O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76
fayl 1491 20210818

 


48 
Adabiyotlar: 
1. M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 
2. M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma. 1996 y. 
3. Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor 
an‘analari Toshkent – 2011 
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012 
 
II BO`LIM. O„ZBEK BOLALAR ADABIYOTINING VUJUDGA KELISHI 
VA UNING IJODKORLARI FAOLIYATI 
 
 O„zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. O„tgan asrning 30-40 -
yillaridagi o„zbek bolalar adabiyoti. Hozirgi davrdagi o„zbek bolalar 
adabiyoti 
 
Rеja
1. O‗zbek bolalar adabiyotining vujudga kelishi. 
2. O‗tgan asrning 30-40–yillaridagi o‗zbek bolalar adabiyoti.
3. Hozirgi davrdagi o‗zbek bolalar adabiyoti.
 
 
Boy va rang-barang xalq og‗zaki ijodi namunalari yozma adabiyotning 
maydonga kelishi va rivojlanishida boy manba bo‗lib xizmat qiladi. Bu yerda yana 
bir narsani ta‘kidlab o‗tish kerak: badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umumiy 
taraqqiyoti bilan ham uzviy bog‗liq. Bu jihatdan Mahmud Koshg‗ariyning 
«Devon-u lug‗otit turk» asarini eslab o‗tish o‗rinlidir. XI asrning buyuk tilshunos 
olimi bu kitobda bizga ko‗pma‘lumotlar beradi. Unda XI asr adabiyoti bilan birga, 
avvalgi zamonlarda paydo bo‗lib, og‗izdan og‗izga, avloddan avlodga ko‗chib 
yurgan qo‗shiq va lirik she‘rlardan namunalar ham keltirilgan. Ayniqsa, mehnat, 


49 
qahramonlik, marosim, mavsum qo‗shiqlari haqida batafsil ma‘lumot 
beriladi.Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‗u bilig» (Saodatga olib 
boruvchi bilim), Ahmad Yugnakiyning «Hibat- ul-haqoyiq» (Sevimli haqiqatlar) 
dostonlarida hamda Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‗oniy-larning asarlarida til, 
ilm, fan, axloq-odob masalalari qamrab olinadi. Haydar Xorazmiy, Qutb, Durbek, 
Sakkokiy, Lutfiy singari shoirlarning adolatsizlik va zulmni qoralashga, oddiy 
insonning og‗ir ahvoliga achinish, orzu-armonlarini qisman bo‗lsa-da yoritishga 
qaratilgan asarlari tarixda muhim rol o‗ynaydi. Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy g‗azallari 
timsolida XIII asr o‗zbek she‘riyati hayotiy voqealarni aks ettirish sohasida katta 
badiiy tajriba to‗pladi. Bu tajriba Alisher Navoiydek buyuk san‘atkorning voyaga 
yetishi uchun zarur bo‗lgan shart-sharoitlarni tayyorladi. 
Alisher Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt-saodati uchun 
kurashga, xalqning osoyishtaligiga, o‗zaro urushlarning oldini olishga
obodonchilik ishlariga sarflagan, donishmand davlat arbobi, o‗zbek adabiy tiliga 
asos solgan va o‗zbek mumtoz adabiyotini yangi taraqqiyot pog‗onasiga ko‗targan 
buyuk so‗z san‘atkori bo‗lib, davrining madaniy hayotiga rahbarlik qildi, ilm-fan, 
san‘at va adabiyot ahliga homiylik qilib, ko‗plab shogirdlar yetishtirdi. 
Alisher Navoiy «Hayrat ul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) 
dostonining 40- bobida rostgo‗ylikning ajoyib fazilat ekanligini maqtab 
yozadi:―Har kim o‗ziga to‗g‗rilik (halollik)ni odat qilgandan keyin charxning 
teskari aylangani bilan nima ishi bor.Yo‗l qancha to‗g‗ri bo‗lsa, (manzil) shuncha 
yaqin. Nayza to‗g‗ri bo‗lganidan doim boshi yuqori. Arqon har narsaga 
chirmashgani uchun mol, qo‗ylarni bog‗laydi. Sarvning qomati to‗g‗ri bo‗lgani 
uchun xazon kulfatidan omonda va doimo yam-yashil… kimning qo‗li egri bo‗lsa, 
u o‗g‗ri bo‗ladi‖.
Bugungi o‗zbek bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi.O‗tgan asrning 
30-yillarga kelib, o‗zining professional shoir va yozuvchilariga ega bo‗ldi. Poeziya 
(Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, SHukur Sa‘dulla, Sulton Jo‗ra, 
Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), proza (Majid Fayziy, Dorjiya 
Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova) 


50 
sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, G‗afur G‗ulom, 
Hamid Olimjon, Oybek, SHokir Sulaymon, Elbek va G‗ayratiylar ham o‗zbek 
bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga o‗z hissalarini qo‗shdilar. 
Bu davrda Zafar Diyorning «Qo‗shiqlar» (1933), «Tantana» (1936), 
«SHe‘rlar» (1939), «Muborak» (1940), «SHe‘r va hikoyalar» (1940) to‗plamlari va 
«Mashinist» (1935) poemasi, «Baxtli yoshlik» dramasi, «Jo‗natish», 
«Nojo‗yaliklar» hikoyalari; A. Rahmatning «Dum» (1938), «Baxtli yoshlik» 
(1939), «Zavqli allalar» (1940), «SHe‘rlar» (1940), «Hiylagar tulki» (1940) 
kitoblari; Sulton Jo‗raning «Fidokor» (1940); Ilyos Muslimning ,,O‗suv» (1932), 
«Zaharxandalar» (1932) to‗plamlari, «Miqti keldi» poemasi (1934); SHukur 
Sa‘dullaning «Hayqiriq» (1933) to‗plamlari bosilib chiqdi. 
Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan juda ko‗plab asarlar o‗zbek tiliga 
tarjima qilindi. Buning natijasida o‗zbek bolalar adabiyoti har tomonlama boyib 
bordi. Ayniqsa, «Yosh turkistonliklar», «Bolalar yo‗ldoshi», «Bolalar dunyosi», 
,,O‗zgaruvchi bolalar», «Yosh kuch» kabi nashrlarning yo‗lga qo‗yilishi bolalar 
adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab bo‗ldi. 
Xullas, bolalar adabiyotining mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab 
hayoti, ona yurt tabiati, xalqlar do‗stligi, ilm, hunar va texnikaga muhabbat 
mavzulari bolalar adabiyotidan keng o‗rin oldi. 
Xalqimizda «Ona yurting omon bo‗lsa, rangi ro‗ying somon bo‗lmas», degan 
naql bor. Ikkinchi jahon urushi yillarida Oybek, Hamid Olimjon, G‗afur G‗ulom, 
Sobir Abdulla, Uyg‗un, Maqsud SHayxzoda, Zafar Diyor, Amin Umariy, 
G‗ayratiy, Mirtemir, Ilyos Muslim, Sulton Jo‗ra va boshqalar fashist 
bosqinchilarining yer bilan yakson bo‗lishiga komil ishonch g‗oyasi bilan 
yo‗g‗rilgan asarlar yaratdilar. Uyg‗unning «Xayrlashuv», Zafar Diyorning 
«Kichkina jangchi», Ilyos Muslimning «Yovni tutday to‗kamiz», Sulton Jo‗raning 
«Tekstil kombinati to‗quvchilari», Ra‘no Uzoqovaning «Talpin, yurak» she‘rlari 
bolalar adabiyotida urushni la‘natlovchi dastlabki asarlardan bo‗ldi. 
Bu davr bolalar adabiyotining asosiy mavzusini urush davridagi xalq 
qahramonlarining fashist bosqinchilariga qarshi jasoratlarga to‗la kurashi «Xat» 


51 
(Hamid Olimjon), «Sen yetim emassan» (G‗afur G‗ulom), «Vatan haqida», 
«Yigitlarga» (Oybek), «Kurash nechun?», «Kapitan Gastello» (Maqsud 
SHayxzoda), «Vatan haqida qo‗shiq» (Uyg‗un), «Vatan», «CHavandoz» (Temir 
Fattoh), «Qurol bering menga ham!», «Bizning oila» (Zafar Diyor), «To‗pchi 
Muhammad» (Sulton Jo‗ra), «Onamning aytganlari» (Adham Rahmat), «Biz 
yengamiz» (Hasan Said) kabi asarlarda o‗z ifodasini topdi. 
Zafar Diyor yaratgan qahramonlar yosh bo‗lishiga qaramay juda qasoskor. 
Ular tinchlik, osoyishtalik shaydolari, nemis-fashist bosqinchilarini qattiq qahr-
g‗azab bilan la‘natlaydilar.
Nemis-fashist bosqinchilari barcha qatori yosh bolalarning ham osuda 
hayotini buzdi. Ularni daryo, ko‗llar bo‗yida baliq tutib, hordiq chiqarishdan, bilim 
olib, quvnoq o‗yin-kulgu bilan yashashdan mahrum etdi 
Urush davri bolalar adabiyotida front orqasini mustahkamlash ishi ham 
alohida mavzu bo‗lib qolgan edi. Zafar Diyorning «Maktab — sening fronting», 
«Poezd ketar frontga», «Temirchilar minbari», SHukur Sa‘dullaning «Yoshlik», 
«Sen nima qilding?» kabi asarlarida bolalarning front orqasini mustahkamlashdagi 
jangovar mehnatlari namoyon bo‗ladi. 
Urushdan so‗nggi davr bolalar she‘riyatida ona-Vatan, go‗zal diyor, hur 
o‗lkamiz to‗g‗risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir. «Yashna, Vatan» (I. 
Muslim), «Obod o‗lkam», «Yurtimizning yuragi» (P. Mo‗min), «Mening 
Vatanim», «Baxtli bolalar» (Q. Hikmat), «O‗lkamizning tongi otmoqda» (A. 
Rahmat), «Dehqon bobo va o‗n ikki bolakay qissasi» (A. Oripov), «Ona degan 
so‗z» (O. Matjon) kabi bu mavzuda yaratilgan she‘rlarni sanagan bilan tamom 
bo‗lmaydi. 
Abdulla Oripovning «Dehqon bobo va o‗n ikki bolakay qissasi» she‘ri bolalar 
adabiyotining keyingi yillarda qo‗lga kiritgan jiddiy yutuqlaridan bo‗ldi. O‗zbek 
bolalar she‘riyatida O‗zbekiston haqida ko‗plab asarlar bor. A. Oripov ularni 
takrorlamasdan o‗ziga xos original asar yozgan. SHe‘r qahramonlari o‗n ikki 
viloyatdan chiqqan a‘lochi, jamoatchi o‗quvchi bolalar.Ular o‗z joylarining tarixini 
yaxshi bilishadi. Poezdda o‗zlariga hamroh bo‗lgan boboning savollariga lo‗nda-


52 
lo‗nda qilib javob berishadi. O‗zbekistondagi har bir viloyatning o‗ziga xos 
boyligi, shaharlari, bag‗rikeng odamlari kitobxon ko‗z o‗ngida bir-bir gavdalanadi. 
O‗zaro suhbat asosiga qurilgan bu she‘rda boboning yakuniy nutqi juda 
salmoqli. To‗rt misra she‘r bilan tobora gullab-yashnab borayotgan, o‗z taqdirini 
o‗zi bunyod etayotgan diyorimizning husni jamoli, salobati va qudrati bir 
butunligicha ifoda etilgan: 
O‗zbek xalqi avvaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga ota-bobolarimizdan 
meros bo‗lib qolgan. Q. Muhammadiyning «Etik», «Buvimning hikoyasi», H. 
Yoqubovning «Sirdaryo oftobi», SHukur Sa‘dullaning «Hovlimizning bolalari», 
«Dastyor qiz», «Bog‗bon qiz», Ilyos Muslimning «Oyxon va rayhon», «Ishchan 
asalarilar», «Sening sovg‗ang», Po‗lat Mo‗minning «Dalalarga qarasam», «Oftob 
chiqdi olamga», Qudrat Hikmatning «Bobo va nabira», «Jo‗jam, yurma laqillab», 
Tolib Yo‗ldoshning «Vaqt qadri», Yusuf SHomansurning «Baraka», «Tikuvchi» 
she‘rlari bevosita mehnat mavzusiga bag‗ishlangan. 
SHoirlarimiz o‗z asarlarida bolalarni mehnatkash bo‗lishga, mehnat ahlini 
hurmat qilishga, ularning peshona terlari evaziga bunyod etilgan narsalarni 
e‘zozlashga, asrab-avaylashga da‘vat qiluvchi she‘rlari bilan kitobxon mehrini 
qozonmoqdalar. 
Bolalarni bog‗cha yoshidan boshlaboq tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalash 
muhim ishlardan biri hisoblanadi.Bolalar ijodkorlari bu masalaga alohida e‘tibor 
bermoqdalar. «Kichkinabog‗bon haqida doston», «Suv bilan suhbat», «Yuksak 
tog‗, keng o‗tloq va mard o‗rtoq haqida qissa» (Z. Diyor), «To‗rt fasl» (SH. 
Sa‘dulla), «Bizning bog‗ga kelinglar» (G‗. G‗ulom), «Boychechak», «G‗uncha» 
(Uyg‗un), «O‗rik gullaganda» (H. Olimjon), «Yurtimiz tabiati», «Tillaqo‗ng‗iz» (I. 
Muslim), «Tabiat alifbosi», «Qanotli do‗stlar» (Q. Muhammadiy), «Bahor», «Tog‗ 
manzarasi», «Suv» (Q. Hikmat), «Toshbaqa» (Y. SHomansur), «Bircho‗ntak 
yong‗oq» (M. A‘zam), «Kamalak afsonasi» (O. Matjon) va boshqalar shular 
jumlasiga kiradi.
Bolalar shoiri Olim Mahkam o‗ziga o‗zi talabchan qalamkashlardan. U 
o‗zining har bir asarini qayta-qayta ishlaydi, tilining sodda, badiiy mukammal 


53 
bo‗lishiga katta e‘tibor beradi. Uning «Kapalak» she‘rini olib ko‗raylik. To‗rt 
misradan iborat bu asar naqadar oddiy, naqadar sodda. Ammo juda ta‘sirchan. 
SHe‘rda insonlar u yoqda tursin, hatto hasharot-u qurt-qumursqalar ham tabiatning 
mudom guldek yashnab turishi tarafdori ekanligi ayon bo‗ladi. 
Po‗lat Mo‗minning «Xoh o‗qishda, xoh ishda», «Sinfimiz qo‗shig‗i», 
«Ustozlar»; Ergash Raimovning «Endi katta bolaman» kabi asarlarida shu kunning 
nafasi sezilib turadi. 
Odatda, bolalar orzular qanotida yashaydi. «Endi katta bolaman» she‘rida 
bolaning orzu-niyati nihoyatda buyuk — tezroq o‗sib, ulg‗ayib maktab o‗quvchisi 
bo‗lish: 
Bultur edim oltida, Yillar yurmas ketiga, 
Yoshim yetmay qoldi-da.Bu yil to‗ldim yettiga. 
Maktabga yozishmadi, Endi katta bolaman, 
O‗qishga olishmadi. Men maktabga boraman. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin o‗tgan davr ichida o‗nlab poemalar, ertaklar, 
dostonlar maydonga keldi. Oybekning «Zafar va Zahro», «Bobom»; Quddus 
Muhammadiyning «Dunyoda eng kuchli nima?», «Solijon»; SHukur Sa‘dullaning 
«Laqma it», «Ikki donishmand»; Po‗lat Mo‗minning «O‗rinbosarlar», «Eh, rosa 
shirin ekan», «Xolning jiyron velosipedi», «Oltin nay», «Jalil eshitgan ertak»; 
Qudrat Hikmatning «Toshbaqalar hujumi», «Bobodehqon hangomasi», 
«CHovkar», «CHirchiq farzandi»; Ramz Bobojonning «CHo‗pon o‗g‗li»; Safar 
Barnoevning «Biz dehqon bolasimiz», «Oltin shahar haqida afsona», «Oltin 
oshiqlar»; Miraziz A‘zamning «Aqlli bolalar», «Bedananing buvisi»; Toshpo‗lat 
Hamidning «Asrorqulning qo‗chqori»; Ergash Raimovning «Bir dona yaproq»; 
Azim Usmonning «G‗aroyib ajdarho»; Kavsar Turdievaning «Toshkesarlar 
mamlakatida» kabi doston va ertak-dostonlari yaratildi. 
Hozirgi zamon o‗zbek bolalar adabiyotida she‘riyat rivoj-langani kabi nasrda 
ham salmoqli asarlar yuzaga keldi.Yozuv-chilarning yangidan yangi avlodlari 
kamol topdi. Ayniqsa, hikoyachilik o‗sdi. Bolalarning yoshi, qiziqishi, 
dunyoqarashiga to‗la javob bera oladigan hikoyalar bunyod etildi. Hakim Nazir


54 
Yoqubjon SHukurov, SHukur Sa‘dulla, Xudoyberdi To‗xtaboev, Turg‗unboy 
G‗oipov, Rahmat Azizxo‗jaev, Latif Mahmudov, Farhod Musajon, Sobir Yunusov, 
Oqiljon Husanov, Mahmud Murodov, Nodir Nazarov, Ergash Raimov, Safar 
Barnoev, Abusaid Ko‗chimov, Anvar Obidjon va boshqalarning o‗nlab hikoyalar 
to‗plamlari bosilib chiqdi. 
Juda ko‗p hikoyalarda kichkintoylarning hayotlari o‗z ifodasini topmoqda. 
SHodmonbek Otaboevning «Itolg‗i» hikoyasi qush, qurt-qumursqalarni sevish, 
ardoqlashga qaratilgan. Itolg‗i chumchuq va chug‗urchuqlarni tutib olib yeydigan 
qush. SHukurali aka Itolg‗ini jiyani SHavkatga sovg‗a qiladi.SHavkat uzum 
qo‗riqlashda undan foydalanmoqchi edi.Ammo qush ularnikida o‗zini erkin 
sezmaydi. Buning sababini surishtirganda SHavkatning otasi bu qush ozod va 
erkinlikni qo‗msayotganligini tushuntiradi. SHavkat qushlarni yaxshi ko‗radigan, 
rahmdil bola. U Itolg‗ini qafasda uch kun zo‗rg‗a ushlab turadi. Qafasda qush 
emas, o‗zi o‗tirgandek bo‗ladi va Itolg‗ini qafasdan butunlay chiqarib yuboradi. 
Qush bolaga «rahmat» degandek parvoz qilib ketadi. 
Bolalar qissachiligida ham ko‗plab yaxshi asarlar yaratildi. Oybek, G‗afur 
G‗ulom, Abdulla Qahhordan tortib bugungi kunga qadar hisoblaydigan bo‗lsak, 
ularning soni nihoyatda o‗sdi. Bunga misol qilib Hakim Nazir, Shukur Sa‘dulla, 
Xudoyberdi To‗xtaboev, Hojiakbar SHayxov, Anvar Obidjon, Latif Mahmudov, 
Farhod Musajon, Habib Po‗latov, Muqimjon Niyozov, Rustam Rahmonov, Iboxon, 
SHukur Xolmirzaev, Oqiljon Husanov, Marva Jaloliddinova, Asad Dilmurod, 
Abusaid Ko‗chimov, Ergash Raimov, Mamatqul Hazratqulov va boshqalarni 
ko‗rsatish mumkin. 
Bu davr bolalar qissachiligining mavzu doirasi juda kengaydi. Kattalarning 
mehnati, ularning jasoratlari («Yonar daryo»), ikkinchi jahon urushida ishtirok 
etish («Rustamjonning sarguzashtlari»), tobora gullab-yashnab borayotgan go‗zal 
shaharlarimiz va bag‗rikeng, insonparvar odamlarimiz («Komandirning boshidan 
kechirganlari»), o‗tmishda zulmkorlarga qarshi kurash, baxtli va yorug‗ kun uchun 
intilish («Kachal polvon»), ikkinchi jahon urushi davrida bolalar hayoti va ularning 
daladagi faoliyati («CHangalzordagi sharpa»), chorvadorlarga ko‗mak («Oq otli»), 


55 
o‗quvchilarning dalachilik brigadalari («Zamon»), sho‗x va o‗zboshimcha bolalar, 
ularning qayta tarbiyasi («Bizning roman») kabi mavzular bu davr qissachiligida 
yetakchi o‗rinda turadi. 
Bu davr bolalar qissachiligida sarguzasht, ilmiy-fantastika janrlari ham rivoj 
topdi. Xudoyberdi To‗xtaboev («Sariq devni minib», «Qasoskorning oltin boshi», 
«SHirin qovunlar mamlakatida»), Hojiakbar SHayxov («Samo mahvaridagi 
namoyish», «SHom kamari», «Ajdodlar xotirasi»), Mahkam Mahmudov («Teskari 
ko‗zlar sayyorasi»), Anvar Obidjon («0099 nomerli yolg‗onchi», «Dahshatli 
meshpolvon»), Olloyor («Fazogir chumoli»), Oqiljon Husanov («Tog‗da o‗sgan 
bola») va boshqalar bu janrda samarali ijod qilmoqdalar. 
Bolalar tarbiyasida dramaturgiya janrida yaratilgan asarlar ham katta rol 
o‗ynaydi. Hakim Nazir, Adham Rahmat, Po‗lat Mo‗min, Mamarasul Boboev, 
Turg‗unboy G‗oyipov, Narimon Orifjonov, Latif Mahmudov, Farhod 
Musajonlarning pesalari o‗zining bolalarbopligi bilan kichkintoylar quvonchiga 
quvonch qo‗shib kelmoqda. 
Hozirgi zamon o‗zbek bolalar badiiy adabiyoti bilan birga bolalar 
adabiyotshunosligi va adabiy tanqid ham pog‗onama-pog‗ona o‗sdi, rivojlandi. Bir 
qator darslik, qo‗llanma, majmua, monografiya, kitoblar yozildi. O‗nlab nomzodlik 
va doktorlik dis-sertatsiyalari himoya qilindi. SHu zaylda hozirgi zamon o‗zbek 
bolalar adabiyoti rivojlanishda davom etmoqda.U yangi yozuvchilar, yangi asarlar 
bilan tobora boyib bormoqda.Bir so‗z bilan aytganda, bu adabiyot jonajon 
O‗zbekistonimizning tobora gullab-yashnashi uchun xizmat qilmoqda. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin