O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76
fayl 1491 20210818

 
Mustahkamlash uchun savollar 
1. A. Avloniyning qanday darsliklarini bilasiz va ularning mazmuni nimalardan 
iborat? 
2. Abdulla Avloniy o‗zining qaysi kitob va asarlari bilan hozirgi o‗zbek bolalar 
adabiyotining rivojlanishiga hissa qo‗shgan? 
3. Abdulla Avloniyning dramatik asarlari haqida nima bilasiz? 
4.Hamzaning qanday darslik kitoblarini bilasiz? 


61 
5.«O‗qi», «Ilm ista», «Maktab» asarlarida shoir nimaga chaqiradi? 
6. Shoirning qanday masallarini bilasiz? 
 
Mustaqil o`qish uchun badiiy asarlar: 
1. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asari. 
2. Hamzaning ―Gul‖ turkumidagi she‘rlari. 
Adabiyotlar: 
1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti.Darslik.2010 yil. 
2.M.Jumaboyеv. O‗zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‗llanma.1996 y. 
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‗zbek yozma adabiyotida folklor an‘analari 
Toshkent – 2011yil. 
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012yil. 
 
G„AFUR G„ULOM VA QUDDUS MUHAMMADIYNING HAYOTI 
VA IJODIY FAOLIYATI 
 
Reja: 
1G‗afur G‗ulomning hayoti va ijodi. 
2.Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati
 
G„afur G„ulom. 1903 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan otashnafas 
kuychi G‗afur G‗ulom hozirgi zamon о‗zbek bolalar adabiyotining yuksalishida 
muhim о‗rin egallaydi. 
1918- yilda G‗afur G‗ulom 8 
oylik tarbiyachilar tayyorlash kursiga 
kirib o‗qidi va 1919-yildan boshlab 


62 
tarbiyachilik, o‗qituvchilik ishlari bilan 
shug‗ullana boshladi. Bolalarni bilim 
va madaniyat quchog‗iga tortishda u 
astoydil xizmat qildi. U Toshkentdagi 
«Urfon» nomli maktab qoshidagi 
boquvchisiz bolalar uyida tarbiyachi va 
mudir bo‗lib ishladi. 
1923- yildan adabiyot maydoniga 
qadam qo‗ygan G‗afur G‗ulom o‗z 
ijodini bolalarga atab she‘r yozishdan 
boshladi. She‘riyat bu bizning 
shunday shaxsiy vaqtimizki, biz unda 
yashashimiz qiyin bо‗lgin dunyoning 
majmuasidir
4
.
U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy 
meros qoldirdi. SHoirning «Mukofot» (1940), «She‘rlar» (1946), «Tongotar 
qo‗shig‗i» (1949), «Bari seniki» (1953), «Bir g‗uncha ochilguncha» (1955), «Siz 
mening yoshligimsiz» (1958) she‘riy to‗plamlari, o‗rta va katta yoshdagi bolalar 
uchun «SHum bola», «Tirilgan murda» (1934), «Yodgor» (1935) kabi ajoyib 
asarlari bolalar adabiyotida munosib o‗rin tutadi. 
Shoir «Bari seniki» she‘rida yuksak vatanparvarlik g‗oyasini ilgari suradi. 
Ayni chog‗da, o‗z xalqining baxtini, go‗zal Vatanning istiqbolini kuylagan shoir 
hayotga bo‗lgan muhabbatini Vatanga bo‗lgan muhabbati tuyg‗usi bilan yonma-
yon ko‗radi, bolalarga ikkovini bir butun holda tushuntiradi. Buni shoir bola tilidan 
quyidagicha ifodalaydi: 
Muncha ham chiroylisan, aziz Vatanim, 
Bodomday ming ko‗z bilan sevar badanim. 
4
Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012
T.S Eliot
. Chapter 6–Page 70


63 
Sensan avval-oxir, sensan sevganim, 
Jonim, yurak qonim, hatto shu tanim 
Bir butun holicha bari seniki. 
G‗ulomning «Tirilgan murda» asarida jamiyatga dog‗ bo‗lib tushadigan 
dangasalik o‗rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalovchi qudrati 
ko‗rsatiladi. Muallif ijodiy maqsadni Mamajonning boshidan kechirganlari va 
uning o‗zi tomonidan yozilgan kundalik sahifalari vositasida kulgili tarzda hikoya 
qiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, olti fasldan iborat bo‗lib, ularda mulla 
Mamajonning 1925- yildan to 1933- yilgacha o‗tgan davrda boshidan kechirganlari 
yozilgan. Asarda G‗afur G‗ulom o‗z qahramoniga «so‗z» berib, uning o‗ziga xos 
xarakterini yaratadi. 
Adibning «Tirilgan murda» asari ikki qismdan iborat. Ikkinchi qismda uning 
jamoa xo‗jaligiga kirishi va qayta tarbiyalanishi, farovon hayotga erishishi 
tasvirlanadi. 
G‘.G‘ulomning o‘zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish sohasidagi 
hizmatlarini alohida umumlashtirish yo‘nalishidagi ilk urinishlar XX asrning 
o‘rtalaridayoq yuzaga kelgan edi. O‘shanda pedagogika bilim yurtlarida o‘qishga 
mo‘ljallangan bolalar adabiyoti faniga oid o‘quv qo‘llanmalari va 
xrestomatiyalarida G‘.G‘ulom alohida ijodkor sifatida taqdim etilib, uning haqida 
portret-maqola va asarlaridan namunalar berila boshlangan edi.G‘afur G‘ulomning 
bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va murabbiylik tuyg‘ulari chuqur singishib 
ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik hotiralari ta‘siri ayricha rol o‘ynaganini 
alohida ta‘kidlash joiz.Shu holat uni qo‘liga qalam olib ilk she‘rini yozishga 
undagan edi.«Bir kuni, - deb yozgan edi u o‘zining «Kechmish va 
kechirmishlarimdan» xotiranomasida, - bolalar bog‘chasidagi yetim bolalardan 15 
tasini bizning internatga o‘tkazdilar.Men bu go‘daklar bilan birga tunab 
qoldim.Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik qilib chiqdim. Shu kecha o‘z yetimligim, 
boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli... to‘g‘risida she‘r yozdim. 
Shu she‘rimni birinchi she‘rim desam bo‘ladi‖. O‘sha ilk she‘ridayoq u bolalarning 
ham hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham insonday yashash va 


64 
ulg‘ayish huquqiga ega ekanliklarini ularning o‘z tillaridan favqulodda bir 
ko‘tarinkilik bilan ifoda etgan edi. 
Biz Odam bolasimiz, 
Odamning donasimiz. 
Biz o‘sib ulg‘ayamiz, 
Olim bo‘lish g‘oyamiz. 
G‘afur G‘ulom yetimlikda ulg‘ayganini umr bo‘yi unuta olmadi. Yetimlik uni 
o‘ksik qalb sohibiga aylantirgan va mudom ta‘qib etganligi tufayli bolalarga atab 
qaysi mavzuda she‘r yozmasin, o‘sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari 
uyg‘onishi tabiiy edi. Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o‘zbek she‘riyatida 
voqeaga aylangan «Sen yetim emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram 
maktubi» va boshqa qator she‘rlarida ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin, 
shoirning roppa-rosa ellik ikki yasharligida yaratgan «Bayram maktubi» she‘rida 
o‘qiymiz: 
O‘ttiz sakkiz yil burun 
Bugungi siz bilan teng 
O‘n to‘rt bolalarda edim. 
Tongsiz, uzun kechqurun 
qora qo‘ynin ochar keng 
Ko‘z o‘ngida uchurum. 
Maktab qayoqda deysiz? 
Nonning hatto o‘zi yo‘q, 
Bo‘z yaktak, yirtiq ishton, 
Eshiksiz, o‘tsiz, nursiz, 
Vayronalar qup-quruq, 
Halq tentirar parishon 
Oq podshoning urushi 
Yurtni yergacha toptab, 
Tekkan edi tinkaga. 
Och qo‘shinning yurishi 
Er yuzini gur o‘rtab, 
O‘xshardi alangaga. 


65 
Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida 
shu xilda fosh etarkan, qonxo‘r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan 
ayru etib, yetim qoldirayotganidan jirkanganida yana o‘sha «o‘ninchi yillar 
sargardonligi»ni eslamay, o‘tolmaydi: 
G‘.Gulomning o‘smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan 
«Netay», «Yodgor» va «Shum bola» қissalarida shu muammo tahlil қilindi. Adib 
asarlarida etimlikni keltirib chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish 
yo‘lidan boradi. Uning talqinicha, yetimlik-mohiyat e‘tibori bilan o‘gaylik ham. 
Chindan-da, o‘z otasi yo onasi (ba‘zan har ikkovi)dan bevaqt ajralib, o‘gay ota 
yoki o‘gay onadan shafqat emas, shafqatsizlik ko‘rgan bolakayning achchiq va 
alamli qismati-shunday foje‘ qismatdir. Bunday holatda yetimning o‘gayligi 
birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G‘afur G‘ulom masalani shu 
holda echish yo‘lidan bormagan, aksincha u o‘tmishdagi nobop tuzum va bemehr 
jamiyatning shafqatsizligi ham o‘lganni tepkilab, etim-esirlarga o‘gaylik qilishi 
fojeasini ochishga harakat qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo‘ldi. 
Bu jihatdan Netay va SHum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e‘tiborni 
tortadi. 
«Yodgor» qissasida yetimlik syujetni harakatga solgan motiv.Unda yetim 
go‘dak Yodgorning qismatiga munosabat hal qiluvchi rol o‘ynaydi. S.Mamajonov 
to‘g‘ri ta‘kidlaganidek: «Yodgor» poetik ma‘lum jihatidan ramzli nom. Go‘dak 
Yodgor asarda tasvir ob‘ekti bo‘lmasa ham yozuvchi uchun yangi insoniy 
munosabatlarni ko‘rsatib berish uchun ola bir vosita rolini o‘ynaydi, xolos. Bu 
go‘dak Mehri va Jo‘ralar, ularning ota-onalarining qalb dunyosini ochib beruvchi 
bir kalitdir, ohu go‘dak asar voqeasini yaratadi, konfliktga keskin tus beradi, 
syujetni o‘stiradi va uni ikkiga bo‘lib tashlab, keyin yana bir-biriga qo‘ohadi, Shu 
go‘dak xarakterlarni rivojlantiradi, ochadi. U asardagi voqealar va odamlarni bir-
biri bilan munosabatga kirituvchi, asarning hamma bo‘lagini yozuvchining ko‘rish 
markaziga bog‘lab, tortib turuvchi magnitdir: Mehrining o‘z sevganiga shu go‘dak 
halaqit beradi. Jo‘raning «aybsiz aybdor» bo‘lib onasi, aka va ammalari oldida 
ta‘naga qolishida shu go‘dak sababchi bo‘ladi, xuddi sxuningdek, Jo‘raning 


66 
insoniyligini ochib beruvchi, Saodat sevgisini sinovdan o‘tkazuvchi va Mehriga 
hayot haqiqatini tushuntirgan ham shu go‘dak – «Yodgordir».
*** 
XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus 
Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta 
maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat 
universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi.
Ijodga, ayniqsa, bolalarga bo‗lgan mehri uni shoir qildi, desak ayni haqiqatni 
aytgan bo‗lamiz. Quddus Muhammadiyning ilk asarlari ―Sharq haqiqati‖ gazetasi 
va ―Yer yuzi‖ jurnalida chop etilgan. Keyinchalik uning ―Sandal va pechka‖, ―O‗z-
o‗zini tanqid‖ kabi mashhur dostonlari yaratildi. 
Quddus Muhammadiy 1941 – 1944 yillarda taniqli baxshi – Islom shoirga 
kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashg‗ul bo‗ldi. 
Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi 
she‘riy to‗plami ―Sinov‖ (1947) nomi bilan nashr 
etildi. Shundan so‗ng ―O‗quvchiga esdalik‖ (1947), 
―She‘r va ertaklar‖ (1947), ―Orzu‖ (1948), ―Bahor 
keldi‖ (1950), ―Dunyoda eng kuchli nima?‖ (1951), 
―Qirq o‗g‗il va qiz‖ (1951), ―Bizning do‗stlarimiz‖ 
(1952), ―Sen tug‗ilgan kun‖ (1952), ―Yangi uy‖ 
(1953), ―Mehribon do‗stlar‖ (1953), ―Qo‗ng‗izboy 
bilan sichqonboy‖ (1955), ―Tugmacha‖ (1956), 
―Tanlangan asarlar‖ (1957) kabi o‗ttizdan ortiq 
kitoblari bosilib chiqdi. 
Fidoiy shoir faqat bolalar shoirigina emas, bolalar adabiyotining jonkuyari va 
targ‗ibotchisi sifatida ham o‗nlab maqolalar yozdi. Uning ―Bolalar adabiyotining 
yanada ravnaqi uchun‖ (1961), ―Bolalar adabiyotini o‗rganaylik‖ (1963), ―Ilhom 
bilan‖ (1967) kabi maqolalari shular jumlasidandir. 


67 
Bir umr kichkintoylarning katta adabiyotini yaratish uchun samarali ijod 
qilgan otaxon shoirlardan biri Quddus Muhammadiyda shunday misralar bor: 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin