O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev


Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalar kitobxonligi



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
fayl 1491 20210818

Maktabgacha ta‟lim yoshidagi bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar 
kitobxonligi asosan oiladan, bolalar bog`chalaridan, mahalla ertakchilari 
tomonidan amalga oshiriladi. Yana bir gap. Bu yoshdagi bolalarga tavsiya 
etiladigan ertaklarning hajmi qisqa, mazmuni sodda bo`ladi. Avval eslatib 
o`tganimizdek bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklar tabiat, hayvonot 
olami, do`stlik, mehnat ahli, jamoa, odob-axloq to`g`risida bo`lishi foydadan holi 
bo`lmaydi. 
Bu davr bolalariga ―Chivinboy‖, ―Qizg`anchiq it‖, ―Tuyaqush bilan qoplon‖, 
―Maqtanchoq quyon‖, ―Rostgo`y bola‖, ―Arilar g`azabi‖, ―Tulki bilan turna‖, 
―Sholg`om‖, ―Qumursqa‖, ―Kaptar sovg`asi‖ kabi ertaklarni o`qib, hikoya qilib 
berish mumkin. 
Bog`cha tarbiyachilari, ota-onalar, mahalla ertakchilari oldida turadigan 
ishlardan eng muhimi kichkintoylarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashdir. 
Bu tarbiya bola hayotida alohida o`rinda turadi. Shuning uchun ham bolani 
yoshligidan boshlab bir ishga o`rgatish, kichkina vaqtidanoq unga bir yumish 
berib, ish qilishga o`rgatish lozim. Tili chiqib, u erga, bu erga yura boshlagan 
vaqtida ham bolaga biror ish berish lozim. Unga beriladigan bu ish ahamiyatsiz. 
Hatto, ―ish‖ nomi berishga loyiq bo`lmasa ham, undan keladigan foyda zo`rdir. 
Chunki bunday yumishlar bolani mehnatni sevishga o`rgatadi. 
Bu borada xuddi inson kabi tinib-tinchimas mehnatkash qumursqalar va ular 
haqida xalq to`qigan ―Qumursqa‖ ertagini shu yoshdagi bolalarga o`qib, hikoya 
qilib, aytib berish yaxshi samara beradi. 
Kichkina bolalar u yoqda tursin, hatto, kattalar ham uncha mensimaydigan 
qumursqaning ishchanligini, kechasi-yu, kunduzi tinmay mehnat qilishini uni 
kuzatgan odam sezadi, xolos. 
Hayotda shunday: kim ko`p ishlasa, tinim bilmay mehnat qilsa sog`ligi yaxshi 
bo`ladi, boy-badavlat yashaydi, hech kimga hech qachon xor-zor bo`lmay umr 


28 
kechiradi. Qumursqa maqtanchoq emas, u oddiy va sodda. Shu oddiyligi, 
soddaligi, mehnatkashligi bilan ajralib turadi. 
Savol-javoblarda muz, bulut, quyosh, yomg`ir, yer, o`t, mol, bo`ri, mergan-u 
sichqon kabilardan ham qumursqa ustun chiqadi. Qumursqaning o`ziga berilgan 
ta‘riflarda ham bu ma‘no ko`zga yaqqol tashlanib turadi: 
- Qorning nima uchun katta? 
\- Jigarim zo`r, - dedi qumursqa. 
- Beling nima uchun ingichka? 
- Mehnatim zo`r! 
- Kallang nima uchun katta? 
- Davlatim zo`r! Mehnatim zo`r, savlatim zo`r, men 
zo`r, men zo`r! 
Bu yoshdagi bolalarga tavsiya etiladigan ertaklarning asosiy qismini to`g`ri 
so`z, halol, pok bo`lish, yolg`on gapirmaslik, birovlarni aldamaslik kabi 
mazmundagi asarlar tashkil etadi. Masalan, ―Rostgo`y bola‖ (turkman xalq 
ertagini) olib ko`raylik. Ertak qahramoni to`g`ri so`zligi, kattalarning pand-
nasihatlariga quloq solishi bilan yosh kitobxonda yaxshi taassurot qoldiradi, ko`p 
bolalarning havasini keltiradigan ish qiladi. 
Qaroqchilar azaldan yomon odamlar. Ular har doim zo`ravonlik qilib, 
bosqinchilik qilib birovlarning mol-mulklarini tortib olishgan. 
―Rostgo`y bola‖da ota karvon bilan yo`lga chiqqan o`g`lining qo`liga qirq 
tanga oltin berib: 
- O`g`lim, hecham yolg`on gapirma, halol bo`lgin, - deb nasihat qilibdi. 
Karvon yo`lda qaroqchilarga duch keladi. Qaroqchilar noinsoflik
bosqinchilik bilan hammani talaydi, mol-mulkini tortib oladi. Ammo bolaga 
mutlaqo e‘tibor bermaydilar. Ota nasihatini olgan bola to`g`ri so`zligi bilan 


29 
qaroqchi, bosqinchi, yo`lto`sarlikda nom chiqargan bir necha muttahamni 
tarbiyalaydi, ularni halollig-u to`g`ri so`zligi bilan mag`lub qiladi: 
Savdogarlar yo`l yurishsa ham mo`l yurishibdi, bir joyga yetib borishganda 
ularga qaroqchilar hujum qilishibdi. Qaroqchilar o`zaro maslahatlashib ―mana bu 
yalangoyoqqa u-bu narsa bersakmikan‖ deyishibdi. 
Qaroqchilardan biri bolani mashara qilib so`rabdi: 
- Ey, yalangoyoq, sendan nimani ham olish mumkin? 
- Menda qirqta oltin tanga bor, - deb javob beribdi bola. 
- Senda qirqta oltin tanga nima qilsin? – deyishibdi qaroqchilar kulib. 
Shunda bola choponining yoqasini yirtib, oltin tangalarni ko`rsatibdi. 
- Nega bularni bizga ko`rsatding? – deb so`rashibdi qaroqchilar. 
- Biz senga pul bermoqchi edik, endi bo`lsa buni ham olib qo`yamiz. 
- O`ech qisi yo`q, otam halol bo`l, yolg`on gapirma, deb o`rgatgan, - deb 
javob beribdi bola. 
Bundan hayron bo`lgan qaroqchilar savdogarlarga mol-mulklarini, pullarini 
qaytarib berib, halol mehnat qilish uchun qaroqchilikdan voz kechishibdi. 
―Sholg`om‖ (rus xalq ertagi) bu davr bolalar kitobxonligida asosiy o`rinda 
turadi. Ertak juda oddiy va sodda. Ammo ma‘no va mazmuni, asarning tarbiyaviy 
ahamiyati kutilganidan ham ziyoda. 
Ertak juda jo`n. Boboning sholg`om ekishi va bo`liq sholg`omni ko`plashib 
yulib olishi zikr etiladi. Ertakda ortiqcha so`z yo`q, qahramon yo`q. Hammasi 
risoladagidek. Ammo ―Sholg`om‖da kichkintoylar bilib, quloq solib o`sadigan 
jihatlari ko`p. Birinchidan, boboning mehnatkashligi yaqqol ko`zga tashlanib 


30 
turadi. Moboda bobo sholg`omni erga ekib tek qo`yib qo`yganida u mutlaqo 
kattakon bo`lib o`smagan bo`lar edi. Boboning o`yi-xayoli sholg`omda. Kechasi-
yu, kunduzi sholg`omga ishlov beradi, peshona teri to`kib ko`p mehnat qiladi. 
Demak, ertakda bolani mehnatkash bo`lishga, xuddi shu bobo kabi dalada 
ishlashga chaqiriladi. 
Ikkinchidan, bola beshikdan boshlab ahil, do`st bo`lib o`sishi kerak. Kimki 
do`stlar bilan, jamoa bilan hamfikr, hamkor bo`lib o`ssa o`ziga ham, o`zgalarga 
ham yaxshi. 
Yana ertakka murojaat qiladigan bo`lsak. O`sha bo`lig`, kattakon sholg`omni 
yerdan tortib, sug`irib olish masalasi yosh kitobxon uchun juda qiziqarli. Bobo, 
buvi, nabira, kuchuk, mushuk, sichqonlarning bir yoqadan bosh chiqarib harakat 
qilishlari bolalarni xursand qiladi. Ularda shunday qilib kuch-birlikda tushunchasi 
paydo qilinadi. 
Ertakning uchinchi jihati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning orzu-
niyati bo`lmish tabiatni sevish, jonivorlarni asrash, avaylash o`ziga xos o`rinda 
turadi. Kichikntoylar kuchuk, mushuk, hatto, sichqonni ham boqish, asrab-
avaylash lozim ekanligini bu ertak orqali bilib oladilar. 
Xuddi bobo singari mehnatkash bo`lish, kuch birlikda tushunchasini dilga jo 
qilib kamol topish, ayniqsa, ertak tinglovchining dil to`ridan joy olishi ertakning 
tarbiyaviy ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi. 
Bu yoshdagi bolalar hayvonlar o`rtasidagi o`zaro ahillik va do`stlik kabi 
xislatlarni bilishni istashadi. Hayvonot olamida ham do`stga mehribonchilik qilish, 
bir-biriga g`amxo`r bo`lish, yordam qo`lini cho`zish bor ekanligi ―Arslon bilan it‖, 
―Tuyaqush bilan qoplon‖, ―Echki, qo`y va bo`rilar‖ kabi ertaklarda beriladi. 
―Tuyaqush bilan qoplon»ga nazar tashlaydigan bo`lsak, bu ertakda xuddi odamlar 
orasida bo`lganidek hayvonlar o`rtasida ham bir-birlariga yordam berish, ayniqsa, 
boshlariga ofat tushganda yurakdan, samimiy ko`maklashish g`oyasi yotadi. 
Qoplonning boshiga musibat tushdi. Tomog`iga katta bir suyak qadalib qoldi. 
Dod-faryod qildi. Tuyaqush qoplonga yordamga kelib: 


31 
- Osmonga qarab og`zingni ochib tur, men suyakni olib qo`yay, - debdi 
qoplonga. 
Qoplon osmonga qarab og`zini ochib turibdi. Tuyaqush uzun tumshug`ini 
qoplonning og`ziga solib, tiqilib turgan suyakni sug`irib tashlabdi. 
Qoplonning ko`zlari ravshan bo`lib, o`limdan qutilibdi. 
Bir oz joni orom olgandan keyin qoplon tuyaqushga qarab shunday debdi: 
- Sen mard ekansan, menga yaxshilik qilding, endi kel ikkalamiz do`st 
bo`lamiz, zarur vaqtda bir-birimizga yordamga kelamiz, - debdi. 
Tuyaqushga bu gap ma‘qul bo`libdi. Tuyaqush bilan qoplon ikkalalari do`st 
bo`libdilar. 
Xalqda, - o`zga bilan do`st bo`ldingmi, bir umrga bo`l, uni yaxshi-yomon 
kunlaringda sinama va unga riyokorlik ko`rsatma, - degan gap bor. Tuyaqush bu 
yo`ldan bormaydi. Oradan ko`p vaqt o`tadi. Kunlardan bir kun u qoplonni 
sinamoqchi bo`lib jo`rttaga: 
- Voy dod, o`lyapman, qoplon meni qutqar! – deya bor ovoz bilan qoplonni 
yordamga chaqiradi. 
Qoplon chin so`zli, do`stga sadoqatli, g`amxo`r va mehribon bo`lganligi 
uchun zudlik bilan tuyaqushning oldiga ―shox, butoqlar orasidan ustidagi junlari 
yulinib, harsillab etib kelibdi‖. Lekin u tuyaqushning yuzida tabassumni ko`rib 
hayron bo`ladi. Tuyaqushning surbetlik bilan ―ko`rmaganimga ancha vaqt bo`ldi, 
ahd-paymonimiz esingdan chiqib qolmadimi deb, sinab ko`rmoqchi edim‖, degan 
gapidan qattiq ranjiydi, dili og`riydi, do`stidan ko`ngli qoladi. 
Do`stni aldagan o`zini aldagan bo`ladi. Sen birovni bir marta aldadingmi, 
tamom u senga ikkinchi marta ishonmaydi. Tuyaqushda ham xuddi shunday 
bo`ladi. Boshqa kuni bo`ri uni ushlab eb qo`ymoqchi bo`lib turganda u har qancha 
baqirib chaqirmasin, qoplon uning ovozini eshitsa ham do`stim jo`rttaga 
dodlayabdi, deb o`ylaydi va uning oldiga kelmaydi. Tuyaqush bo`riga em bo`ladi. 
Kaptar azaldan inson bilan yaqin yashagan, insondan panoh izlagan, insonga 
ko`mak bergan. Kaptar qadimda bir yurtdan ikkinchi yurtga, bir odamdan ikkinchi 


32 
odamga maktublar olib borib berib aloqachilik vazifasini ham o`tagani ma‘lum. 
―Kaptar sovg`asi‖ (tamil xalq ertagi)da inson va kaptar taqdiri haqida gap boradi. 
Kijavanning ahvoli og`ir, kimsasiz o`rmonda bir parcha nonga muhtoj bo`lib 
hayot kechiradi. Uning qushlar, hayvonlarning tilini bilishi, ular bilan xuddi 
insonlar bilan gaplashgandek suhbat qurishi maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarga xush yoqadi. Kichkintoylarning ham o`sha Kijavan kabi qushlar bilan, 
hayvonlar bilan suhbat qurgilari keladi. Kijavan sog`lom, to`q, tetik jonivor, 
qushlar bilan gaplashsa xo`p yayrab xursand bo`ladi. Ba‘zi hollarda och, 
zaiflarning yurak dardlarini tinglab, ularga qo`shilib aziyat chekishi, ko`z yoshi 
to`kishi bolalarning qalblariga yaxshilik urug`ini sochadi, ular ham xuddi Kijavan 
kabi bo`lishga xavasmand bo`ladilar. Kijavanning majruh kaptarga g`amxo`rlik 
qilishi kichiktoylarga quvonch ulashadi: 
Bir kuni Kijavan juda qattiq och qolibdi. Biror narsa tamaddi qilay desa, hech 
vaqosi yo`q. U o`ylab-o`ylab, oxiri tayoq olib, o`rmonga jo`nabdi. O`rmonni 
aylanib-aylanib, u erda hech narsa topolmay, uyiga qaytibdi. Yo`lda ketayotib: 
- Menga yordam ber, - degan zaif bir tovushni eshitib qolibdi. Kijavan bunday 
qarasa, u erda bir kaptar yiqilib yotgan emish. 
- Men ucholmayman, qutqargin, - deb yalinibdi u Kijavanga. 
Kijavanning bechora kaptarga rahmi kelibdi. Uni yerdan avaylab ko`tarib 
olib, bag`riga bosganicha, yo`lida davom etibdi. Kapasiga kelib, qushni ehtiyotlik 
bilan yumshoq o`ringa yotqizibdi. 
- Tuzalib ketguningcha menikida yashaysan. Hech narsadan qo`rqmagin, seni 
xafa qilishlariga yo`l qo`ymayman. Qo`limdan kelganicha senga yordam beraman. 
Lekin hozircha senga ovqat beray desam, uyda eydigan hech vaqo yo`q, - debdi 
xafa bo`lib Kijavan. 
- Qayg`urma, - debdi kaptar uni tinchlantirib, - o`rmonda mango daraxti bor. 
Daraxt kavagining ichida guruch bor, borib ana shu guruchni olib kelgin. 
Daraxt kavagining ichida guruch bilan birga oltin, kumush, olmos, dur va 
boshqa qimmatbaho toshlar yog`du sochib yotgan bo`ladi. Kijavan o`sha yerdan 
bir siqim guruchni oladi, xolos. ―Bu toshlarni nima qilardim, axir o`zimni bezatish 


33 
niyatim yo`q-ku?‖ - deb ularga tegmaydi. Guruchni majruh kaptarga edirishidan 
kitobxon xursand bo`ladi. Saxiy, qo`li ochiq, ko`ngli to`q Kijavanga nisbatan 
bolalarning mehr-muhabbatlari oshadi. Kijavanga kaptarning uzuk sovg`a qilishi, 
uzuk oddiy emas, balki sehrli ekanligi, Kijavan nimaiki so`rasa uzuk uning istagini 
muhayyo qilishi ertak tinglovchini qoyil qoldiradi. Ularda yaxshilikka yaxshilik 
qaytar ekan-da, degan fikr paydo bo`ladi. 
Qo`li ochiq bo`lish, saxiylik qilish, do`stga sodiqlik namunasini ko`rsatish bu 
davrda tinglaydigan ertaklarning katta qismini tashkil etishi kerak. «Tulki bilan 
turna» ertagiga nazar tashlaydigan bo`lsak, bu holning butunlay teskarisini 
ko`ramiz. Dunyoda tulki zotidek mug`ombir, pismiq, aldamchi, riyokor bo`lmasa 
kerak. Ko`p ertaklarda turna insonga yaqin yuradi, unga ko`maklashadi, yordam 
beradi, saxiylikda ibrat ko`rsatadi. 
Ertakda tulki va turnaning bir-birlarini uylariga chaqirib mehmon qilishlari 
haqida gap boradi. Maqtanchoq, mug`ombir, ayyor tulki oddiy, sodda turnani 
uyiga chaqirib: 
- Albatta kelgin, jonginam, albatta azizim, juda yaxshilab mehmon qilaman! – 
debdi. 
Ba‘zan yangi do`stning fe‘l-atvori qanday ekanligini o`zi yaxshi bilmay 
yurakdagi borini oshkor qiladigan bolalar kabi turna ham tulkiga ishonadi, 
chinakamga meni mehmon qilar ekan-da, degan o`y-xayol bilan uning uyiga 
mehmonga keladi. Va tulki shirguruch pishirib, turnaning oldiga taqsimchada 
qo`yadi. Uzun tumshug`i bilan taqsimchaga taq-tuq uradi, ammo hech narsa eya 
olmaydi. Ayyor tulki esa bir zumda shirguruchni o`zi eb bo`ladi. 
Ertakda turnaga alam qiladigan joyi shuki tulki o`zi pishirgan taomni o`zi eb, 
yana xushomadgo`ylik qilib, - Aybga qo`shmaysan-da, jon do`stim! Yaxshilab 
mehmon qilishga boshqa narsa topa olmadim! deb surbetlik qilib turishi 
bolalarning qahr-g`azabini keltiradi. Ularni hayotda tulki kabi ochko`z, aldamchi 
bo`lmaslikka da‘vat etadi. 
Ertakda turnaning ham bo`sh kelmasligi, tulkini uyiga chorlab, mo`ndiga o`zi 
tayyorlagan ovqatni qo`yib, uni bir zumdayoq uzun tumshug`i bilan o`zi eb 


34 
qo`yishi kichkintoylarni xursand qiladi. Ularda qilmish-qidirmish, sen birovga 
nima qilsang, senga ham o`sha qilganing albatta, qaytib keladi, degan tushuncha 
hosil

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin