Odam genetikasining tarmoqlari. Odam genetikasi o'simlik, hayvonlar genetikasidan keyin rivojlanganligiga qaramay, uning bir qancha tarm oqlari shakllangan. Anashu tarmoqlardan biri tibbiyot genetikasidir.
Hozirgi paytda jahon aholisi 6 milliarddan ortib ketdi. Tug'ilayotgan bolalarning 4,5 foizi turli irsiy kasalliklar bilan dunyoga keladi. Epilepsiya, shizofreniya, kretinizm, gemofiliya, bronxial astma shunday xastaliklardandir. Irsiy kasalliklarga erta tashhis qo'yish, ularning oldini olish va davolash usullarini belgilashda muhim o 'rin tutadi. Bu tibbiyot genetikasi odam salom atligini saqlashda muhim o'rin tutishidan dalolat beradi.
Odam genetikasining yana bir tarmog'i demografik genetika hisoblanadi. Demografik genetika odamdagi ayrim belgi xossalarning (masalan, qon guruhlarining) jahon aholisi orasida qanday tarqalganligini aniqlash bilan shug'ullanadi. Farmokologik genetika ham odam genetikasining bir tarmog'i sifatida turli dorilarning, chunonchi, antibiotiklarning odam organizmiga ko'rsatgan ta ’sirini tadqiq qiladi.
Odam genetikasining bir tarmog'i sitogenetika bo'lib, u odam irsiyatining moddiy asoslari bo'lmish xromosomalarning tashqi, ichki tuzilishini tadqiq qiladi. Immunogenetika esa immunitet reaksiyalarining amalga oshishida irsiyatning rolini o'rganadi. Biokimyoviy genetika yordamida irsiyatning molekulyar asoslari, moddalar almashishi, u bilan bog'liq belgi-xossalarning rivojlanishi o'rganiladi. Odam genetikasining yana bir tarmog'i pedagogik genetika sanaladi. Uning tekshirish manbai bolalar aqliy qobiliyati va ruhiyatini genetik jihatdan tadqiq qilish hisoblanadi. Bolalardagi ruhiy holat, aqliy qobiliyat ota-onadan o'tadi. Shu bilan bir qatorda qobiliyat, iste’dod va iqtidorning shakllanishida ijtimoiy muhit, ota-ona, o'qituvchilarning bilim tarbiyasi, ahloq-odobi muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Pedagogik genetika bolalardagi ota-onadan berilgan irsiy qobiliyat, iqtidorlilik, iste ’dodning yoshga qarab o'zgarishini tadqiq qilib, pedagoglarga ma’lum tavsiyalar beradi.