60
uchun «Engil adabiyot», 2- sinf uchun «Axloq hikoyalari» o‗qish kitoblarini
tuzadi.
Hamza 1915-yilda Marg‗ilonga borib, kambag‗al
bolalari uchun maktab
ochadi. 1918- yilda Farg‗onaga borib o‗qituvchilikni davom ettiradi va u yerda
yosh san‘atkor-ixlosmandlarni to‗plab, «Sayyor dram truppa» tashkil qiladi. 1919-
yilning boshlarida Hamza Qo‗qondagi 1- boqimsiz
bolalar uyiga mudir qilib
tayinlanadi. Bu yerda u uch sinfli maktab ochib, o‗zi o‗qituvchilik qiladi. 1922 —
1924- yillarda shoir Qoraqalpog‗istonning Xo‗jayli tumanidagi 1- bolalar uyi
mudiri va o‗qituvchisi bo‗lib ishlaydi. 1925- yilda esa Farg‗onaning
Avval
qishlog‗iga o‗qituvchi qilib tayinlanadi va g‗oyat og‗ir sharoitda ishlaydi. Ayni
vaqtda u xalqni yangi zamon qurilishi tomon chaqiruvchi ijodini davom ettiradi.
Shoir 1928 — 1929-yillarda Shohimardonga borib o‗qituvchilik qiladi.
Hamzaning tarbiyachilik faoliyatini uning shu mavzuda yozgan asarlari
yanada to‗ldiradi. Uning ilm va tarbiyaviy mavzuda yaratgan «Ilm ista»,
«Maktab», «Kitob», ,,O‗qi», «Qalam», «Hikoya», «To‗g‗riso‗zbola», «Hikoyat»,
«Toshbaqa va Chayon», «Bolaning yomon bo‗lmog‗iga sabab bo‗lgan
onaning
jazosi» kabi she‘rlari xarakterlidir. Bu asarlar shoirning 1914- yilgacha bo‗lgan
ijodidan namuna sifatida tahsinga loyiqdir.
Hamza xalqni o‗qitish, savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi,
maktablar uchun darslik va qo‗llanmalar yozishni o‗ziga maqsad qilib oladi.
Hamza yozgan darsliklar uning o‗sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar
adabiyotini tushunishi ibratlidir.Bu g‗oya ―Engil adabiyot‖da o‗z aksini topgan.
Dostları ilə paylaş: