25
dardlashishi, baham ko`rishi lozim. Chiroyli, burro, dona-dona qilib gapirish ham
bir mahorat, san‘at hisoblanadi.
Xalqda chaqaloq olamga kelishi va unga parvarish ishlari boshlanishi bilanoq
ota-ona, buvi-bobolar birinchi navbatda uning ko`zi, tiliga ko`proq e‘tibor
beradilar. Ko`zlarining nurafshon, tilining burro bo`lishi uchun bor kuch,
mahoratlarini ayamaydilar.
Inson gapirmasa, soqov bo`lsa bu og`ir ish, mushkul
savdo hisoblangan. Shunga ko`ra qadim-qadim zamonlarda bolaga alla-qo`shiq
aytishda onalar bu haqdagi ezgu niyatlarini mana bunday misralarda ifoda
etishgan:
Uyingga bug`doy to`lsin,
Tiling burro bo`lsin,
Alla, bolam, alla-yo,
Jonim bolam, alla-yo.
Ko`rar ko`zim, alla-yo,
So`zlar so`zim, alla-yo!
Xalqda buni tez aytish deyiladi. Demak, xalq og`zaki ijodining eng ko`p
tarqalgan va muhim janrlaridan biri tez aytish ekan. Tez aytish bolaning tilini
ravon,
burro qilishdan tashqari, aqliga – aql qo`shadi, ongini rivojlantiradi,
xotirasini mustahkamlaydi, ota-onasiga,
el-yurtiga, o`zini qurshab olgan olamga
nisbatan mehr-muhabbatini oshiradi. Boshqacha ibora bilan aytganda, yangi avlod
har gal o`zidan avvalgi avlodlar kashf etgan narsalarni hisobga oladi, o`zlashtiradi.
Bu yo`l, shubhasiz, boshqalariga qaraganda oqilona, foydali,
porloq kelajak
yo`lidir.
Tez aytishni qayta-qayta mashq qildirish, berilgan matnni osongina diliga,
tiliga jo qilib olish har tomonlama foyda so`z o`yini bilan ijro etiladigan har bir tez
aytish zamirida bir nechta vazifalar yotgan bo`ladi. Shulardan birinchisi qayta-
qayta mashq qilish, tinimsiz takrorlash natijasida bolaning nutqi chiqadi, tili ravon
bo`ladi. Bularning hammasi yig`ilib bola tarbiyasiga bog`lanadi.
Bola olamga
kelishi bilanoq uni kelajakda komil inson bo`lib o`sishi uchun mana shunday
26
chora-tadbirlarni qo`llashga to`g`ri keladi. Aks holda bu ish kechiktirilsa,
ko`zlangan natija chiqmay qolishi mumkin.
Novvoy non yopar,
Nonni novvot deb sotar, - deyilgan tez aytish shu asosda yuzaga kelgan.
Dostları ilə paylaş: