O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi andijon davlat universiteti f. Q. Kiyikbayev



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/76
tarix20.05.2022
ölçüsü1,97 Mb.
#58779
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76
fayl 1491 20210818

Egri shoxni bogʻbon ham 
Kesib tashlar koʻrgan dam. 
Shu sabab toʻgʻri oʻzar 
Egri esa ozar, toʻzar. 
Ha, kimki bola tarbiyasida xuddi bogʻbon kabi yoʻl tutadigan boʻlsa, uning 
farzandi kelajakda oʻqimishli, aqlli, hushli boʻladi. Zero, Quddus 
Muhammadiyning ham maqsad-murodi shunday. Otaxon shoirning har bir 
asaridan kichkintoylarni to^riso^z, oʻqimishli boʻlishga chorlovchi misralarni 
topish mumkin. 
Kichkintoylarning buyuk shoiri Quddus Muhammadiy 1907 yilda, Toshkent 
shahrida mehnatkash dehqon oilasida dunyoga keldi. Boʻlajak shoirning otasi 
Muhammad Alibek Abdurahmonbekov savodli kishi edi. U dastlabki maʼlumotni 
otasidan oldi. 
1925 yilda otasi vafot etgach, Quddus Muhammadiy avval amakisinikida, 
soʻngra esa maktab-internatda tarbiya oladi. Internatda Q. Muhammadiyning 
birinchi sheʼri – ―Chuvalachi‖ maydonga keladi va bu yerda chiqadigan ―Quyosh‖ 
nomli devoriy gazetada eʼlon qilinadi. 
Shu ilk mashqlaridayoq boʻlajak shoirning nafosat olamini kuzatish va badiiy 
idrok etish isteʼdodi hamda umumlashtirish mahorati yaqqol koʻrinadi. 
U yetti yillik maktabni muvaffaqiyatli tamomlab, Toshkent qishloq xoʻjalik 
texnikumiga oʻqishga kiradi. Bu yerda u bolalar uchun sheʼrlar yoza boshlaydi. 
Uning ―Tong oʻyini‖, ―Paranji‖, ―Ahmad va asalari‖, ―Seleksiya stansiyasi‖ nomli 
sheʼrlari vaqtli matbuotda bosilib chiqadi. 
1931 yildan Q. Muhammadiy maktabda botanika oʻqituvchisi boʻlib ishladi, 
shu bilan birga Oʻrta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida oʻqiy 
boshladi. Bolalar uyidagi va universitetdagi hayot, mehribon murabbiy va 
muallimlarning gʻamxoʻrliklari Q. Muhammadiy qalbida bir umr oʻchmas iz 


68 
qoldiradi. Bu yerdagi oʻzaro doʻstlik boʻlajak shoir qalbini togʻdek koʻtarib 
yuboradi. 
Quddus Muhammadiy Oybek, H. Olimjon, Gʻ. Gʻulomlarni oʻzi uchun ustoz 
deb bilgan, ulardan oʻrgangan, ular bilan doimo ijodiy muloqotda boʻlgan. Ilk 
sheʼrlaridan biri ―Tong oʻyini‖ orqali ulkan adib Oybek bilan tanishadi. Oybek bu 
isteʼdodli bolalar shoirini hamisha qoʻllab-quvvatlab, ijodiga gʻamxoʻrlik qilib 
kelgan. 
Bir kuni yozuvchilar uyushmasida mushoira boʻladi. Mushoiraga raislik 
qilayotgan Hamid Olimjon sheʼr oʻqish navbatini Quddus Muhammadiyga beradi. 
Q. Muhammadiy zavq bilan ―Saʼva sayrarkan‖ sheʼrini oʻqiydi. Uning ijodiy 
qobiliyatini payqagan H. Olimjon sheʼr tugashi bilan yoniga chaqirtiradi. 
Qachondan beri sheʼr yozishini, qayerda ishlashini surishtirib, sheʼr maʼqul 
tushganini aytadi. Soʻng bolalar uchun sheʼrlarning kamligi haqida toʻxtalib, 
shunday ajoyib sheʼrlarni koʻproq yozishni taʼkidlaydi. 
Quddus Muhammadiy ijodiga xos boʻlgan muhim xususiyatlardan biri 
hozirjavoblikdir. Shoir asarlarida ona-Vatanga muhabbat, aʼlo oʻqish, xulq-odobda 
boshqalarga namuna boʻlishga daʼvat etish, fan va texnikani oʻrganish masalalari 
asosiy mavzulardan hisoblanadi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida Quddus Muhammadiy Islom Shoirga adabiy 
kotiblik qiladi. Bu yerda u xalq ogʻzaki ijodi namunalari bilan yaqindan tanishadi. 
Islom Shoirdan koʻp narsalarni oʻrganadi. 
Shoirning birinchi sheʼrlar toʻplami 1946 yilda ―Oʻquvchiga esdalik‖ nomi 
bilan bosilib chiqadi. Shundan keyin uning 60 dan ziyodroq turli nom va tillardagi 
kitoblari chop etiladi. 
Quddus Muhammadiy doimo zarur mavzularda asarlar yaratib keldi. Har bir 
sheʼrni kundalik hayotimizdan olib yozdi. Yozganda ham qiziq yozdi, qizgʻin 
yozdi, soz yozdi. Bolalarni oʻqishga, hunar oʻrganishga, odobli boʻlishga, 
mehnatga chorlaydi, qiziqtirdi. Buni shoirning ―Oʻquvchiga esdalik‖ sheʼrida 
koʻrish mumkin. Asarda maktab oʻquvchisining maʼnaviy qiyofasi va vazifalariga 
mufassal toʻxtalib, oʻqish, bilim oʻrganish zarurligini taʼkidlaydi: 


69 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin