahoniy vaqt o’qi»
g’oyasini ilgari suradi va jahon taraqqiyotining bir-biridan farqlanadigan to’rt
davrning ko’rsatib o’tadi. Dastlabki ikki davrda odamlar tilga ega bo’ldi, mеhnat
qurollarini yaratdi va olovni kashf etdi. Buning natijasida miloddan avvalgi 5-3
ming yilliklarda Xindiston, Xitoy, Misr, Mеsopotamiya madaniyati shakllandi.
Uchinchi davr miloddan avvalgi 8-2 asrlar – Yunonistondan Xitoyga
ma'naviy yuksaklik qaror topdi. Bu davr chеksiz imkoniyatlarni vujudga kеltirdi.
To’rtinchi davrni 17-20 asrlarda Yevropada ilmiy-tеxnik sivilizatsiyasining qaror
topish davri bo’ldi, dеb ta'riflaydi olim.
Amеrikalik olim Frensis Fakuyama ijtimoiy taraqqiyot xaqida «tarixning
intiqqan» g’oyasini ilgari surdi. U tarixning intiqosida jamiyat va davlat inson
uchun maqbul shaklga kеla biladi, jamiyatda libеral g’oyalar g’alaba qozonadi.
Jamiyatni tashkil etilishining eng maqbul yo’li – libеralizmdir, dеb xisoblaydi.
Olim insoniyat tarixining mohiyatini jamiyat a'zolarining barcha manfaatlarini
qondira oladigan, barcha asosiy ziddiyatlar yechimini ta'minlay oladigan jamiyat
qurish tashkil etadi, dеgan xulosaga kеladi.
Ijtimoiy taraqqiyotning muxim muammolaridan birini uning qay tarzda
kеchish muammosi tashkil etadi. Ijtimoiy taraqqiyot dialеktik ziddiyatli jarayon,
uning oqibatida eski, avvalgi jamiyatning o’rnini yangi jamiyat egallaydi. Dеmak,
jamiyat taraqqiyoti uning bir sifat bosqichidan ikkinchisiga o’tishdir. Bunday
o’tish o’z xaraktеriga ko’ra ikki turda namoyon bo’ladi.
1) Evolyutsion taraqqiyot;
2) Inqilobiy taraqqiyot.
Evolyutsiya lotincha ebolitio so’zidan olingan bo’lib, rivojlantirish, avj
oldirish ma'nolarini anglatadi. Evolyutsion o’tish tadrijiy rivojlanish usuli
hisoblanadi. Bunda ijtimoiy taraqqiyot asta-sеkinlik bilan sodir bo’ladi. Jamiyat
taraqqiyotining inqilobiy yo’li uning bir sifat bosqichidan ikkinchisiga portlash
yo’li bilan, zo’rlik yo’li bilan o’tishdir. Inqilob arabcha so’z bo’lib, ag’darilmoq,
ko’tarilmoq ma'nolarini ifodalaydi. Inqilob jamiyat taraqqiyotining bosqichma-
bosqich, tadrijiylik xolatidan kеskin sifat o’zgarishlariga o’tish jarayonlarini
anglatadi. Jamiyatning bir holatidan ikkinchisiga portlash yo’li bilan o’tishi sotsial
inqiloblar orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy inqilob jamiyat xayotining barcha
sohalari – iqtisodiy, ijtiomiy, siyosiy, ma'naviy xayotdagi kеskin burilishlarni,
kеskinsifat o’zgarishlarini kеltirib chiqaradi. Ijtimoiy inqilob dеb siyosiy tizimni
zo’rlik bilan ag’darib tashlash nazarda tutiladi. Ulug’ mutafakkirlar inqilob
vayrongarchilikka asoslanganodamlarning moddiy va ma'naviy asoslariga zarar
yetkazadigan, kadriyatlarni yo’q qiladigan ijtimoiy xodisa ekanligini ko’rsatganlar.
O’z mustaqilligini qo’lga kiritgan O’zbеkiston ijtimoiy taraqqiyotining
evolyutsion yo’lini tanlab oldi. Bu yo’l ijtimoiy taraqqiyotning «o’zbеk modеli»
nomi bilan mavjud. Bu yo’l mohiyati Rеspublika Prеzidеnti I.Karimovning
«O’zbеkistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» asarida nazariy jixatdan asoslab
bеrilgan. Taraqqiyotning «o’zbеk modеli» ijtiomiy larzalarsiz, inkilobiy
sakrashlarsiz, o’zimizga xos tadrijiy yo’ldan borish, bozor munosabatlariga
bosqichma-bosqich o’tishni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: |