O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti “iqtisodiyot


III. Ish vaqtida xavfsizlik talablari



Yüklə 4,63 Mb.
səhifə73/144
tarix19.12.2023
ölçüsü4,63 Mb.
#186737
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   144
Авт.кор.ик Maj 2022yil tayyor

III. Ish vaqtida xavfsizlik talablari.
6) O`rinbosar va boshchilik qiladigan xizmat:
A) ekspluatatsiyaning konkret sharoitlarini hisobga olgan xolda avtomobillar ishini tashkil qiladi, xarakat jadvali va avtomobillarning yo`lga chiqish grafigini ishlab chiqadi, yo`lovchilar oqimining xarakatlanish tezligi va xarakatlanadigan tarkibning ish rejimi va xarakatlanadigan tarkib va haydovchilarning ish rejimini belgilaydigan, boshqa ko`rsatkichlarni mehnatni muxofasa qilish va yo`l xarakati xavfsizligi xizmatlari bilan muvofiqlashtirilgan xolda me’yorlashtiradi;
B) avtomobillarni yo`lga chiqish va qaytarish grafiklarini ishlab chiqishda, xarakatlanadigan tarkibning texnik xolatini sifatli tekshirish uchun sharoit yaratgan xolda, texnik xizmat bilan birga nazorat o`tkazish punktlarining bir me’yorda ishlashini ko`zda tutadi;
V) xarakatlanish marshrutida dam olish, ovqatlanish, avtomransportga texnik xizmat ko`rsatish punktlari, temir yo`l o`tish joylari, yo`llarning xolati kutilayotgan atmosfera sharoitlari, shuningdek xizmatsafariga yuborilayotgan haydovchilarni ko`rsatgan xolda, mehnat xavfsizligi va yo`l xarakati xavfsizligi choralariga rioya qilishuchun javobgarlik va ish xususiyatlarini tushuntirib, xalqaro tashishni amalga oshiruvchi haydovchilar bilan yoriqnoma o`tkaziladi;
G) yuklash-tushirish ishlariga, yuklarni taxlash va qotirish usullariga,
Avtomobilning muvozanatini ta’minlash va havfli yuk yoki gabaritsiz yukni, shuningdek yo`lovchilarni tashishda, xarakatlanish vaqtida yukning tushib qolmasligini ta’minlaydigan gabaritlarga alohida etibor qaratgan xolda, yuk tashishda xavfsizlik talablari bo`yicha haydovchilar bilan yoriqnoma o`tkaziladi;
D) yo`l varaqasini berishda haydovchiga mazkur toifadagi transport vositasini xaydash xuquqini beruvchi guvohnomaning borligini tekshiradi;
E) tartibbuzarlarga nisbatan tegishli choralar ko`rish maqsadida haydovchilardan yo`l varaqalarini qabul qilishda ulardagi yo`l xarakati xavfsizligi Qoidalari, yo`lovchi va bag’aj tashish Qoidalari, avtotransportni texnik ekspluatatsiya qilish Qoidalarini buzganligi to`g’risidagiyozuvlarga etibor qaratadi;
J) haydovchidan avtotransport ishi to`g`risidagi xujjatni qabul qilishda naryad vaqtini nazorat qiladi;
Z) avtotransport ishlaydigan yo`l sharoitlarini tekshiradi. Yolda xavfli uchastkalar mavjud bo`lganida- bunday joylarni aylanib o`tish marshrutlarini yo`l vaqaqasida ko`rsatadi;
I) haydovchilarning mehnat va dam olishning belgilangan rejimiga, yo`l xarakati Qoidalari va ) avtotransport texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga rioya qilishlarini muntazam tekshirib boradi;
K) haydovchilarni marshrutda harakatlanish uchunn havfli bo`lgan joylari ko`rsatilgan sxemalar bilan ta’minlaydi;
L)yo`lovchilar soni salondagi o`tiradigan joylardan ortiq bo`lgan avtobuslarning xalqaro liniyalarda va tog’joylardan o`tuvchi barcha marshrutlarida harakatlanishiga yo`l qo`yilmaydi;
M) barcha rusumdagi avtobuslar, engil avtomobillar va yuk mashinalarida mustaqil ravishda ishlashga, ilgari bunday transport vositasini boshqarmagan shaxslarni, ilgari bunday transport vositasini boshqarmagan shaxslarni, faqat ular belgilagan stajirovkadan o`tganlaridan keyin yo`l qo`yadi;
N) davriy tibbiy ko`rikdan, shuningdek reysga chiqishdan avvalgi va reysdan keying tibbiy ko`rikdan o`tmagan, yo`lovchilar avvalgi va reysdan keyingi tibbiy ko`rikdan o`tmagan, yo`lovchilarni tashishni amalga oshiruvchi haydovchilarni ishga qo`ymaydi.



Yüklə 4,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   144




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin